|
Dars o’tish vaqti 8-sinf Mavzu: informatika fani nimani o’rganadi
|
Sana | 26.03.2020 | Hajmi | 24,66 Kb. | | #9141 |
Maktabim.Uz
1 - D A R S I S H L A N M A S I.
Dars o’tish vaqti ______________ 8-sinf
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarni informatika fani va axborotni qayta ishlash texnologiyasining mazmuni va ahamiyati bilan tanishtirish.
b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarning dunyo qarashini kengaytirish.
c) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni dars davomida qadriyatlar asosida tarbiyalab borish
Dars tipi: suhbat
Dars jihozi:
konspekt va darsliklar
ko’rgazma, tarqatma va didaktik materiallar
EHM va texnika vositalari
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar:
1. O’quvchi bilishi kerak: Informatika fanining vazifalari, axborot turlari, axborot bilan bajariladigan jarayonlar haqida batafsil tasavvurga ega bo’lishi lozim.
2. O’quvchi bajara olishi kerak: Darslikning 9-betidagi 1-8 savol va topshiriqlarni
Darsning borishi:
Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).
Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.
Savol – javob kartochkalari
Test
Vazifa: darslikdagi 1-$ ni o’qish, 8-topshiriq.
Darsni yakunlash: o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.
Xulosa: o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.
O’qituvchi: Baqoyeva SH. Z.
Y A N G I M A V Z U B A Y O N I
XX asrning 50-yillarida yangi fan — informatikaga asos solindi.
Informatika inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlami izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.
Qisqa qilib aytganda, informatika axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo’llash usullarini o’rganadigan fandir.
Demak, informatika uchun asosiy ashyo — axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Axborotning o’zi nima? Uning ilmiy ta'rifi mavjudmi? Axborot o’z mazmuni va shakliga ko’ra moddiymi?
Insoniyat paydo bo’lgandan buyon axborot bilan bevosita ish ko’radi. Shunga qaramasdan, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta'rif berilgani yo’q.
Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha tavsiflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot — texnika va texnologiyalar, ularni ishlash tartiblari bo’lsa, tibbiyot xodimlari uchun — bemorning kasallik tashhisi, dori-darmonlar va boshqa ma'lumotlar axborot hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o’z sohalari bilan bog’liq ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.
AXBOROT deganda biz barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan mo’lumotlar majmuini va ularning o’zaro bog’lanishi darajasini tushunamiz.
Inson (jamiyat mahsuli)ga aylanishida odam (tabiat mahsuli) o’zini o’rab turgan olamdan turli ma'lumotlar oladi, ularni o’zaro bog’laydi va shu ma'lumotlar asosida bilimga ega bo’ladi.
IX—X asrlarda F o r o b i y taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat deb hisoblab, ular o’zaro bog’liq bo’lib, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta'kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllan-maydi va, demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Forobiy «Ilm va san'atning fazilatlari» risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va, buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta'kidlaydi.
Insoniyatning hayot kechirishi uchun birinchi galda moddiylik zarur. Bu oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, transport va boshqalar shaklida ifodalanadi. Ammo inson bu moddiyliklardan ularni bir ko’rinishdan boshqa kerakli ko’rinishga yoki bir holatdan boshqa kerakli holatga o’tkazish orqaligina foydalanadi. Buning uchun u moddiylikdan farqli bo’lgan energiyadan foydalanadi. Masalan, bug’doyni unga aylantirish uchun, ya'ni ashyoni inson iste'mol qilish shakliga o’tkazish uchun uni tegirmon yordamida maydalash lozim; tegirmon toshini harakatga keltirish uchun esa energiya (quvat) zarur. Shuningdek undan non tayyorlash uchun ham ma'lum miqdordagi va ko’rinishdagi energiya (olov, issiqlik) kerak. Demak, oziq-ovqat mahsuloti (modda) bilan bir qatorda quvat (energiya) ham inson hayotida alohida o’rin egallaydi.
Demak, axborot modda va energiya kabi muhim tushunchadir.
Keltirilgan misollar axborotlarni to’plash va ularni qayta ishlash kabi jarayonlarni o’z ichiga olganligini ko’rish mumkin.
Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to’plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko’rinishdan boshqa, kerakli ko’rinishga o’tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin. «Informatsiya» so’zi lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma'noni anglatadi.
U asosan, quiydagi uchta munim siiatga ega bo’lishi lozim:
Axborot to’liqlik sifatiga ega bo’lishi lozim, ya'ni axborot o’rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to 'liq ifodalashi lozim;
Axborot ma'lum darajada qimmatli bo 'lishi lozim, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug’ilmaydi;
Axborot ishonchli bo’lishi lozim. Aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug’ilmaydi.
Axborotlar yuqoridagi sifatlar bilan farqlanishidan tashqari shakliga ko’ra ikki tur: uzluksiz va uzilishli turlarga ajratiladi.
Ob-havo holati yoki vaqt (soat, minut) uzluksiz axborotga misol bo’ladi.
Ammo shunday jarayonlar ham borki, ular to’g’risida hamma vaqt ham axborot ola olmaymiz. Masalan, faqat soat va minutlarni ko’rsatadigan soat yordamida lahzalarni bilish mumkin emas. U uzuq shaklda faqat soat va minutlarni ko’rsatadi, holos.
Ixtiyoriy jarayonni to’liq o’rganishda, uning to’g’risida to’plangan ma'lumotlar hajmi, ma'lumotlarning o’zaro bog’liqligi darajasi shunchalik murakkab bo’ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to’liq qayta ishlash amalda mumkin emas.
Inson uchun axborotlarni to’plashda uning barcha sezgi organlari xizmat qilsa, uzoq masofadagi axborotlarni to’plash uchun esa bu yetarli emas — buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi.
Shuning uchun ham azaldan axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar — ularni to 'plash, qayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bo’lgan ehtiyoji ortib borgan va unga ko’ra har xil uskunalar yaratib, hayotga tatbiq eta boshlagan.
To’plangan axborotlardan kerak bo’lganda foydalanish uchun ularni saqlash kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus kahraboli vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalardeb ataladi.
Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko’rsatdi. Bunda asosiy o’rinni texnik vositalar — kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.
Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha sifatlarini saqlashga erishiladi.
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash - tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Boltayev B. va boshqalar “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” Toshkent “O’qituvchi” 2001 y
2. Karimov I. A. “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”
3. Boltayev B. va boshqalar “Informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan masala va mashqlar to’plami” .
Toshkent “O’qituvchi” 1999 y
Savol – javob kartochkalari
Savol kartochkasi № 1
Axborot deganda nimani tushunasiz?
|
Javob kartochkasi № 1
Axborot – sezgi organlarimiz orqali oladigan ma’lumotlar majmui va ularning o’zaro bog’lanishi darajasini tushunamiz.
Savol kartochkasi № 2
Axborotlarning qanday turlari mavjud?
|
Javob kartochkasi № 2
Axborotning ikki turi mavjud: uzluksiz va uzulishli
|
Savol kartochkasi № 3
Axborotlar ustida qanday amallar bajarilishi mumkin?
|
Javob kartochkasi № 3
Axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar – to’plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash.
|
Test topshiriqlari:
Informatsiya so’zi qanday ma’noni ahglatadi?
xabar,ma’lumot
tushintirish,tavsiflash
axborot,darak gap
Axborot texnologiyasining asosiy vositalari nima?
|
| |