Komputer haqida yangi ma’lumotlar.
Yangi texnologiyalar.
Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
| Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). | Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjat asosida 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
“CIB GROUP” kompaniyasi mamlakatimiz va xorijda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishini yanada keng yoritish maqsadida internet tarmog‘ida yangi loyiha – «CIB.UZ» axborot-tahlil internet-nashrini joriy qildi. Ushbu nashrni www.cib.uz manzili bo‘yicha topish mumkin.
G‘gCIB GROUP” kompaniyasi 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, axborot-tijorat xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan. U nashriyot va matbaa, internet-loyihalar sohasida tahlil qilish, maslahat berish, ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etish, transport xizmatlari kabi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining “UNICON.UZ” markazi va BMT Rivojlanish Dasturining “O‘zbekistonni rivojlantirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari siyosatini shakllantirish va joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga ko‘maklashish” loyihasi yordamida tashkil qilingan mazkur yangi nashrning vazifasi barcha manfaatdor shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dolzarb axborot resurslaridan keng foydalanish imkonini yaratishdan iborat. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
Ushbu internet-nashrda taqdim etilayotgan materiallarda iqtisodiyotning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilayotgan barcha jabhalari qamrab olinadi. Nashrni tarqatish geografiyasi faqat O‘zbekiston bilan cheklanmaydi. Axborot va tahliliy materiallarni tayyorlashga tegishli tarmoqlarning tajribali mutaxassislari jalb etiladi.
Shu kunlarda (27 noyabr-17 dekabr) Toshkent shahridagi 21-bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Trening BMT Taraqqiyot Dasturining «Mamlakatni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko‘maklashish» (ICTP) loyihasi tomonidan tashkil etilgan. Treningdan ko‘zlangan maqsad yosh avlodning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi bilimi darajasini oshirishdan iboratdir.
Trening dasturi ICTP loyihasining volonterlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning o‘zlari dars jarayonini boshqarmoqda. Bolalar uyining tarbiyalanuvchilari ushbu dastur asosida Windows operatsion tizimi, Word, Excel, PowerPoint dasturlari bilan ishlash asoslarini o‘rganmoqda, shuningdek Internet tarmog‘idan samarali foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilyaptilar.
21-bolalar uyi direktori Abdumalik Ro‘ziqulovning aytishicha, mazkur trening bolalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarni shakllantirishning muhim bosqichi hisoblanadi. “Bu esa kelajakda albatta sezilarli natijalar berishiga shubham yo‘q”, - deydi janob Ro‘ziqulov.
Treningda bolalar uyining 8 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar tarbiyalanuvchisi qatnashmoqda. Ularning o‘zlari mashg‘ulotlarda qatnashish istagini bildirdi. Mashg‘ulotlar bolalar uyining barcha texnik vositalar bilan jihozlangan yangi kompyuter xonasida haftasiga 3 marta bir yarim soatdan o‘tkazilayapti.
Birinchi trening tugaganidan so‘ng tashkilotchilar shu kabi mashg‘ulotlarni yana o‘tkazish uchun 12 kishilik yangi guruh to‘plashni rejalashtirmoqdalar.
AKT-trening tashkilotchilarining ta’kidlashicha, bolalar uylarining tarbiyalanuvchilari uchun bu turdagi mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ularning ta’lim olishi va kelajagi uchun qo‘shilgan muhim hissa bo‘ladi. Shunday ekan, kompyuter savodxonligi bo‘yicha treninglar turkumi davom ettirilishi maqsadga muvofiqdir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy soha, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmonida axborot makonini tashkil etish masalalari o‘z aksini topgan, bu borada Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan 2002-2010 yillarga mo‘ljallangan Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi amalga tatbiq etilmoqda.
Ushbu hujjatlarda mamlakatimizda yaqin istiqbolda kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish yo‘llari aniq belgilab berilgan. Bu milliy axborot makonini shakllantirishda keng ko‘lamli ishlarni izchil amalga oshirish imkonini bermoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mamlakatimiz iqtisodiyotiga, shu jumladan, AKT sohasini rivojlantirishga salbiy ta’sirini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlar ko‘rilmoqda.
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturiga muvofiq qishloq joylarda AKT xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha infratuzilmani rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublika milliy internet-segmentini rivojlantirish ishlari 2002-2010 yillarga mo‘ljallangan Kompyuterlashtirish va axborot-kommunkatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturiga binoan amalga oshirilmoqda. 2009 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, ma’lumotlar uzatish, jumladan internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan xo‘jalik subyektlari soni 921 taga (2009 yilning olti oyida 897), umumiy foydalanish punktlari soni 963 taga (2009 yilning olti oyida 937) yetdi.
Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishga doir umumiy tezlik sekundiga 1125 Mbit/s ga yetdi. Ayni paytda internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 2,6 million kishini tashkil etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvarda qabul qilingan “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Hukumat portalini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portalining yangi versiyasi ishlab chiqilib, internet tarmog‘iga joylashtirildi. Yangi portalda “Fuqaroga”, “Tadbirkor va investorga” va “Xorijiy fuqaroga” kabi maxsus bo‘limlar bor. Bu bo‘limlarning mavzuga oid 100 dan ortiq qism va kichik bo‘limlardan respublikamiz sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotining turli jihatlari haqidagi axborotlar, shuningdek, eng so‘nggi yangiliklar, voqealar, foto, video va audiomateriallar joy olgan.
WWW.UZ. milliy axborot-qidiruv tizimi ham modernizatsiya qilindi. Tizimda O‘zbekistonda internet tarmog‘ini jadal rivojlantirish aks ettirilgan «Jamlanma statistika» joriy etilgan. WWW.UZ. hisoblagichini o‘rnatgan barcha milliy saytlarga kirishga oid statistik ma’lumotlar ushbu bo‘limning muhim jihatlaridandir.
Ayni paytda mamlakatimizda internet tarmog‘ini takomillashtirishga oid ishlarni izchil rivojlantirish va muvofiqlashtirish, faoliyatini tartibga solish uchun vakolatli organlar ushbu sohada nazoratni amalga oshirmoqda. Masalan, global tarmoqda xizmat ko‘rsatish provayderi bo‘lish va xalqaro axborot resurslaridan foydalanish, internet-kafe, internet-klub ochish uchun amaldagi qonunchilikka binoan litsenziya olish kerak. Litsenziya berish instituti texnika vositalaridan qonunga xilof axborotni tarqatish, urush, zo‘ravonlik va pornografiyani targ‘ib qilish, diniy va milliy adovatni qo‘zg‘atish, inson qadr-qimmatini kamsitish, jinoiy javobgarlikka tortiladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etish maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun tashkil etilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, yuqorida qayd etilgan litsenziya olish tartibi, jumladan, internet-kafelar uchun hozir ancha soddalashtirilgan. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida litsenziyalashtirish va standartlashtirish bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu bo‘lim xodimlarining aytishicha, litsenziya shartnomasini tuzish uchun bor-yo‘g‘i bir nechta hujjat talab qilinadi va ularni qabul qilishda eng kam ish haqining besh barobari miqdorida haq to‘lanadi. Taqdim etilgan hujjatlar bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi va besh yilga litsenziya beriladi.
Internet-kafe egalari xizmat ko‘rsatish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgach o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlarni oladi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Davlat aloqa inspeksiyasi huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda ushbu majburiyatlarga rioya qilinishini nazorat qilib boradi. Jadvalga muvofiq rejali tekshiruvlar tashkil etiladi. Masalan, joriy yilda Toshkent shahar Davlat aloqa inspeksiyasi tomonidan internet-kafelar faoliyati 3 marta rejali tekshiruvdan o‘tkazildi. «DETOKS MEDIKAL», «ALYANS-INFOTEKS» xususiy korxonalari va «AFRUZ» xususiy firmasi tasarrufidagi internet-kafelar faoliyati tekshirildi. Litsenziya beruvchilarning arizasiga binoan «DETOKS MEDIKAL» va «ALYANS-INFOTEKS» faoliyati to‘xtatildi. «AFRUZ» xususiy firmasida o‘tkazilgan reyd natijalariga ko‘ra, mazkur korxona tegishli me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanmagani, texnika vositalarining muvofiqlik sertifkati yo‘qligi, boshqa operatorlar (provayderlar) tarmoqlari orqali ma’lumotlar uzatishning xalqaro kanallariga chiqish bo‘yicha litsenziya shartnomasi shartlariga tegishli o‘zgartishlar kiritilmagani kabi kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan faktlar bo‘yicha «AFRUZ» xususiy firmasi rahbarlariga taqdimnoma berildi va kamchiliklar barataraf etildi.
Afsuski, boshqa qonunbuzarliklar ham uchrab turibdi. Ayrim «uchar tadbirkorlar» o‘zboshimchalik bilan o‘z internet-kafelarini ochib olmoqda. Misol uchun, 2009 yilning 9 oyida Toshkent shahar Davlat aloqa inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reydlar natijasida tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan internet xizmatlarini ko‘rsatayotgan 28 ta xo‘jalik subyekti aniqlandi. Litsenziyasiz xizmat ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlari bo‘yicha materiallar chora ko‘rish uchun tegishli organlarga taqdim etildi.
Ko‘p hollarda bunday muassasalarda ish tartibiga rioya qilinmaydi, ularning mijozlari haddan tashqari shovqin-suron soladi, ba’zida «ashaddiy o‘yin ishqibozlari» yig‘iladi. Bunday joylarda sanitariya talablariga ham rioya qilinmaydi. Internet-kafe yoki klublar joylashgan uylarda yashovchilarning xabariga binoan militsiya uchastka inpektorlari tushgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tekshirmoqda, ularning egalari bilan profilaktika suhbatlarini o‘tkazmoqda va bunday qonunbuzarliklar davom etaversa, qat’iy choralar ko‘rmoqda.
