Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «amaliy matematika va axborot texnologiyalari»




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/54
Sana22.01.2024
Hajmi1,21 Mb.
#142946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Zamonaviy dasturlash tillari

SO‘Z BOSHI 
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari fanini o„qitish jarayonida laboratoriya 
mashg„ulotlari muhim ro„l o„ynaydi, сhunki laboratoriya mashg„ulotlari o„qitishning asosiy 
printsiplaridan – biri nazariyaning tajribaga bog„liqlik printsipini amalga oshirish imkonini 
hosil qiladi. Shuning uchun ham zamonaviy dasturlash texnologiyalari fanini o„qitish 
jarayonida laboratoriya mashg„ulotlariga alohida e‟tibor beriladi. Shu bilan birga zamonaviy 
dasturlash texnologiyalari laboratoriya mashg„ulotlarini turli oliy o„quv yurtlarida tashkil qilish 
va o„tkazish o„ziga xos xususyatlarga ega. Jumladan ushbu uslubiy qo„llanmani tayyorlashda 
mualliflar Guliston davlat universiteti “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” 
kafedrasi “Axborot texnologiyalari” o„quv laboratoriyasida mavjud bo„lgan imkoniyatlarni 
e‟tiborga olishgan. Uslubiy uslubiy qo„llanmani tayyorlashda, birinchidan, talabalarni hozirgi 
zamon axborot texnologiyalari yutuqlarini hisobga olgan holda, sharoitga moslab tayyorlangan 
laboratoriya mashg„ulotlari uchun o„quv qo„llanmasi bilan ta‟minlash. 
Har bir laboratoriya ishida, dastlab ishning maqsadi, so„ngra ish to„g„risida qisqa va 
aniq nazariy ma‟lumot bayon etiladi. Bu o„rinda shuni ta‟kidlash kerakki, mualliflar 
talabalarning vaqtini tejash maqsadida imkoni boricha ishning nazariyasini uning tavsifida 
etarli darajada yoritishga harakat qilganlar. Talabalar yanada chuqurroq va atroflicha keng, 
nazariy bilimlarni qo„llanmadan hamda har bir laboratoriya ishi uchun tavsiya etilgan darslik 
va o„quv qo„llanmalaridan iborat bo„lgan adabiyotlardan foydalanishlari mumkin. Bu 
adabiyotlarning qaysi bobi va qaysi paragraflarini o„qish kerakligi ko„rsatib o„tilgan. Har bir 
laboratoriya ishida zarur qurilmalar va uskunalar ro„yxati, ishining bajarilish tartibi olingan 
tajriba natijalari keltiriladi, hamda talabalarni o„z–o„zini sinab ko„rish uchun tegishli savollar 
keltirilgan. 
Ushbu uslubiy qo„llanma haqidagi fikr va mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul 
qilamiz va avvaldan o„z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 

Download 1,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «amaliy matematika va axborot texnologiyalari»

Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish