05.00.00 – ТЕХНИКА ФАНЛАРИ
05.00.00 – ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ
05.00.00 – TECHNICAL SCIENCES
ISSN 2181-9637
3 / 2022
ИЛМ-ФАН ВА
ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ
НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ
SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT
71
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy sun’iy
intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda, "You
Only Look Once" algoritmi asosida yo‘l belgilarini
aniqlash va tasniflash masalasi o‘rganilgan. Dasturiy
majmua O‘zbekiston hududida ko‘p qatnovli avtomobil
yo‘llaridagi yo‘l harakati hodisalarini kamaytirish,
haydovchilarga yo‘l infratuzilmasi haqida ma’lumotlarni
vizual yetkazishga ko‘maklashish va yo‘l belgilari
ma’lumotlar bazasini yaratish uchun xizmat qiladi.
Mazkur dasturiy majmua videokuzatuv kamerasidan
olingan tasvirlar orqali Nvidia Jetson Nano grafik
protsessorlari va mobil qurilmalarida real vaqt rejimida
amalga oshirildi. Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan
foydalangan holda, tasvirlardagi yo‘l belgilarini aniqlash,
ajratish va tanib olish usullari, algoritmlari va dasturiy
majmuasi ishlab chiqildi. Ushbu dasturiy majmua
avtomobilga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida
real vaqt rejimida yo‘l belgilarini tanish orqali haydovchilarni
ogohlantirish va yo‘l transport hodisalarining oldini
olishda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. Dunyodagi turli
davlatlarda yo‘l transport hodisalarining oldini olish
bo‘yicha maʼlum texnologi-yalar va dasturiy vositalar
ishlab chiqilgan, ammo bu tizimlar tegishli davlatning
yo‘l harakati qoidalariga ixtisoslashgan. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yo‘l transport
hodisalarining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha
texnologiyalar ishlab chiqil-magan.
Kalit so‘zlar: dinamik tasvir, YOLO, sunʼiy intellekt,
model, yo‘l belgilari, klassifikatsiya, ma’lumotlar bazasi,
grafik protsessor.