Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi




Download 10,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/263
Sana04.02.2024
Hajmi10,15 Mb.
#151310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263
Bog'liq
file (6)

Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi. 
Kompyuter bilan bo`ladigan bevosita muloqatni ekranda ko`rish uchun monitor 
xizmat qiladi. Monitor ikki xil rejimda: matn yoki grafik ma’ lumot chiqaradi. Matnli rejimda 
displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustunga, 25 satrga bo`linadi. Xar bir belgi joyga 256 
simvoldan biri mos kelishi mumkin. Grafik rejimda axborotlar nuqtalar to`plamidan iborat 
bo`lib, xar bir nuqta rangga egadir. (ranglar jilosi 16 rangdan 16,8 mln. ranggacha). Nuqtalar 
soni qancha oshsa, tasvirlar sifati shuncha oshadi. Monitorlar quyidagi imkoniyatli bo`lishi 
mumkin. 640 x 200 nuqtalardan 1600x1280 nuqtalarni hosil qilishi mumkin. Monitorlar 
monaxrom (oq-qora) va razmerlari (14 dyumdan – 21, 24 dyumgacha) bilan farqlanadi. 
Ekrandagi minimal (nuqtaviy) tasvirning ko`rinishi piksel ( picture element) deyiladi. Odatda 
EGA adapteri to`rtburchakli piksel tashkil qilsa, 640x350 nuqtalar hosil qila oladi. VGA – 
640x480, SVGA – 640x480, 800x600, 1024x768 – kvadratni hosil qiladi. Kompyuterga 
monitor ulash uchun videoadapter zarur. Videoadarter – tasvir to`g`risidagi ma’lumotlar 
saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda 
sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun )taqsimlab, shakllantirishdan 
iborat. Monitor sifati bo`yicha : ekrandagi kadrlar chastotasi – 75 Gs ni tashkil etishi lozim. 
Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar 100 kadrni o`tkazishi mumkin. Notebook 
kompyuterlari monitori suyuq kristalli monitorlardir. 


Klaviaturada foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga 
mo`ljallangan qurilmadir. IBM PS XT kompyuterlarida 83 ta tugmachali klaviatura IBM PS AT 
101 tugmachali klaviaturalar mavjud. Hozirda, asosan 101, 105 tugmachaliklari chiqariladi. 
Klaviaturadagi tugmachalarni bajaradigan vazifaga qarab quyidagi bo`lakka bo`lamiz. 
1. Alfavit – raqamli , maxsus belgilar kiritiladigan klavishalar (tugmachalar) ( probel, 
0-9 bo`lgan sonlar , lotin xarflar A - Z , kirill xarflari , A – YA , xizmatchi simvollar va x.k.)
2. Funksional klavishalar F1- F12 3. Xizmatchi klavishlar ENTER, EXC, yo`nalish 
tugmachalari. TAB, LEFT, Up , DOWN, RIGHT, PgUp, PgDn, 
4 . Yordamchi klaviatura. Ayrim xizmatchi klavishalarni ko`rib chiqamiz. ENTER – 
satr kiritilishi tugaganligini bildiradi; EXC – (inglizcha qochish) buyruqni bekor qilish , 
dasturdan chiqish uchun foydalaniladi; HOME – kursorni qator boshiga qo`yadi. END - 
kursorni qator oxiriga qo`yadi PgUp – matnni orqaga varaqlaydi. PgDn - matnni oldinga 
varaqlaydi. Delete [ Del ] – kursor ko`rsatayotgan belgini olib tashlash. Ins [ Insert ] – simvol 
kiritayotgan vaqtida bosilsa , kursor ko`rsatayotgan pozitsiyadagi mavjud simvol o`rniga 
yangisi uriladi. Agar mazkur klavish bosilmasa, bor simvol bir pozitsiyaga, o`ngga surilib 
oraga yangi simvol kiritiladi. Baskspace – kursordan chapdagi belgini o`chiradi. Print Screen 
– ekrandagi tasvirni qog`ozga printer orqali bosib chiqaradi, undan tashqari faylga va 
Windows buferiga nusxa ko`chirishga xizmat qiladi. [ Break ] – programma ishini to`xtatadi. 
[ Scroll Lock ] – blokirovka rejimi surishni saqlaydi. Kursor ekranga o`z xolatini 
mustaxkamlash ishini bajaradi. Tab – matnlar bilan ishlanayotganda keyingi qator 
navbatdagi maxsus ko`rsatilgan nuqtaga (pozitsiyaga) suradi (o`ngga – chapga). Ctrl 
(boshqarish) + Alt (o`zgartiruvchi) + Shift (surish ) – boshqa tugmachalarning vazifalarini 
o`zgartirish uchun ishlatiladi. Numlock – bosilsa raqamlar kiritish, aks holda kursorni 
boshqaruvini klavishlar vazifasini o`taydi. [ Caps Lock ] – bosma xarflarni kiritish yana 
bossangiz yozma (kichik) xarflarga o`tish mumkin. [ Shift] + [Ctrl] – alfavitni o`zgartirishimiz 
mumkin. [Ctrl]+[Alt]+[Del] – baravariga bosilsa, kompyuter qayta yuklanadi. [Ctrl] + [Break] 
– bajarilayotgan programma yoki buyruq tugatilishini ta’minlaydi. Kursor – bu o`chib yonib 
turadigan vertikal chiziqcha. Agar shu chiziqcha ekranda ko`rinsa, demak, siz alfavit raqamli 
axborotlarni kiritishingiz mumkin. Grafik holatda esa kursor o`z ko`rinishini o`zgartirishi 
mumkin. 

Download 10,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263




Download 10,15 Mb.
Pdf ko'rish