II BOB. AVTOMOBIL MODELINI LOYIHALASH VA




Download 54.6 Kb.
bet4/8
Sana31.10.2023
Hajmi54.6 Kb.
#91139
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“ avtomobil modelini loyihalash va modellashtirish-fayllar.org
Payvand-birikmalaming-turlari., kiyimlarni-tikishda-inson-tanasi-o-lchamlarini-olish-usullari, Ajraladigan birikmalar va ularning turlari, O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarq, 1-mavzu boshlang‘ich ta’limda steam ta’limining umumiy asoslari, 31.Loyiha tahlili NFD 2019, 1Daromadlik stavkasi darajasiga ta (2), Mustaqil ishi mavzulari (1)
II BOB. AVTOMOBIL MODELINI LOYIHALASH VA 
MODELLASHTIRISH MAVZUSIGA OID AMALIY ISH VA DARS 
ISHLANMALARGA NAMUNALAR 
2.1.Amaliy ish: Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy 
shakllari
Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy shakllari.
Oliy maktabni qayta qurish sharoitida konstruksiyalash - texnologik
masalalarni hal qilish uchun ta’limning quyidagi shakllari eng samaralidir: texnik
konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; brigada,
individual, zveno shakllari va ularning turli birlashmalari: har xil yoshdagi
talabalardan iborat brigada va hokazolar.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar deganda
o‘quv - mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham
kollektiv, ham individual ish turlarini o‘z ichiga oladi va bu ishlar pedagog
tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini aktiv, ongli va
mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutiladi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar,
modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta’limning frontal shaklidan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog talabalar uchun tegishli murakkablikdagi
obyektlarni tanlaydi. U konstruksiyalash bo‘yicha ta’limning frontal shaklidan
foydalanishda butun gruppani modellashtirishning faqat bitta obyekt bilan
shug‘ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uni tayyorlashga sarflanadigan vaqtni,
texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, o‘xshash
mehnat usullarini ko‘rsatish va hokazolarni ancha kamaytiradi.
6
Talabalar bajarayotgan konstruktorlik - texnologik ishlar o‘zining
murakkabligi va sermehnatligi bilan kollektiv bo‘lib, ishlashni taqozo qilsa ham
hamda bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo‘lsa, mashg‘ulotni tashkil
6
Muslimov N.A., Sharipov Sh.S. Texnik ijodkorlik va dizayn.-T.: «Iqtisod -Moliya» 2009.



15
etishning zveno shaklidan foydalaniladi. Ko‘pincha bunday hollarda murakkabroq


bitta obyekt bilan 2-3 nafar va bundan ko‘proq talaba shug‘ullanadi.
Tayyorlanadigan obyektlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir xil va xarakteriga ko‘ra
har xil bo‘lsa, texnik modellashtirish konstruksiyalash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotni
tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday
hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi pedagog uchun
muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda ko‘pincha ayrim
talabalarga yozma instruksiyalar tayyorlashga va ular ana shu instruksiyalar
bo‘yicha yangi o‘quv materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi.
Mashg‘ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil
obyektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko‘ra maktab o‘quv ustaxonalaridagi
texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllarini
dasturdagi o‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga, obyektlarning xarakteriga,
ta’limiy - pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab tanlanadi.

Download 54.6 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 54.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. AVTOMOBIL MODELINI LOYIHALASH VA

Download 54.6 Kb.