Ayrim internet-kafelar yarim tunda ham ishlaydi. Chunki, bunday paytda mijozlarning to‘lovi ancha kamayadi. Biroq, bunday hollarda ularning egalari jamoat tartibiga rioya qilishlari darkor.
Ta’kidlash joizki, bugun xususiy sektorga o‘z tashabbusi va omilkorligini namoyon qilishi uchun katta imkoniyatlar berilgan. Tadbirkorlarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z biznesini rivojlantirmoqda. Lekin, bu borada har bir odam, shu jumladan, tadbirkorlar ham bajarishi lozim bo‘lgan qonun-qoidalar mavjudligini zinhor unutmasligi lozim.
O'qituvchilar o'rnini kompyuterlar egallab bormoqda....
Hozirgi tehnika rivojlanib borayotgan bir davrda deyarli barcha ishlar ular orqali bajarilmoqda. Hattoki ba'zi rivojlangan davlatlarda robotlarni doya sifatida tug'ruqxonalarda sinab ko'rishmoqda.Albatta, natija yomon emas. Ammo endi o'qituvchilar o'rnini oddiygina tehnika egallashi achinarli hol , menimcha. Hozirgi kunda endi yoshlar ilm dargohlariga bormasdan, ya'ni o'zi uchun qulay bo'lgan joyda kompyuterlari orqali darslardan bohabar bo'lishlari mumkin. To'g'ri dars otilishining bu usuli bizgacha yetib kelishiga hali biroz vaqt bor . Ammo bizning aybimiz biror bir ishni boshimizga tushganidan keyin uni bartaraf etish uchun chora qidiramiz. To'g'ri bizda ham tehnikani rivojlanishi biz uchun yaxshi, albatta. Ammo kompyuterdan bilim olgan yoshlar kelajakda o'sha temir tersaklar kabi hissiz bo'lib qolmaydimi? Nahot endi ular qaysidir insonni ko'rganida mening biriinchi o'qituvchim degan shirin entikish tuymaydilar? Dunyoda barcha insonlar har hil.Shu bilan birga ularnig fikrlari ham. Men bu masalada boshqalarning ham fikrini bilishni hohlardim.(Men o'zgarishlarga qarshiman degan fikirdan ancha yiroqman)
Xorazmiyning to‘liq ismi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, uning tug‘ilgan va vafot etgan yillari haqida aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. U O‘rta Osiyolik mashhur matematik va astronom. Ba’zi manbalarda ko‘rsatilishicha, Xorazmiy Xorazm (Xiva) da 783 yilda tug‘ilib, 850 yilda Bog‘dod (Iroq)da vafot etgan.
| Xorazm, Qadimgi Xorazm - Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. | Xorazmiyning tarjimai holi bilan shug‘ullangan olimlarning u qanday oilada tug‘ilganligi, dastlabki ma’lumotni kimdan, qayerda olganligi to‘g‘risidagi qarashlari turlicha. Masalan, T.I.Raynov “Великие Ученые Узбекистана” (”O‘zbekistonning buyuk olimlari”) nomli kitobida: “Afsuski, al-Xorazmiyning ta’lim tarbiyasi haqida hech narsa ma’lum emas. U bilimni o‘z uyida olganmi yoki boshqa yerda olganmi, buni aytish qiyin. Ehtimol, u o‘qishni Xorazmda boshlab, uni… Bog‘dodda tugallagandir”, — deb yozadi.
Tabiiy fanlar targ‘ibotchisi I.Depman va fan tarixchisi M.Ishoqovlar “Muhammad Xorazmiy” degan maqolada quyidagilarni yozadi:
“Xorazmiy o‘qish, yozish va sanashni mahalliy diniy maktab — madrasada o‘rgandi. U shaharda birinchi o‘quvchi edi. U ilmiy masalalarni o‘z o‘qituvchilaridan yaxshiroq tushunar, juda ko‘p o‘qir, o‘z ustida tinimsiz ishlar, madrasaning majburiy darsliklari bilan chegaralanib qolmas edi…”.
Bu aytilganlardan Xorazmiy buyuk iste’dod egasi egani ko‘rinadi. Ammo uning yoshlik davri, Xorazmni arablar zabt etgan, Xorazm o‘z boshidan tushkunlikni kechirayotgan davrga to‘g‘ri keladi.
Xorazmiydan keyin yashagan xorazmlik olim Beruniy arab istilochilari Xorazmning milliy madaniyatini yo‘q qilib yuborganini, kitoblarni kuydirganini, olimlarni o‘zlari bilan olib ketgani, bo‘ysunmaganlarini esa o‘ldirishganini yozadi. Beruniy Xorazmning eski urf-odati, ilm-fanini aks ettiruvchi birorta ham ma’lumot qolmaganidan, odamlarning savodsizlashib ketganidan afsuslanib bunday yozadi:
“Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy xorazmliklarning kitoblarini halok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli, ular savodsiz bo‘lib qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo‘ldilar”.
Shu sababli bo‘lsa kerak Xorazmiy VIII asr oxirida Bog‘dodga keladi. Bu asrning o‘rtalarida davlat boshiga abbosiylar kelgan va sharqiy
|