• Telefon raqami: …………………………….
  • Innovatsiyalar vazirligi rastr va vektor grafikasi asoslari




    Download 10,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/263
    Sana04.02.2024
    Hajmi10,15 Mb.
    #151310
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263
    Bog'liq
    file (6)



    O‘QITISH MATERIALLARI TO‘PLAMI
    Toshkent – 2024
    PROFESSIONAL TA‘LIMNI 
    RIVOJLANTIRISH 
    INSTITUTI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA 
    INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    RASTR VA VEKTOR
    GRAFIKASI ASOSLARI


     


    To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Maxsus fan o’qituvchisi: Xudayberganova Muhayyo Sobirovna.
     
     
    Ma’lumoti: oliy 
     
     
    Mutaxassisligi : Informatika va matematika
     
     
    Pedagogik ish staji: 30 yil 
     
     
    Ish joyi : Urganch shahar 1-son kasb-hunar maktabi 
     
     
    Elektron pochta manzili: Xudayberganovamuhayyo @ uz 
     
    Telefon raqami: ……………………………. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    Hayotda muvaffaqiyatga
    erishish uchun uch narsa kerak:
    diqqat, intizom va harakat.
    Jaloliddin Rumiy 
    KIRISH 
    Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda “Rastr va vektor grafikasi 
    asoslari” fani har bir soha bilan uzviy bog’lanib, unga bo’lgan ehtiyoj tobora o’shib 
    borayotganligi aniq. Kompyuter grafikasining qo’llanish ko’lami juda keng bo’lib, avvalom
    bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ya’ni kompyuter grafikasida tasvir 
    asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
    Ma’lumki web-dizaynning ajralmas qismi bu kompyuter graflkasi hisoblanadi.
    Boshqacha aytganda kompyuterning graflkasi yordamida saytlarning dizayni
    mukammallashtiriladi. Saytlarni bezash uchun turli xil illustratsiyalar (rasmlar,
    grafiklar, roliklar, animatsiyalar, bannerlar va boshqalar) yaratishda va tayvor grafik 
    formatdagi ma'lumotlarni o‘zgartirishda kompyuter grafikasidan keng foydalaniladi.
    Kompyuter graflkasi va uning tarkibiy qismi bo’lgan grafik va turli tasvirlar axborot
    texnologiyasida muhim o‘rinni egallaydi. Pedagogika oliy ta’lim muassasaiarida ta’lim 
    olayotgan talabalarga kompyuter graflkasi va dizayn fanlarini o’rgatish, ularga grafik
    axborot texnologiyalari haqidagi bilimlarni beradi va professional faoliyatida ulardan
    samarali foydalanishga tayyorlaydi. Boshqacha aytganda, har qanday bo‘lajak
    o'qituvchi, kelajakda o'zining fani bo’yicha elektron o‘quv resurslarini yarata olishi
    kerak. Bu bilan esa ta ’lim samaradorligiga erishiladi.
    O’qituvchi dasturlash texnologiyasidan yaxshi xabardor boisin. Ammo u yaratgan
    resurslari talabalarni o’ziga tortadigan dizayn bilan boyitilmagan bo’lsa, u holda har 
    qanday dasturiy mahsulotning o'qitish jarayonidagi samaradorligi past boiadi. Shuning
    uchun ham dasturlash bilan birga kompyuter grafikasini ham mukammal o’rganish
    talab qilinadi. 
    “Rastr grafikasi asoslari” fanidagi materiallarni o'rganish natijasida quyidagilarni
    bajara olish mumkin.
    — rasmlar bilan ishlash; 
    — ko’p bo’g’inli statik rasmlar bilan ishlash; 
    — grafik muharrirlar imkoniyatlaridan foydalanish; 
    — turli maqsadlardagi grafik paketlarni qo’llagan holda rang- barang grafik
    obyektlarni yaratish; 
    — nashrga tasvirlarni tayyorlash. 
    Ma’lumki axborot almashinuvida insonning ko’rish sezgi organi yordamida qabul qilingan
    axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan 
    tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Eng kam samara beruvchi 
    axborot vositasi bu yozuvli axborot bo’lib, uni qabul qilib olish va miyada qayta
    ishlashda ko’proq vaqt sarflanadi va har bir insonning fiziologiyasidan kelib chiqgan
    holda axborotning ma’lum bir qismi yo’qotilib xotirada saqlanadi.
    Rastr va vektor grafikasi asoslarida axborotni tuzish insonning ko’rish va eshitish 
    sezgi organlariga qaratilgan bo’lib, oddiy qilib aytganda axborot berish uchun tasvir va 
    tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad axborotni tasvir va tovushga 
    aylantirishdan iborat.
    Bugungi kunda juda ko’plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib, ularni
    qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o’z
    faoliyatlari uchun qulay bo’lgan grafik dasturni tanlaydilar.


    Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. 
    Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. 
    Aksariyat hollarda grafik dasturni qo’llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni
    o’zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib 
    boradi.
    Biz o’rganmoqchi bo’layotgan dastur Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan 
    ishlab chiqilgan AutoCAD grafikaviy dasturidir. Autodesk firmasining juda ko’plab dastur 
    mahsulotlari mavjud bo’lib (AutoCAD, ArchiCAD, AutoCAD Electrical, 3ds Max, Design 
    Review…), butun dunyoda keng ommalashib ketgan, eng so’ngi texnologiyalarni o’zida
    mujassamlashtiradi. Firmaning dastur mahsulotlari ichida AutoCAD dasturi muhim o’rin 
    tutadi. U asosiy bo’lib, qolgan dasturlar uning asosida yaratilgan hisoblanadi. Grafik 
    imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham soda, ham murakkab topshiriqlarni bajara 
    oladi. Shunisi e’tiborga loyiqki u bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. 
    Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va talabalarning kelgusi
    ish faoliyatlarida ham foydali o’rin tutadi degan umiddamiz.
    “Rastr va vektor grafikasi asoslari” fani birinchi navbatda informatika fani bilan 
    bog’liqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter
    grafikasini o’zlashtirib bo’lmaydi. Demak ta’lim tizimida avval informatika fani
    talabalar tomonidan o’zlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab o’rganiladigan grafik
    dasturni talabidan kelib chiqadi. AutoCAD grafik dasturi chizma yaratish bilan bog’liq
    bo’lganligi uchun ham chizmachilik, geometriya, chizmachilik fanining nazariyasi
    hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq fanlarni bilishni talab etadi. Oddiy geometrik 
    yasashlar (aylanani teng bo’lakarga bo’lish, aylana yoyi, urinma, vatar, burchak
    bissektrisalarni o’tkazish, perpendikulyarlik va parallellik xossalari…)ni bilish talab
    etiladi.



    Download 10,15 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263




    Download 10,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi rastr va vektor grafikasi asoslari

    Download 10,15 Mb.
    Pdf ko'rish