|
Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «amaliy matematika va axborot texnologiyalari»Bog'liq Zamonaviy das. tex. Lab. ish. toplamiTScrollBar
Darcha, shakl yoki boshqa komponenta ichidagilarini ko’rib chiqish uchun ishlatiladi.
Masalan, biron-bir parametr qiymatini berilgan interval ichida harakatlanishi uchun, yugurgichli
aylantirish lineykasini yaratadi.
Aylantirilayotgan obyekt xulq-atvorini OnScroll voqealar qayta ishlatgichi aniqlaydi.
Foydalanuvchi Lineykaning o’zida sichqonchani bosganda (yugurgichning har ikkala
tomonida), yugurgich qanchaga surilishi kerakligini LargeChange xususiyatining qiymati
aniqlab beradi.
Foydalanuvchi sichqonchani strelkali tugmachalar (Lineyka oxiridagi) ustida bosganda
yoki pozitsiyalash tugmachalarini bosganda, yugurgich qanchaga surilishi kerakligini
SmallShange xususiyatining qiymati aniqlab beradi.
Min va Max xususiyatlarining qiymatlari yugurgichning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan
joy almashinuvlari intervallarini belgilaydi. Sizning dasturingiz yugurgichni Position
xususiyatining qiymati aniqlab beradigan kerakli pozitsiyaga joylashtirishi mumkin. SetPcirums
metodi bir paytning o’zida Min, Max va Position ga tegishli barcha xususiyatlar qiymatlarini
aniqlab beradi.
TGroupBox
To’g’ri burchakli ramka ko’rinishidagi konteyner bo’lib, u qandaydir bir interfeys
elementlarining mantiqan bog’langan guruhini shaklda vizual birlashtiradi. Bu komponenta
Windows ning bir nomdagi obyektning inkapsulyatsiyalanishidan iborat.
TRadioGroup
To’g’ri burchakli ramka ko’rinishidagi konteyner bo’lib, u bir-birini mantiqan istisno qiladigan
radio-tugmalar guruhini shaklda vizual birlashtiradi.
Radio-tugmalar bitta konteynerga joylashtirilganda «guruhlanadi». Bu guruhdan faqat bitta
tugmacha tanlab olinishi mumkin. RadioGroup komponentasiga tugmalarni qo’shish uchun,
Items xususiyatining tahriri bajarilishi kerak. Items xususiyatining navbatdagi satriga nom
berilsa, shu tugma guruhlovchi ramkada paydo bo’ladi. Ushbu daqiqada qaysi tugma tanlab
olinishi kerakligini ItemIndex xususiyatining qiymati aniqlab beradi. Columns xususiyatining
tegishli qiymatini
joylashtirib, siz radiotugmalarni bir necha ustunga guruhlashingiz mumkin.
|
| |