International scientific-practical conference on the theme




Download 246,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.02.2024
Hajmi246,84 Kb.
#150093
1   2   3   4
Bog'liq
MAMLAKATIMIZDA O‘QITISHNING KREDIT-MODUL TIZIMINI JORIY ETISHDA YEVROPANING ECTS TIZIMIDAN FOYDALANISH

International scientific-practical conference on the theme: 
«INFORMATION TECHNOLOGY, NETWORKS AND TELECOMMUNICATIONS 
ITN&T-2023» 
724 | 
ECTS kredit-modul tizimida bir-yillik kreditlar miqdori 60ni tashkil etadi. Bir o‘quv-yili 2 
semestrdan iboratligini hisobga olsak, talaba o‘qishi davomida har semestrda 30 kredit to‘plab 
borishi kerak bo‘ladi. Bakalavr dasturi odatda 4-yilligi hisobga olinsa, talaba ushbu darajani qo‘lga 
kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit to‘plashi talab 
etiladi. 
Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi kerak bo‘lgan ma'lum 
miqdordagi o‘qish yuklamasini bildiradi. ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 
soatlik o‘qish yuklamasini anglatadi. Bu degani, agar fan 6 kreditli fan bo‘lsa, talaba ushbu fan 
bo‘yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 150-180 
soatlik o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi (25*6=150; 30*6=180). 
Shunday ekan, kredit-modul tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir fan uchun 
belgilangan kreditlar miqdoriga qarab, o‘qish hali boshlanmasdanoq har bir fanni o‘qish va 
o‘rganishga qancha vaqt sarflashlari kerakligini bilib oladilar[6]. Bu ham ta'limda shaffoflikning 
bir ko‘rinishidir. 1 kredit o‘qish yuklamasi (25-30 soat oralig‘ida) aynan necha soat bo‘lishini 
odatda har bir OTM o‘zining ichki qoidalarida belgilaydi. 
Shuni ta'kidlash kerakki, 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik o‘qish yuklamasi bu fanni 
o‘rganish uchun sarflanadigan jami harakatlar jamlanmasi bo‘lib, unga nafaqat dars vaqti, balki 
talabaning fanni o‘rganish uchun uyda va kutubxonada sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti, qo‘yingki 
talaba ushbu fanni o‘zlashtirish uchun sarflagan barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab oladi. 
Shunda talabada ushbu umumiy o‘qish yuklamasining aynan qancha qismi darsga
auditoriya soatlariga to‘g‘ri keladi degan savol tug‘ilishi mumkin. Kredit-modul tizimi 
amaliyotida auditoriya va mustaqil o‘qish soatlari nisbati o‘rtacha 40/60 foizni tashkil etadi. Bu 
nisbat, boshqacha qilib aytganda, 1/1.5ga to‘g‘ri keladi, ya'ni talaba muayyan fan bo‘yicha 

Download 246,84 Kb.
1   2   3   4




Download 246,84 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International scientific-practical conference on the theme

Download 246,84 Kb.
Pdf ko'rish