|
Jamoat transporti yo‘lovchilar tizimini tartibga solish
|
Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 12,37 Mb. | | #258791 |
Bog'liq AMALIY MASHG\'ULOT - 9 Ishdan maqsad:O’tilgan mavzular bo’yicha savol va topshiriqlarni seminar shaklida tayyorlab amaliy mashg’ulotlarni mazmun va mantiqqa ega bo’lishi talab etiladi. Savol: Jamoat transporti yo'lovchilar tizimini tartibga solish qanday amalga oshiriladi? AMALIY MASHG’ULOT – 9 MAVZU:TRANSPORT LAGISTIKASI TIZIMINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH VA QO’LLAB - QUVVATLASH Jamoat transporti yo‘lovchilar tizimini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi ‘‘Jamoat ransporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’g‘risida"gi 59-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.03.2024 yildagi PQ-139-son “JAMOAT TRANSPORTINI MOLIYALASHTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-yanvardagi 44-son qaroriga. Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yo‘l varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tartibi to‘g‘risida JAMOAT TRANSPORTI TIZIMINI ISLOH QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA - JAMOAT TRANSPORTI TIZIMINI ISLOH QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
- So‘nggi yillarda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar bilan yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
- Xorijiy ekspertlar ishtirokida yangicha yondashuvlar asosida jamoat transportiningToshkent shahar yangi yo‘nalishlari tarmog‘i ishlab chiqildi.
- Shu bilan birga, qatnov muntazamligiga, harakat xavfsizligi va sifat talablariga rioya etilmasligi, yo‘lkira haqining tabaqalashgan tariflari mavjud emasligi, jamoat transporti harakati ustuvorligi ta’minlanmasligi jamoat transporti jozibadorligini pasaytirmoqda.
- Jamoat transportini moliyalashtirishning amaldagi tizimi harakat tarkibini tizimli ravishda yangilab borish va sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish imkonini bermayapti.
|
| |