1-AMALIY MASHG’ULOT
Intellektual, adaptiv va programmali robotlar
Adaptiv robot moslashuvchan sistemalarning bir turidir.
Bunday robot
programmalashtirilgan harakat funksiyalari qisman aniq tashqi muhitda bajarish
imkoniyatiga ega. Tashqi muhit o‘zgarishini adaptiv robot sensor qurilmalari
yordamida qabul qilib, o‘z faoliyatini avtomatik ravishda qayta programmalaydi.
Adaptiv robotlarda sensor qurilmalari sifatida sun’iy ko‘z, lokatsion sensorlar,
taktil va kuch-moment datchiklari qo‘llaniladi. Adaptiv robotning sxemasi 1.3- rasmda
keltirilgan.
1.3- rasm. Adaptiv robot sxemasi:
1- manipulyator, 2- harakatlanish
qurilmasi, 3- programmani o‘zgartirish qurilmasi, 4-
hisoblash qurilmasi, 5- sun’iy intellekt, 6- sensor qurilmasi, 7-muloqot qurilmasi, 8-
manba blogi.
Adaptiv robotlarda sun’iy intellekt blogi bo‘lmaydi.
Programmali robot sxemasi 1.4- rasmda keltirilgan.
Bunday robot aniq tashqi
muhitga oldindan programmalashtirilgan harakat funksiyalarini bajaradi.
Shuni ta’kidlash lozimki, «avlod» termini robotlarning bir avlodini ikkinchisi
bilan almashtirish deb tushunmaydi. har bir robot avlodi mustaqil ahamiyatga ega va
element bazasi bo‘yicha texnik ko‘rsatgichlari takomillashib boradi. har bir robot
avlodi ekspluatatsiya tartibiga qarab, keng qo‘llaniladi.
Adaptiv robotlarga qaraganda intellektual robotlarda
kuchli rivojlangan
matematik ta’minot bo‘ladi. Intellektual robot struktura sxemasi 1.5 – rasmda
keltirilgan.
1.4- rasm. Programmali robot sxemasi
1.5- rasm. Intellektual robot sxemasi:
1-manipulyatorlar, 2 – harakatlanish qurilmasi, 3 – programmalarni o‘zgartirish
qurilmasi, 4 – hisoblash qurilmasi, 5 – sun’iy intellekt, 6 – sensor qurilmalar, 7 –
muloqot qurilmasi, 8 – manba bloki; BQ – boshqarish qurilmasi, TIS – ta’minot ijro
sistemasi, TM –
tashqi muhit;–informatsion o‘zaro ta’sir,–material, energetik o‘zaro
ta’sir va aloqalar.
Intellektual robotning boshqarish qurilmasi (BQ) robotga intellektuallik
xususiyatini ta’minlash va tashqi muhit bilan faol va maqsadli informatsion o‘zaro
ta’sirlarni bir necha kompyuterlar asosida amalga oshiradi.
BQ si quyidagilardan tashkil topadi: sensor qurilmasi (6), u tashqi muhit va
robotning holati bo‘yicha informatsiya bilan ta’minlaydi; muloqot qurilmasi (7)
robotning operator bilan va tashqi muhitdagi funksional qurilmalar bilan dialogi uchun
xizmat qiladi; sun’iy intellekt (5)
obrazlarni bilish, ma’lum predmat sohasidagi
bilimlarni yig‘ish va ishlatishga xizmat qiladi; hisoblash qurilmasi (4)
boshqarish
programmalarini shakllantiradi; programmalarni o‘zgartirish qurilmasi (3) boshqarish
programmalarini o‘zgartiradi va manipulyator yuritmalarini, harakatlanish qurilmasini,
tashqi muhitdagi texnologik jihozlarni boshqarish uchun kerakli holga keltiradi; tashqi
muhit (9) – real mavjud fizik muhit, robot u bilan informatsion va energetik o‘zaro
ta’sirda bo‘ladi. Agar robot ishlab chiqarish sharoitida ishlatilsa, unda robotning tashqi
muhitiga operator, boshqa robotlar, texnologik jihozlar, texnologik jarayonlar, transport
sistemalari, energiya ta’minoti sistemalari va boshqalar kiradi.