|
Intellektual mulk nazariyasi va huquqiy asoslari
|
bet | 8/9 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #153941 |
Bog'liq intellktul mulkStatistik malumot: - Jahonda jami 8 million patent roʻyxatga olingan boʻlsa (4 millioni AQSHga tegishli), har yili yana 600 — 700 ming patent qoʻshilib bormoqda. Ixtirochilik daromadli biznes boʻlib, patentlar va “nou-xau”lar boʻyicha litsenzion ajratmalarning umumiy summasi yiliga 250 milliard dollarni tashkil etadi. Biroq, afsuski, Oʻzbekistonning bu sohadagi hissasi hozircha maqtangulik emas. Agar oʻtgan asrning 80 yillarida oʻzbekistonliklar ixtirolarga yiliga oʻrtacha 2 ming 170 tadan talabnoma topshirgan boʻlsa, 2020-yilda bu koʻrsatkich 400 taga tushdi, yaʼni ixtirochilik faoliyati surʼati 5,5-marta tushib ketdi. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida aholi ixtirochilik faolligining eng yuqori koeffitsiyenti 2011 — 2015-yillarda Yaponiya (10 ming aholiga 28,5 — 30,5 talabnoma), Koreya Respublikasi (15,5 — 25,1), AQSH (6,2-7,0), Germaniya (5,9-6,4), Finlyandiya (3,5-4,6), Daniya (3,1-3,4), Buyuk Britaniya (2,9-3,4), Rossiyada (1,65-2,5) kuzatildi. Oʻzbekistonda ushbu koʻrsatkich 0,09-0,21 talabnomani tashkil etgan.
Oʻzbekistonda Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi mutasaddilari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitida navbatma-navbat bilimlar iqtisodiyoti tizimini barpo etishga doir Strategik dasturlarini tayyorlab borishi maqsadga muvofiq. Bunday dasturlar tezroq ishga tushirilmasa, vaqt hamda imkoniyatdan yutqazamiz. Yurtimizda aniq fanlarda ilmiy maktablar davomchilari sanoqli boʻlsada hozircha borligi va ularning astoydil harakati eng muhim yutugʻimizdir. Buning aksi boʻlsa, oʻn yildan soʻng bunday yaxshi imkoniyat qoʻldan boy berilishi mumkin. - Oʻzbekistonda Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi mutasaddilari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitida navbatma-navbat bilimlar iqtisodiyoti tizimini barpo etishga doir Strategik dasturlarini tayyorlab borishi maqsadga muvofiq. Bunday dasturlar tezroq ishga tushirilmasa, vaqt hamda imkoniyatdan yutqazamiz. Yurtimizda aniq fanlarda ilmiy maktablar davomchilari sanoqli boʻlsada hozircha borligi va ularning astoydil harakati eng muhim yutugʻimizdir. Buning aksi boʻlsa, oʻn yildan soʻng bunday yaxshi imkoniyat qoʻldan boy berilishi mumkin.
|
| |