International scientific and practical conference




Download 480,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.10.2024
Hajmi480,18 Kb.
#273435
1   2   3
Bog'liq
xvixix-asrlarda-yozilgan-tarixiy-asarlarda-buxoro-xonligi

 
International scientific and practical conference
“Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches”
March 13, 2024
 
 
307
Muqaddimada an’anaviy fotixa va hamdu sanolardan keyin, mazkur asarni yozishda muallif o‘z 
oldiga qo‘ygan vazifalar haqida so‘z yuritiladi va asar mundarijasi keltiriladi. Lekin keyinroq 
atroflicha o‘rganilgan “Baxr ul-asror”, “Tarixi olamoroyi Abbosiy”, “Silsilot us-salotin” asarlarida 
bu voqea xijriy 1009, milodiy 1601yili sodir bo‘lgani ochiq aytilgan. “Matlab ut-tolibin”da shu 
fikr aniq va ishonarli dalillar bilan e’tirof qilingan. Yana shu bobda Abdullaxon soniy bilan uning 
o‘g‘li va taxt vorisi Abdulmo‘min sulton o‘rtasida boshlangan ziddiyat haqidagi ma’lumotlar 
tariximizning yaxshi yoritilmagan masalalariga aniqlik kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
jihatdan beshinchi bobda keltirilgan ma’lumotlar diqqatgan sazovordir. Bulardan biri, Jo‘yboriy 
xojalarning mol-mulki yil sayin ortib borishidir. Masalan, xoja Sa’dning vorisi xoja Tojiddin 
Hasanning mol-mulklari orasida yangilari, yangi qurilgan Xasanobod qishlog‘i, 50 nafar chorbog‘, 
20 qator tuya va boshqalar ham bo‘lgan. Shuni ham aytish kerakki, xoja Tojiddin fiqh, hadis va 
tarixga oid qimmatli kitoblar yig‘ishga ham e’tibor bergan. “Matlab ut-tolibin” da keltirilishicha, 
uning kutubxonasida 1000 jild qimmatli qo‘lyozmalar saqlangan. Ularning ayrimlari bezakli, tilla 
suvi berib yozilgan kitoblar bo‘lgan. Keltirilgan parchadan qurol-yaroqchining vazifalari va 
huquqlari, ortiqcha izohsiz ham ko‘rinib turibdi. Abdixo‘janing XVI asrning oxiri va XVII asrning 
boshlarida Buxoro xonligining ichki ahvoli va uning mamlakatning siyosiy hayotida tutgan o‘rni 
va mavqeyi haqida asarda quyidagi ma’lumotlarni uchratamiz. So‘nggi Shayboniy Pirmuhammad 
Soniy (1598-1601) davrida mamlakatning ichki ahvoli beqarorlikka yuz tutdi.Shu payt Abdixoja 
Buxoroni tark etib Samarqandga bordi. Uning hokimi Ashtarxoniy Boqi Muxammadning omadi 
yurishib, toj-taxtni egallaguday bo‘lsa, ikkalari davlatni birgalashib boshqarishga ahd qildilar. 
“Matlab ut-tolibin”da Boqi Muhammadxonning mana bu so‘zlari keltiriladi; “Agar biz Buxoro 
bilan Balxni egallashga muyassar bo‘lsak, unda mamlakatni Siz, men va Vali Muxammad 
o‘rtasida uchga taqsimlaymiz...” Ertasi kuni ertalab, nonushta paytida Abdixo‘ja Boqi 
Muhammadxonnga murojaat qildi; “Tabriklaymiz, ulug‘ ajdodlarimiz Sizga poytaxt shahar 
Buxoroni in’om qiladilar”. Boqi Muhammadxon (ichiga sig‘may) suyunib ketdi va singlisini 
Abdixo‘jaga xotinlikka berdi. Odatda, shaharlarning mavjudligini va yurt aholisining to‘kin 
hayotini bozorlar ko‘rsatgan. Bozorlarning katta-kichikligi, boyligi va boshqa jihatlari 
shaharlarning mamlakatda tutgan o‘rni va siyosiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan. Ushbu asarda esa 
Buxoro shahrining bozorlari va undagi rastalar ham tasvirlanadi. 
I. A. Remez, K. A. Sheyko, K. Z. Hakimova, L. N. Kravets, A. Ya. Sokolov, M. A. 
Boboxo‘jayev tadqiqotlarida Buxoro xonligi ichki va tashqi siyosati, qishloq xo‘jaligi, haqida 
ma’lumotlar tahlil etilgan.Albatta ularning hammasi manbalarni o‘rgangan holda buni talqin 
qilishgan.
Mazkur davr tarixini yoritgan xorijlik tadqiqotchilar guruhini M. Xoldsvort, G. Meyendorf, 
G. Bonvalot, Jorj Fredrik Rayt, J. Kunit va h. k. tadqiqotchilar asarlari tashkil etadi. Mazkur 
olimlar ishlarida Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixi, jumladan, davlat 
boshqaruvi masalalari tahlil qilingan. Ayniqsa, Angliya hukumatining Osiyoga nisbatan olib 
borgan siyosati natijasida ingliz tarixchilari Buxoro xonligi tarixiga taalluqli voqea-hodisalarni 
muntazam o‘rganganlar. Ingliz tadqiqotchisi Meri Xoldsvort Buxoro tarixini o‘rganib, XVIII 
asrda ikkita asosiy sabablarga ko‘ra Buxoro, Qo‘qon va Xorazm tarixini o‘rganishda zarur deb 
yozadi. Birinchi sabab, XVIII asr oxirida yoki undan oldinroq harbiy imperiyaning bir qismiga 
aylangan hududlar tarixini, shahar tarixi bilan birga ichki urf-odatlar hamda Buxoro xonligini 
Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan taqqoslash, tashqi aloqalarini o‘rganishda. Ikkinchi sabab, 
ingliz kitobxonlari uchun Buxoroo xalqlari, uning o‘tmish tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar 
taqdim etish. Meri Xoldsvortning “Turkestan in the ninetteenith. Centry. A brief histore of the 



Download 480,18 Kb.
1   2   3




Download 480,18 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International scientific and practical conference

Download 480,18 Kb.
Pdf ko'rish