Innovatsiyalar vazirligi rastr va vektor grafikasi asoslari




Download 10,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/263
Sana04.02.2024
Hajmi10,15 Mb.
#151310
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   263
Bog'liq
file (6)

 
 
 
 
 
 
 


55. Mavzu: Latex matnli hujjatlar yaratish. 
Reja: 
1.LaTeX — turli xil koʻrinishdagi hujjatlarni yaratish va tahrirlash uchun moʻljallangan. 
2.Hujjatni tarkibiy qismlarga ajratish. 
3.LaTeX asosan ingliz tilida hujjat yaratish uchun mo`ljallangan. 
Qaysidir maʼnoda, LaTeXda hujjat yaratishni dasturlashga oʻxshatish mumkin. 
Chunki, unda yaratilgan hujjat — bu turli buyruq va operatorlarning ketma-ketligi 
koʻrinishidagi fayl. Hujjatning oʻzi preambula va asosiy qism ga boʻlinadi. 
Preambulada yaratilayotgan hujjatning toifasi, sahifa oʻlchamlari, ishlatiladigan 
paketlar roʻyxati, hujjat muallifi, yaratilgan sana va boshqalar aniqlanadi. Masalan, 
preambulaning koʻrinishi quyidagicha boʻlishi mumkin: (LaTeX da izohlar % belgisi 
yordamida beriladi): 
LaTeX — turli xil koʻrinishdagi hujjatlarni yaratish va tahrirlash uchun moʻljallangan 
makropaket boʻlib, TeX dasturi asosida ishlaydi. Shuningdek, nashriyot tizimlarida ham 
qoʻllaniladi. 
Ushbu paket yordamida turli koʻrinishdagi maqolalar, hisobotlar, taqdimotlar, bundan 
tashqari butun boshli kitoblarni yozish mumkin. Unda turli matematik formulalarni yozish 
juda qulay, shuningdek, jadvallar yaratish, havolalar bilan ishlash, raqamli va belgili 
roʻyxatlar hosil qilish kabi amallar avtomatlashtirilgan. Bundan tashqari, yana boshqa 
qoʻshimcha paketlar ham bor boʻlib, ularning yordamida hujjat yaratish birmuncha oson va 
qiziqarli koʻrinishga keladi. 
Preambulada yaratilayotgan hujjatning toifasi, sahifa oʻlchamlari, ishlatiladigan 
paketlar roʻyxati, hujjat muallifi, yaratilgan sana va boshqalar aniqlanadi. Masalan, 
preambulaning koʻrinishi quyidagicha boʻlishi mumkin: (LaTeX da izohlar % belgisi 
yordamida beriladi): 
Paketning ilk versiyasi 1984-yilda Lesli Lemport tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi 
versiyasi LaTeX2ε deb nomlangan boʻlib, 1994-yilda yaratilgan. 
Ushbu paket yordamida yaratilgan fayl kengaytmasi *.tex kengaytmaga ega boʻladi. 
Hozirgi 
kunda 
zamonaviy 
analitik 
sistemalar, 
masalan, Maple,  Mathematica, Maxima yoki Reduce kabilarda yaratilgan hujjatni *.tex 
formatga oʻtkazish imkoniyati mavjud. 
Umuman olganda, dastur imkoniyatlari cheklanmagan (yangi makroslarni dasturlash 
imkoniyati 
tufayli). 
Quyida 
uning CTAN serveridan yuklab 
olish mumkin 
boʻlgan 
imkoniyatlari keltirilgan: 
• 
Hujjatni tarkibiy qismlarga ajratish; 
• 
Xatboshi, soʻzlar orasidagi boʻsh joylarni avtomatik aniqlash; 
• 
Graflar, diagramma va sxemalarni chop etish; 
• 
Organik kimyo va Noorganik kimyoga tegishli kimyoviy formulalar va molekulyar 
bogʻlanishlarni tasvirlash; 
• 
Matematik formulalar, tenglamalar, tenglamalar sistemasi, operatorlarni tasvirlash; 
• 
Bibliografiyalar hosil qilish va ularni tahrirlash; 
• 
Formula, rasm, jadvallar uchun havolalar yaratish va tahrirlash; 
va hokazo. 

Download 10,15 Mb.
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   263




Download 10,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi rastr va vektor grafikasi asoslari

Download 10,15 Mb.
Pdf ko'rish