• INTELLEKTUAL MAHSULOT SIFATIDAGI KEYSNING ASOSIY MANBALARI
  • Interfaol ta’lim metodlari




    Download 0.82 Mb.
    bet10/36
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.82 Mb.
    #21028
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
    Bog'liq
    Interfaol ta’lim metodlari
    Hayotning paydo boʻlishi - Vikipediya, Mustaqil ish-2, 4, чизма, YOSH PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING O\'QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O\'RNI, Sultonaliyev Xumoyinmirzo (sket) (2), Oliy matematika. 3-jild (Yo.Soatov), 3. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari, 1. Abdulla Qodiriy O\'g\'ri asari tahlili, 2-topshiriq, 3rC46kqrx9yvIa2pCTCzgYV7RiDXMvO9XDf97VDJ, 10.2023 Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari, 981, wepik-exploring-the-english-speaking-world-a-journey-through-english-speaking-countries-20231207132642vYEM
    KEYSLAR TIPOLOGIYASI. Keyslar uchun ular juda ko’p turli ekanligi xosdir. Keyslarning turlari bo’yicha tasniflanishi 7-jadvalda ko’rsatilgan.
    7-jadval
    Keyslar turlarini tasniflash jadvali

    Tipologik belgilari

    Keys turi

    Asosiy manbalari

    1. Tabiiy sharoitdagi
    2. Kabinetdagi
    3. Ilmiy-tadqiqotchilikdagi

    Syujet mavjudligi

    1. Syujetli
    2. Syujetsiz

    Vaziyat bayonining vaqtdagi izchilligi

    1. O’tmishdan hozirgi kelish rejimidagi keys
    2. Vaqt orqaga qaytariladigan keys-xotira
    3. Bashorat keysi

    Keys ob’ekti

    1. Shaxsiy
    2. Tashkiliy-institustional
    3. Ko’p sub’ektli

    Materialni taqdim etish usuli

    1. Hikoya
    2. Esse
    3. Tahliliy yozishma
    4. Jurnalist tergovi
    5. Hisobot
    6. Ocherk
    7. Faktlar majmui
    8. Statistik materiallar majmui
    9. Xujjatlar va ishlab chiqarish namunalari majmui

    Hajmi

    1. Qisqa (lo’nda)
    2. O’rtacha miqdordagi
    3. Katta (uzun)

    Tuzilmaviy o’ziga xos xususiyatlari

    1. Tuzilmalangan
    2. Tuzilmalanmagan

    O’quv topshirig’ini taqdim etish usuli

    1. Savolli
    2. Keys-topshiriq

    Didaktik maqsadlari

    1. Muammo, yechim yoki konstepstiyani izohlash
    2. Treningli, o’quv rejasidagi fan bo’yicha malaka va ko’nikmalar orttirishga mo’ljallangan
    3. Tahlil va baholashga o’rgatuvchi
    4. Muammoni ajratish va yechish, boshqaruvchilik qarorlari qabul qilishga o’rgatuvchi
    5. Vaziyat sub’ekti rivojining yangi strategiyalari va yo’llari, yangicha baholash uslublari va shu kabilarni ishlab chiqishga rag’batlantiruvchi

    Rasmiylashtirish usuli

    1. Bosma
    2. Elektron
    3. Video-keys
    4. Audio-keys
    5. Multimedia-keys

    Keysologning (shu o’rinda va keyinchalik – keysni ishlab chiquvchi) vazifasi keys turining qo’yilgan didaktik maqsadlarni optimal amalga oshirishga imkon beradigan o’ziga xos xususiyatlarini tanlash va qo’llashdan iborat.
    Keyslarning turli manbalari. Keys intellektual mahsulot sifatida o’z manbalariga egadir. Ularni sxematik tarzda quyidagicha aks ettirish mumkin:
    INTELLEKTUAL MAHSULOT SIFATIDAGI KEYSNING ASOSIY MANBALARI
    Sosium keyslarning manbaidir, degan fikr hech kimda shubha tug’dirmasligi aniq. Faqat uning keysning mazmuni va shaklini qay darajada oldindan belgilab berishi mumkinligi haqida turlicha fikrlar bo’lishi mumkin. Ijtimoiy hayot butun turli-tumanligi bilan keys syujeti, muammolari va faktologik bazasining manbai bo’ladi.
    Ta’lim va tarbiyaning keysda jamlangan maqsadlari va vazifalari, shuningdek ta’lim texnologiyasini belgilaydigan ta’lim keysning yana bir manbaidir.
    Fan keysning uchinchi manbaidir. U tahliliy faoliyat va bir tizimli yondashuv bilan belgilanadigan ikkita asosiy metodologiyani, shuningdek, keysni hal etish jarayonida qo’llaniladigan boshqa ilmiy uslublarni yaratib beradi.
    …-sxemada keys determinastiyasi asosiy manbalarining o’zaro nisbati bir xilda va teng tomonli uchburchak sifatida taqdim etilgan. Bu barcha manbalarning teng ahamiyatli ekanligining ideal va ancha kam uchraydigan holati – determinantdir. Keyslarni qurishning real amaliyotida bunday holat ancha kam uchraydi. Ko’pincha manbalardan birining ustunlik qilishi kuzatiladi. Sxema shaklida olganda manba rolini uchburchak burchagining kattaligi tarzida tasavvur etish mumkin. Bunda burchak qanchalik to’mtoqroq bo’lsa, tegishli manba ta’siri shunchalik ko’proq bo’ladi. O’tkir qirralar tegishlicha manbaning minimal ta’sirini aks ettiradi.

    Download 0.82 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




    Download 0.82 Mb.