International scientific and practical conference
“Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches”
March 13, 2024
306
XVI- XIX ASRLARDA YOZILGAN TARIXIY ASARLARDA BUXORO XONLIGI
Choriyorov Shohjahon Anvar o’g’li
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti 4 bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10801658
Annotatsiya.
Tarixida Xonliklar davri tarixini yorituvchi adabiyotlar muhim ahamiyat
kasb etib, ular O'zbekiston tarixining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni
yoritishda xizmat qiladi. Ushbu tezisda xonliklar davrida yozilgan tarixiy asarlar haqida
ma`lumot beriladi
Kalit so‘zlar:
Asarlar, ashtarxoniy, harbiy, siyosat, xon, tarix.
XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo xonliklarida
qarama-qarshi va
murakkab tarixiy jarayonlar kеchdi. Ularni o‘rganishda voqеa-hodisalarga to‘g‘ri va xolis baho
bеrishda bu davr oralig‘ida yaratilgan manbalar mahalliy muarrixlarning asarlari, arxiv hujatlari,
Markaziy Osiyo hududiga XVI-XIX asrning birinchi yarmida tashrif buyurgan elchilar,
sayohatchilar, harbiylar va boshqa shaxslarning xotiralari muhim o‘rin tutadi.
XVII-XVIII asr boshlari tarixini bayon etuvchi
Muhammad Amin Buxoriyning
“Ubaydullanoma”, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning “Muhit ut-tavorix” (Tarixlar
dengizi), Abdurahmon Tole’ning “Abulfayzxon tarixi”, Muhammad Yusuf Munishiyning
“Muqimxon tarixi” asarlari shu davrning mahsulidir. Bundan tashqari Mahmud ibn Vali ( “Bahr-
ul asror”), Xoja Samandar Termiziyning “Dastur al-muluk” asari, Muhammad Vafo
Karmanagiyning “Tuhfat ul-xoniy”, Abdurahmon Davlatning “Tarixi Abulfayzxon” kabi tarixiy
asarlari yaratildi. Subhonqulixonning zamondoshi shoir Turdi (1702-y vafot etgan)
ning ijodi
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-mulk” (Podshohlar uchun dastur) asarini
Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va tuzumi haqidagi asardir. Mutribiyning “Tazkirat ush-
muaro” Salexo Samarqandiyning “Muzakkir ul-ashob” (1602-y), Mulla Sodiq Samarqandiyning
“Riyoz ush-shuaro” kabi tazkiralarida davr ilmiy muhiti haqida keng tasavvur beradi.
“Matlab ut-tolibin”(“Haqiqat izlovchilarning maqsadi”) Tojiddinning o‘g‘li
AbulabbosMuxammad Tolib tomonidan 1663/64 yili yozib tamomlangan. Unda mashhur
Jo‘yboriy xojalardan xoja Muxammad Islom, xoja Sa’d, xoja Tojiddin Xasan, xoja Abduraxim
(1575-1629), Abdixoja (1577-1607) va Muxammad Yusufxoja (1595-1652)larning
xayoti va
ijtimoiy-siyosiy faoliyati bayon etilgan shuningdek ushbu asarda ular istiqomat qilgan Buxoro
shahri va viloyati hududi, undagi savdo-sotiq, ijtimoiy-iqtisodiy hayot yoritiladi hamda Jo‘ybor
shayxlarining faoliyati va ularning vaqf mulklari sanab o‘tiladi. “Matlab ut-tolibin” faqat biografik
asar bo‘lib qolmay, unda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid hamda Buxoro
xonligi bilan Hindiston o‘rtasida munosabatlarga tegishli o‘ta muhim ma’lumotlar mavjud.
Shuning uchun ham undan V.L.Vyatkin va P.P.Ivanov Jo‘yboriy xojalarning yer-suvi va mol-
mulkini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanishgan. Muhammad
Tolib haqida
quyidagilar ma’lum. Asarda uchragan ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, otasi 1608-yili vafot
etganida u 39 yoshda bo‘lgan. Shuni e‘tiborga olinadigan bo‘lsa, muallifning tug‘ilgan yili 1569-
yil bo‘lib chiqadi. U xoja Tojiddin Xasanning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, hamma vaqt otasi bilan birga
Buxoroda istiqomat qilgan. 1623-yili ota-bola Balxga borganlar.
Muhammad Tolibning ham
xo‘jaligi katta bo‘lgan. Otasidan olgan ulushidan tashqari, 1632-1633 yillari befarzand xolasining
yersuvi va boshqa mulki ham unga berilgan. Mulk otasi tirikligida 400 ming tangaga baholangan.
“Matlab ut-tolibin” tarkibi an’anaga binoan muqaddima, xotima va sakkiz bobdan iborat.