Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «amaliy matematika va axborot texnologiyalari»




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/54
Sana22.01.2024
Hajmi1,21 Mb.
#142946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Zamonaviy dasturlash tillari

 
Muallif 
 
 
 
 
 
 



 
 
KIRISH 
Bugungi kunda mamlakatimizda ta‟lim tizimini isloh qilish, uning mazmunini 
yangilash, o‟qituvchining kasbiy bilim va tayyorgarligini oshirish, o‟quvchilarning 
shaxsiy tajribalarini boyitish, ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash sohasida keng ko‟lamli 
izlanishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish yo‟llari 
izlanmoqda. Bularning barchasi zamonaviy maktab ta‟limining umumiy yo‟nalishini 
belgilash, dunyo miqyosida uning rivojlanishiga ta‟sir ko‟rsatadigan omillarga keng yo‟l 
ochish imkonini beradi. Buning uchun, avvalo, uzliksiz ta‟lim tizimining barcha 
shakldagi ta‟lim muassalarida ta‟lim jarayoni sifatida ta‟minlovchi ilg„or ilmiy-metodik 
jihatdan asoslangan zamonaviy o‟qitish texnologiyalarni amalda oshirish lozim. 
Insoniyat tarixining ko„p asrlik tajribasi ezgu go„yalardan va sog„lom mafkura hamda 
zamonaviy bilimlardan maxrum har qanday jamiyat uzoqqa bora olmasligini ko„rsatdi.
Shuning uchun, mustaqillik- ka erishgan mamlakatimiz o„z oldiga ozod va obod vatan
demokratik jamiyat barpo qilish, erkin va farovon hayot qurish, rivojlangan 
mamlakatlar qatoridan o„rin olish kabi muhim vazifalarni qo„ydi. Bu vazifalarni hal 
qilish asosan yosh avlod zimmasiga tushadi. Demak, yoshlardan zamonaviy komputerlar
bilan ishlashni o„rganish, xalq xo„jaliginining turli masalalarini yechishga mo„ljallangan 
dasturiy ta‟minot bilan tanishish hamda dasturlash vositalari yordamida hali 
komputerda yechilmagan masalalar uchun yangi dasturlar yaratishni talab qilinadi. 
Darvoqi, har bir jamiyatning bugungi kuni va kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy 
zarurati bo„lgan ta‟lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. 
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo„lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz 
ta‟lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko„tarish, unga 
ilg„or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini 
oshirish davlat siyosati darajasiga ko„tarildi. “Ta‟lim to„g„risida”gi qonun va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta‟lim tizimi orqali 
zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. 
Oliy o‟quv yurtlarida talabalarni mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga, 
bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qo‟llash malakalarini 



shakllantirishga qaratish o‟qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlash 
lozimligini ko‟rsatdiki, ular talabalarga nafaqat tayyor bilimlarni o‟zlashtirishlarida, 
balki bilimlarni turli manbalardan mustaqil egallashlari, o‟zlarida shaxsiy nuqtai 
nazarning shakllanishi, uni asoslashi va erishilgan bilimlarni yangi bilimlar olishlarida 
foydalanish malakalariga ega bo‟lishlarini taqoza etadi. Bunday ulkan vazifani 
muvaffaqiyatli amalga oshirishda o‟qituvchi va talabalarga davlat tilida kerakli o‟quv 
adabiyotlarini yetkazish alohida ahamiyatga ega. 
Ushbu uslubiy qo‟llanma “Zamonaviy dasturlash texnologiyalari” fani bo‟yicha 
matematika va informatika ta‟lim yo‟nalishlarida bilim olayotgan talabalar uchun 
mo‟ljallangan bo‟lib, uning asosiy maqsadi algoritmlash va dasturlash tillari asosida 
matematik masalalarni yechish imkoniyatlaridan xabardor qilib, kompyuter bilan 
muloqot o‟rnatish usullarini o‟rgatish va unda turli masalalarni yecha olish bilim va 
malakalarini shakllantirishdan iboratdir. 

Download 1,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «amaliy matematika va axborot texnologiyalari»

Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish