Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni




Download 0,73 Mb.
bet4/11
Sana15.05.2024
Hajmi0,73 Mb.
#236423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ishlab chiqarish samaradorligining mazmuni, ko\'rsatkichlari va uni oshirishga ta\'sir qiluvchi omillar

2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
Ishlab chiqarish jarayoni — bu kishilarni o'zlarining iste’moli uchun zarur bo'lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Oddiy va m a’naiy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko'rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko'rinishini o'zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan ham da bir-birlari bilan o'zaro ma’lum munosabatda bo'ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida bo'ladigan bu m unosabatlarning shakllari va xususiyatlarini o'rganish hamda ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish oliy maqsadga, ya’ni cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda kishilarning o'sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishning birdan-bir yo‘lidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishning ichki qonuniyatlari va uning rivojlanish xususiyatlari ko‘pgina iqtisodchi olim lar tom onidan ko'rsatib berilgan. Ular mehnat kishilar yashashining umumiy asosidir deb ta’riflaydilar.
Demak, mehnat iste’mol qiym atlarini yaratuvchi sifatida, foydali mehnat sifatida kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga bog‘liq bo‘lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir, mehnat bo‘lmaganda kishi bilan tabiat o'rtasida modda almashinuvi ham mumkin bo ‘lmas edi. Kishilar o‘zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o'zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo‘lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o'rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o ‘zi ham har tom onlam a kamol topib boradi, ya’ni kishilar o'zining m ehnatga bo'lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni am alda q o ‘llashni kengaytirib boradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o ‘zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o'rtasidagi modda alm ashuvining um umiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining ham m a bosqichlariga, ham m a mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo'lib, um um insoniy kategoriyadir (tushunchadir).
Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo'lib, oddiy tosh va yog'och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan tortib to hozirgi zamon murakkab texnologiyasiga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, kom pyuter texnikalarini, zamonaviy radio va televideniye vositalarini ishlab chiqarishgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Hozirgi davrda mamlakatimiz hududida bir necha yuzlab tarm oqlar va sohalarda xalqimizning iste’moli va ishlab chiqarishning o ‘zi uchun zarur bo'lgan iste’mol buyumlari va asbob-uskunalar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo'jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov tashkilotlari, kom m unal va uy — joy xo'jaliklari, turli xil texnik va boshqa xizmat ko'rsatish sohalaridan iborat. Har bir mamlakat o'z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo'lgan tarm oqlar tarkibinivujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab chiqarishni o'stirish va xalqning talabini qondirish uchun o 'ta zarur bo'lgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo'ladigan hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi.3
Turli mulk shakllarining teng huquqliligi qaror topayotgan hozirgi o'tish davrida aholiga turli xizmatlar ko'rsatish miqdori ham o'smoqda. O 'zbekiston YAIM da xizm atlam ing ulushi 2018 yilda 37,6 foizni tashkil qildi. Bu esa Respublikamiz hukum atining keyingi yillarda aholining turm ush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlari (individual mehnat faoliyati, ijara, yer, mulk, tadbirkorlik, soliqlar to'g'risidagi qonunlar) natijasidir. Xo'jalik yuritishning yangi shakli va usullarining aholiga xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini, turli chiqindilarni qayta ishlash usullarining iqtisodiyotimizga kirib kelishining ob ’yektiv sababi mehnatkashlarni tovar va xizmatlar bilan ta’minlash sohalarini rivojlantirishdir. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida mehnat faoliyatining muhim tomoni bo'lgan uy xo'jaligi imkoniyatlaridan foydalanish (kasanachilik, hunarm andchilik, nonvoylik, uy bog'cha va yaslilari ochish, repetitorlik, qo'shimcha dars o'tish) ichki imkoniyatlardan foydalanishning munosib yo'llaridan biri hisoblanadi, chunki bu usul qo'shimcha binolar qurilishini talab qilmaydi va m ablag'ni tejashga imkon beradi va shu bilan birga xizm atlar turini va m iqdorini kupaytiradi. Ma’lumki, bizda ish vaqtining anchagina qismi uy-ro'zg'or ishiga to‘g‘ri kelmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakataholisi uy-ro'zg'or ishlariga yiliga sarflagan vaqt ijtimoiy ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqtiga qaraganda ko‘proq ekan.
Buning ustiga uy-ro'zg'or ishlari talaygina quvvatni talab qiladi. Ushbu va shunga o'xshash boshqa misollar maishiy xizmatlar ko'rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, uy-ro'zg'or ishlarini mexanizatsiyalash imkonini beradigan mashina va asbob — uskunalarni ko'plab ishlab chiqarishni talab etadi. Ehtiyojlar turi qancha ko'p bo'lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o'rganish oson bo'lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga bo'linadi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy m oddiy ne’m atlar yaratiladi, xizmat ko'rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko'rsatiladi.
Bu ikki sohabir-biri bilan chambarchas bog'langan holda rivojlanadi va birbiriga ta’sir ko'rsatadi. Respublika milliy iqtisodiyotida tovarlarishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarining YAIMdagi mutlaq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lum otlar bilan tavsiflanadi (3- jadval). M oddiy ishlab chiqarish sohasi o'z navbatida ikki bo'linm adan — birinchi va ikkinchi bo'linm alardan iborat bo'ladi. Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’m oli uchun zarur bo'lgan vositalar — stanok, mashina, asbob-uskuna, xom ashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi boiinmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo'lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi.

Download 0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni

Download 0,73 Mb.