Malaka amaliyotini o’tkazishni tashkil etish




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana20.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#244962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2024 амалиёт кундалиги 0101

 Malaka amaliyotini o’tkazishni tashkil etish 
Yuqorida qayd etilgandek malaka amaliyоti “Xovos don maхsulotlari” AJ,
“MIRZAOBOD UNIVERSAL TRADE” Cluster MCHJ, “PENG SHING” QK va
“BUNYOD GOLD” MCHJ hamda kafedrada o’tkaziladi va guruhda kafedradan rahbar 
o’qituvchi biriktiriladi. Odatda bunday rahbarlik guruhlarda ixtisoslik fanidan darslarini 
olib borayotgan o’qituvchilarga yuklatiladi. 
Malaka amaliyotiga tayyorlanishda rahbar o’qituvchi kundalik rejalarini tuzadi . Bunda 
qayta ishlash korxonalaridagi talablar bilan tanishishi, ko’rishi, bilishi, o’zlari qatnashib, 



bajarib, o’rganish va o’zlashtirishlari lozim bo’ladigan hamda ularni bajarish muddati
joylari ko’rsatiladi. 
Amaliyotning kundalik rejasi kafedra yig’ilishida muxokama qilinib, tasdiqlanadi va 
bir nusxadan dekanatga, universitet o’quv bo’limiga, amaliyot rahbarlariga topshiriladi. 
Amaliyot boshlanishi oldidan dekanat va tegishli kafedralar mehnatni muhofaza 
qilish, texnika havfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, amaliyotni borishi, kun tartibi va 
hisobotlarga oid tushuntirishlar o’tkaziladi. Amaliyot kun tartibi xo’jalik bilan kelishilgan 
holda tashkil qilinadi. 
Ishlab chiqarish amaliyоti ishlab chiqarishdagi turli jarayonlarda ishlarda qatnashish, 
mahorat hosil qilish va xo’jalik vazifalarini bajarish bilan hamoxangdir. Xo’jalik va 
amaliyot rahbarlari talabalarni amaliyot dasturi va kundalik rejalarda ko’rsatilganidek
ishlab chiqarish ishlari bilan ta’minlashlari lozim.
Ushbu amaliyot davomida talabalar mehnatga yuqori ong va did bilan 
yondoshishlari, ish qurollari, texnika va boshqa vositalarga ehtiyotkorlik to’yg’usida 
bo’lishlari lozim. 
Talabalar kundalik ishlari oxirida maxsus daftarga texnologik tadbirlarning nomi
ahamiyati, bajrish tartibi, xajmi va sifatini yozib boradilar. 
Amaliyot o’qituvchi rahbari talabalarning kundalik ishlari sifati, mahoratga 
yondashishlari, bajargan ishlari hajmi va boshqa xususiyatlarini hisoblab boradi, 
talabaning har bir texnologik tadbirlarda qatnashishini ta’minlaydi va har qaysi xafta 
oxirida ularning faoliyatiga tegishli yakun yasaydi. 
Talaba amaliyotga sababsiz yoki sababli qatnashmay qolgan bo’lsa dekanat va 
kafedra ruxsati bilan bajarib boradi. 
Amaliyot natijalari sinov bilan yakunlanadi. Ushbu sinovdan o’tmagan talaba kelgusi 
bosqich o’qishiga ko’chirilmaydi. 

Download 0,54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Malaka amaliyotini o’tkazishni tashkil etish

Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish