|
Oʻzbekiston mazkur konvensiyalarning aksariyatiga qoʻshilgan
|
bet | 5/9 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #153941 |
Bog'liq intellktul mulkOʻzbekiston mazkur konvensiyalarning aksariyatiga qoʻshilgan. Rivojlangan davlatlar, shu jumladan, AQSH, Yevropa Ittifoqi (YEI) davlatlari, qariyb ikki yuz yildirki, ixtirochilar, olimlar va ishlab chiqaruvchilarning oʻzaro hamkorligini yaxshi yoʻlga qoʻyish orqali iqtisodiyotni tiklab olishdi. Bunda iqtidorli ixtirochilar bilan davlat oʻrtasida ikki tomonlama manfaatli aloqaning mavjudligi oʻzaro ishonch hamda umid uygʻotdi. Masalan, 1973-yilda «Motorola» kompaniyasi bosh muhandisi Martin Kuper mobil telefonda birinchi marta gaplashib, simsiz aloqa orqali insoniyatning orzulari ushalishiga yoʻl ochgan va u tijorat maqsadida 1983-yilda ishga tushgan boʻlsa, bugungi kunda jahonning 4 milliard aholisi mobil telefonda gaplashayotir. 1989-yilda AQSHlik Berners Li jahon “oʻrgimchak toʻri” — internetni ixtiro qildi. Internet dunyoni kichik qishloqchaga aylantirib, unda axborot tovush tezligida odamlarga yetkazilmoqda. - Masalan, 1973-yilda «Motorola» kompaniyasi bosh muhandisi Martin Kuper mobil telefonda birinchi marta gaplashib, simsiz aloqa orqali insoniyatning orzulari ushalishiga yoʻl ochgan va u tijorat maqsadida 1983-yilda ishga tushgan boʻlsa, bugungi kunda jahonning 4 milliard aholisi mobil telefonda gaplashayotir. 1989-yilda AQSHlik Berners Li jahon “oʻrgimchak toʻri” — internetni ixtiro qildi. Internet dunyoni kichik qishloqchaga aylantirib, unda axborot tovush tezligida odamlarga yetkazilmoqda.
- Haqiqat shuki, AQSH, Germaniya, Yaponiya singari sanoati taraqqiy etgan davlatlarda yalpi ichki mahsulot oʻsishining 80 — 95 foizi texnika va texnologiyalarda oʻz ifodasini topgan yangi bilimlar hamda innovatsiyalar ulushiga toʻgʻri keladi.
- Ixtirolarga patentlar iqtisodiy rivojlanishni qanday qilib ragʻbatlantirishi mumkinligi masalasi katta jildlikka ilmiy mavzu boʻladi.
- Biz quyida ulkan jarayonning faol ishlashi boʻyicha bir necha misollar keltiramiz.
Patentlar toʻrt yoʻnalishda qoʻllaniladi: - patent axboroti texnologiyalarni uzatishni va toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyasini olib kelishni yengillashtiradi;
|
| |