|
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir
|
bet | 9/11 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #236423 |
Bog'liq Ishlab chiqarish samaradorligining mazmuni, ko\'rsatkichlari va uni oshirishga ta\'sir qiluvchi omillar2.Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.
Bozor bahosi ko‘plab omillarga, shu jumladan asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiluvchi axborotga bog‘liq. Shu tariqa, bozorning samaradorlik darajasi axborotni baholarga ta’sir etish tezligiga bog‘liq holda o'zgaradi. Bunda iqtisodiy samaradorlik emas, axborotning samarasi tushuniladi. Bozordagi axborotni olishda uning barcha ishtirokchilari birdek imkoniyata ega emas. Xalqaro amaliyotda simmetrik va assimmetrik axborotlar mavjud. Birinchi holatda axborotdan barcha foydalanishi mumkin va bu hech qanday afzalliklarni bermaydi; ikkinchi holatda axborotdan faqatgina bozorning muayayn ishtirokchilari foydalanishi mumkin va bu ularga ma’Ium afzalliklarni beradi.
Bozor samaradorligining uch darajasi mavjud: past, o‘rta va yuqori. Samaradorlikning past darajasi aksiyalaming joriy bozor baholari o ‘tgan davrlardagi bahoiar dinamikasini to‘liq aks ettirilishini bildiradi. Samaradorlikning o‘rtacha darajasi aksiyalarning joriy bozor baholari faqat o‘tgan davrlardagi bahoiar dinamikasinigina emas, balki barcha foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan axborotlarni ham to‘liq aks ettirilishini bildiradi. Samaradorlikning yuqori darajasi aksiyalaming joriy bozor baholari o‘tgan davrlardagi bahoiar dinamikasini, shuningdek, barchaga ma’Ium va cheklangan axborotlamigina emas, ham aks ettiradi. Shunday qilib, axborotlardan barcha ishtirokchilar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, hech biri ortiqcha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
F.Modilyani va M.Miller amal qilinishi natijasida bozor samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘yidagi shartlami belgilaydi:
1) transaksion harajatlaming yo‘qligi;
2) axborotdan bozor ishtirokchilarining barchasi foydalanish imkoniyatiga egaligi; i
3) sarmoyadorlar xatti harakatlarining oqilonaligi.
Bozor samaradorligining qayd qilingan shartlariga muvofiq F.Modilyani va M.Miller quyidagi fikrlarni ilgari suradi:
1) korxonaning bozor qiymati kapital strukturasiga bog‘liq emas va mazkur korxonaning tavakkalchilik yo‘nalishiga mos bo‘lgan stavka bo‘yicha uni joriy (operatsion) foydasining kapitallashuvi yordamida aniqlanadi;
2) moliyaviy jihatdan bog‘liq bo‘lgan korxona o ‘z kapitalining qiymati moliyaviy jihatdan bog‘liq bo‘lmagan korxona o‘z kapitalining qiymati va tavakkalchilik uchun mukofotlar yig‘idisiga teng; bunda tavakkalchilik uchun mukofot o‘z va qarz mablag‘lar ayirmasini moliyaviy dastak miqdoriga ko‘paytmasiga teng.
- sanoati rivojlangan mamlakatlar - bozor iqtisodiyoti, ilg‘or va samarali ishlab chiqarish, aholi jon boshiga yuqori YaMM/YalM ko‘rsatkichi va muvofiq tarzda kishilarning yuqori sifatli turmush darajasiga ega IHRT mamlakatlari (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti);
- yangi sanoatlashgan mamlakatlar - bozor iqtisodiyoti shiddatli o ‘sib borayotgan, fan va texnika taraqqiyoti, sanoat mahsulotlan ishlab chiqarish va eksporti yuqori sur’atda ortib borayotgan, jamiyatda erkmliklar rivojlanayotgan va demokrativaga ega davlatlar. Bu - Koreya, Singapur, Tayvan va boshqalar;
- neftni eksport qiluvchi mamlakatlar - Saudiya Arabistoni. Quvayt va qator OPEKka a ’zo mamlakatlar - XX asmmg so‘nggi choragida xorijga neftni ko‘p miqdorda yetkazish orqali o ‘z daromadlarini keskm ko'tara oldilar.
- o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar - samaras'iz ≪buyruqbozlik iqtisodiyoti≫dan ozod bo‘lgan va demokratiya, shaxs erkinhgi, ochiq jamiyat, huquqiy-bozor munosabatlaiiga o ‘tgan mamlakatlar;
- iqtisodiy qoloq mamlakatlar - jahonning rivojlanmagan, qashshoqlik va kambag‘allikdan aziyat chekayotgan (taxminan 100 ta) Afrika, Osiyo va Lotm Amerikasi davlatlarmmg bir qismi (Somali, Efiopiya, Bangladesh, Birma, Gayana, Gaiti va boshqalar.
