Mustaqil bajarish uchun variantlar




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/54
Sana22.01.2024
Hajmi1,21 Mb.
#142946
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Zamonaviy dasturlash tillari

Mustaqil bajarish uchun variantlar: 
1.To„g„ri to„rtburchakning yuzini va perimetrini uning qarama – qarshi uchlari koordinatasi 
orqali hisoblovchi funksiya hosil qiling. (x1, y1, x2, y2) to„g„ri to„rtburchakning qarama – 
qarshi uchlari RectPS funksiya orqali 2 ta to„rtburchak yuzi va perimetrini hisoblang.
2.Natural sonning raqamlari soni va raqamlari yig„indisini hisoblovchi funksiya hosil qiling.
3. Butun musbat sonining raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi funksiya hosil qiling. Bu 
funksiya orqali a, b, c sonlarining raqamlari teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzilsin.
4. Kiritilgan K butun musbat sonining o„ng tarafiga (oxiriga) R raqamini (1 <= R <= 9) 
qo„shuvchi funksiya hosil qiling. 


51 
5. Kiritilgan K butun musbat sonining chap tarafiga (boshiga) R raqamini (1 <= R <= 9) 
qo„shuvchi funksiya hosil qiling.
6. Ikkita sonning qiymatini almashtiruvchi Swap nomli funksiya hosil qiling. Swap funksiya 
orqali A, B, C, D sonlaridan (A, B), (D, C) juftliklarining qiymatlarini almashtiruvchi dastur 
tuzilsin.
7. X va Y sonlaridan kichigini X ga va kattasini Y ga yozuvchi Minmax(X,Y) funksiyasini 
hosil qiling. Minmax funksiyasini 4 marta chaqirish orqali a, b, c, d butun sonlaridan kattasini 
va kichigini aniqlovchi dastur tuzilsin.
8. A, B, C sonlarini o„sish tartibida joylashtiruvchi SortInc3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. 
Ya'ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday almashtiringki, natijada A ning qiymati eng kichik 
va C ning qiymati eng katta bo„lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini 
tartiblang.
9. A, B, C sonlarini kamayish tartibida joylashtiruvchi SortDec3(A, B, C) funksiyasini hosil 
qiling. Ya'ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday almashtiringki, natijada A ning qiymati eng 
katta va C ning qiymati eng kichik bo„lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) 
sonlarini tartiblang.
10. o„ngga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftRight3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. 
Ya'ni A ning qiymati B ga, B ning qiymati C ga, C ning qiymati A ga o„tib qolsin. Bu funksiya 
orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini siljiting. 

Download 1,21 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish