– ma’lumotlarni matnli va tasvirli tasvirlash imkonini beradi. Kompyuterlar imkoniyatlarini
oshirish maqsadida unga turli qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bular: Sichqoncha –
ma’lumotlar kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator. Printer – ma’lumotlarni qog`ozga
chiqaradi. Skaner – qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga tasvirli
yoki matnli ravishda
kiritadi. Modem – telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish
imkoniyatini va internet tarmog`iga ulanishga yordam beradi. Plotter – turli tasvirni va
grafiklarni bosmaga chiqarish qurilmasi. Strajer – kompyuterning venchesteridagi
ma’lumotlar nusxasini zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma bo`lib , ma’lumotlarni
magnit lentali kassetaga (kartridjga) yozishga mo`ljallangan. Kompakt disklar – 610
Mgbaytgacha ma’lumatlarni saqlay oladi. Ular asosan o`qish uchun ishlatiladi. Trekbol –
shar shaklidagi manipulyator. Kompyuter o`yinlarida foydalaniladi. Tarmoq qurilmasi – bir
necha kompyuterlarni
tarmoqqa birlashtirilib, kompyuter o`zi axborot almashish imkonini
beruvchi qurilma. Har bir qurilma – sistema blokida joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki
o`rnatiladi.