• AVTOMOBIL MODELINI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
  • XULOSA
  • KIRISH
  • Avtomobil modelini loyihalash va modellashtirish




    Download 54.6 Kb.
    bet1/8
    Sana31.10.2023
    Hajmi54.6 Kb.
    #91139
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    “ avtomobil modelini loyihalash va modellashtirish-fayllar.org
    Payvand-birikmalaming-turlari., kiyimlarni-tikishda-inson-tanasi-o-lchamlarini-olish-usullari, Ajraladigan birikmalar va ularning turlari, O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarq, 1-mavzu boshlang‘ich ta’limda steam ta’limining umumiy asoslari, 31.Loyiha tahlili NFD 2019, 1Daromadlik stavkasi darajasiga ta (2), Mustaqil ishi mavzulari (1)

    “ avtomobil modelini loyihalash va modellashtirish


    1
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
    __________________________________ FAKULTETI
    «Tasdiqlayman»
    ____________________ fakulteti
    dekani _________ _____________
    «_____» __________202__-yil
    “____________________”ta’lim yo‘nalishi _____ bosqich talabasi
    ________________________________________NING
    "____________________________________________" fanidan

    AVTOMOBIL MODELINI LOYIHALASH VA 
    MODELLASHTIRISH

    mavzusida yozgan


    KURS ISHI
    Ilmiy rahbar: __________________
    Termiz 2023



    2
    MUNDARIJA 


    KIRISH…………………………………………………………………………….3
    I BOB. AVTOMOBILNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISHNING 
    NAZARIY ASOSLARI 
    1.1.Texnik loyihalash jarayoni……………………………………………………..6
    1.2.Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari………………...10
    II 
    BOB. 
    AVTOMOBIL 
    MODELINI 
    LOYIHALASH 
    VA 
    MODELLASHTIRISH MAVZUSIGA OID AMALIY ISH VA DARS 
    ISHLANMALARGA NAMUNALAR 
    2.1.Amaliy ish: Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari…...14
    2.2."Geometrik shakllardagi qog’ozdan mashina qurish-yasash. Mehnatning
    mahsuli-mahsulot va uning turlari" mavzusida dars ishlanma................................23
    XULOSA…………………………………………………………………………26
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………..…………………29
    ILOVALAR……………………………………………………………………...32



    3
    KIRISH 


    Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda jadal suratlar bilan rivojlanayotgan
    fan texnika taraqiyoti aqliy va jismoniy mehnatni bir-biriga yaqinlashtirishni, ya’ni
    ular o‘rtasidagi farqni bartaraf qilishni taqozo etadi. Ishchilar mehnati tobora
    injenerlik-texnik xarakter kasb etayotgani, ratsionalizator va ixtirochilarning saflari
    o‘sib, ular kiritayotgan takliflarning samaradorligi ortayotganligi buning yaqqol
    ifodasidir.
    Ratsionalizatorlar va ixtirochilar-ishchilar sinfining ilg‘or qismi bo‘lib, ular
    ijodiy fikrlaydigan, tinimsiz izlanadigan, mashina va mexanizmlarning yangi, eng
    tejamli konstruksiyalarni, yangi texnologik jarayonlarni yaratish eskilarni
    takomillashtirish bo‘yicha qimmatli takliflar kiritadigan kishilardir.
    Texnik tafakkurni va mehnatga ijodiy munosabatni rivojlantirish yangi
    kishini-yangi jamiyat quruvchisini tarbiyalashning eng muhim vazifalaridan biridir.
    Ana shunday kishining yetishib chiqishida o‘quvchilarga umumiy ta’lim berishdan
    tashqari, ularning keng politexnik asosda unumli mehnatga ham jalb etadigan isloh
    qilingan maktab yetakchi rol o‘ynashi lozim.
    Xozirgi sharoitda o‘quvchilarga politexnik ta’lim berish tabiatning maktab
    predmetlarida, avvalo tabiiy-ilmiy sikldagi predmetlarda o‘rganiladigan umumiy
    qonunlari, xozirgi ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari xaqida, eng tipik
    mashinalar, mexanizmlar, aparatlar va asboblarning tuzilishi hamda ishlash
    prinsiplari, shuningdek ulardan amalda foydalanish xaqida, asosiy materiallar va
    ularni qo‘llash, eng tipik texnologik jaranlar xaqida umumiy, ilmiy bilimlar va
    mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish xaqida umumiy ma’lumotlar berishdan
    iboratdir. Ana shu vazifalar texnik konstruksiyalash va zamonaviy texnika
    namunalarini modellashtirish jarayonida muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
    O‘quvchilar yuqori darajada rivojlangan texnika namunasi sifatidagi u yoki
    bu texnik modelni yasashda xozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos konstruktorlik,
    texnologik va ishlab chiqarish faoliyatining asoslarini o‘rganadilar.
    Texnik
    modellashtirish
    jarayonida
    turli
    texnologik
    operatsiyalar
    o‘zlashtiriladi; metallar va metalmas materiallarning har xil turlari va markazlari



    4
    bilib olinadi; zamonaviy texnikaning xaqiqiy namunalari tuzilishi va ishlashning


    asosiy prinsiplari tushuniladi, amaliy faoliyat jarayonida es umumta’limiy
    predmetlari bo‘yicha olingan bilimlar mustahkamlanadi.
    Ma’lumki,
    amaliy
    mashg‘ulotlarda
    texnik
    konstruksiyalash
    va
    modellashtirish xaqiqiy mashina, mexanizm, asboblarning faqatgina kichraytirilgan
    nusxasini yasash emas, balki ijodiy faoliyat asosida texnik modellarning
    konstruksiyasini ham, ishlash prinsipini ham ancha soddalashgan, lekin ularga
    o‘xshashlikni saqlagan namunalarini yaratishdir.
    Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket»
    tushunchalarining farqini aniq bilib olish zarur. Model xaqiqiy obyektning yoki
    undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u xarakatlanadigan va o‘z
    namunasi (xaqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham holda bajariladigan bo‘lishi
    ham kerak. M: avtomobilning, trak5torning modeli ana shundaydir.
    Maket-obyektning konstruksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini
    beradigan umumiy xajmli tasvirdir. M: binolar, inshootlar va x.z.larning maketlari
    shular jumlasiga kiradi.
    Texnik
    konstruksiyalash
    va
    modellashtirish
    mashinalar
    hamda
    mexanizmlarni yaratish jarayoni bilan, shuningdek yuksak darajada rivojlangan
    zamonaviy ishlab chiqarishning eng ilg‘or yo‘nalishlari: ishlab chiqarishdagi
    standartlashtirish va unifikatsiyalash, mehnatni kooperativlash hamda ilmiy asosda
    tashkil etish bilan; detallarni tayorlash va buyumlarni yig‘ishning tipovoy hamda
    gruppavoy texnologiyasi bilan; materiallardan ratsional foydalanish bilan
    mufssalroq tanishish imkoniyatini yaratadi.



    Download 54.6 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 54.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil modelini loyihalash va modellashtirish

    Download 54.6 Kb.