Korxonalar xo‘jalik faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, ularda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish va shu kabi iqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishida korxonalarda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar va xizmatchilar vazifalarining va ish jarayonlarining yuqori saviyada tashkil qilinganligi, ularning mexnatini moddiy va ma’naviy rag'batlantirish tizimini yaratilishi alohida ahamiyatga ega. Korxonalar va ularning ishchi xodimlari o‘rtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil qilinishi yuqoridagi maqsadlarga erishishda va mexnat resurslaridan oqilona foydalanishda dolzarb hisoblanadi. Korxonalarda ishchi xodimlar o‘rtasida. olingan daromad yoki foydani bir qismini taqsimlash, ish haqlari va mukofot pullarni to‘lash, agar ma’lum turdagi qimmatli qog‘ozlarga ega bo‘lsa ular bo'yicha dividendlarni to‘lash, moddiy yordatn ko‘rsatish hamda korxona faoliyatiga moddiy va ma’naviy zarar etkazsa, ushbu zarar miqdorini qoplash, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha tegishli soliqlarni ushlab qolish va shu kabi jarayonlar natijasida moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi
Korxonalarda moliyaviy boshqaruvni samarali tashkil etilishi ko‘p jihatdan tahlil ishlarini aniq va to‘g‘ri yo‘lga qo'yilganligiga bog‘liqdir, uning yordamida korxonalaming to‘lov imkoniyati, likvidliligi va moliyaviy barqarorligini, barcha moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarining sodir bo‘lishi va hodisalami davriy kuzatish, umuman moliyaviy-iqtisodiy holatini baholash imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Tahlil yordamida korxonaning barqaror rivojlanishiga to‘sqinliq qilayotgan kamchiliklar aniqlanadi va ushbu kamchiliklar bartaraf etiladi, xo‘jalik subyektini yanada rivojlantirish yoTlari belgilanadi yoki samarali ishlashni ta’minlaydigan yo‘nalishga o'tkaziladi.
Rejalashtirish moliyaviy menejmentning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Rejalashtirish funksiyasi mavjud resurlar hamda ularning chegaralanganligini inobatga olgan holda korxonaning maqsadlariga erishish yoilarini belgilashdan iborat. Ishlab chiqarishni bozordagi holatga mos kelishini o‘rganish, barcha turdagiresurslar va kapitaldan samarali foydalanishni eng maqbul yo'llarini tanlash, qo‘shimcha moliyaviy mablagiar jalb qilish yoilarini izlab topish va shu kabilar rejalashtirish funksiyasiga misol bo‘la oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish funksiyasining muhim jihati shundaki, bunda korxonalar xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bozordagi holatdan kelib chiqqan holda, mazkur tovar va xizmatga bo‘lgan talab va taklifning qay holatda ekanligi, raqobatning darajasi vashu kabi omillarga bog‘liq holda belgilanadi. Pvejalashtirish bevosita tahlil bilan bog'liq bo‘lib, asosan uning yakuniy natijalariga qarab aniqlanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida har qanday xo‘jalik subyektlarining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini samarali amalga oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishda ushbu korxona, firma va kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarda rag‘batlantirishni amalga oshirish jarayonida, korxona boshqaruv tizimining turli bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan hodimlarning korxona tomonidan belgilangan moliyaviy rejalami, vazifalar va yukmaiarni to‘liq bajarganligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shgan hamda mavjud moddiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalangan holda ishlab chiqarish hajmini oshiriganliklari uchun ushbu hodimiarni rag‘batlantirish va mukofotlash yoki aksincha, ushbu vazifalami amalga oshirishda sustkasblikka yo‘l qo‘ygan va befarqlik bilan yondashgan xodimlarga nisbatan ma’lum bir choralar ko‘rish, tizimi yaratiladi.
Moliyaviy menejmentning rag‘batlantirish funksiyasini to‘g‘ri tashkil etilishi, korxonada mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilanishiga, xodimlar malakasining oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida, bevosita korxona xo‘jalik faoliyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Nazorat funksiyasining mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: korxonada belgilangan reja ko‘rsatkichlarini haqiqatda qay darajada amalga oshirilayotganligi yoki bajarilmayotgan bo‘lsa bunday holatlarni o‘z vaqtida aniqlash, hamda ushbu holatlarni paydo bo'lish sabablarini batafsil o‘rganish va bunday kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor choralar ko‘rishdan iborat. Moliyaviy menejmentning ushbu funksiyasini amalga oshirilishi korxonalarda ichki nazoratning tashkil qilish tizimi, nazorat qilinadigan ko'rsatkichlarning ko‘lamini aniqlash bilan bogiiqdir.
Moliyaviy menejmentning keyingi guruh funksiyalari uning alohida boshqaruv faoliyati xususiyatlarini tasniflaydi. Uning tarkibi quyidagilardan iborat:
- aktivlarni boshqarish;
- kapitalni boshqarish; j
- investitsiyalami boshqarish;
- pul oqimlarini boshqarish;
- moliyaviy risklarni boshqarish.
|
| |