International scientific-practical conference on the theme:
«INFORMATION TECHNOLOGY, NETWORKS AND TELECOMMUNICATIONS
ITN&T-2023»
723 |
Amerika qoʻshma Shtatlarining kredit tizimi (USCS); Yevropa mamlakatlarining kredit tizimi
(ECTS); Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi (UCTS);
Buyuk Britaniyaning
kredit tizimi (CATS). Ushbu modellarning ichida eng koʻp tarqalgani AqSh va Yevropa
modellaridir.
Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz Oliy va o‘rta maxsus taʼlim
vazirligi kredit tizimini
joriy etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishga ustuvorlik qaratyapti.
Kredit yoki kredit birligi — oʻquv rejasida hisobga olingan har qanday oʻquv faoliyatining
qiymat ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Talaba taʼlim olayotgan universitetida egallagan akademik bilimlarini shu tizimga aʼzo
mamlakatlar oliy taʼlim muassasalarida tan olinishini, yaʼni o‘ziga xos “konvertatsiyasi”ni
kafolatlaydi. Shu bilan birga, mazkur tizim aʼzolariga talabalarni boshqa OTMga o‘qishini tiklash,
ko‘chirish va tugatish imkoniyatini beradi.
ECTS tizimi universitetlarga ham bir qator qulayliklarni taqdim etadi. Chunonchi, maʼlum
bir taʼlim yo‘nalishi va mutaxassisliklar kesimida oʻquv jarayoni haqidagi axborotlarni aniq aks
ettiruvchi oʻquv rejalarning oʻxshashligi hamda yagonaligini taʼminlaydi.
Shuningdek,
mutaxassislik darajasining tan olinishiga erishish maqsadida talabani qabul qiluvchi va jo‘natuvchi
oliy oʻquv yurtlaridagi dasturlarning mazmunini oldindan kelishib olish imkonini beradi.
Talabaning taʼlim olishi bilan bogʻliq barcha masalani hal etishdagi javobgarligi hamda
mustaqilligi saqlanadi. Yevropa taʼlim tizimida oʻquv kurslari va barcha taʼlim
jarayoni
kreditlarda, Oʻzbekiston hamda MDhning boshqa mamlakatlarida esa akademik soatlarda
hisoblanib kelinadi [7].
ECTS tizimi boʻyicha har bir oliy taʼlim muassasasi kredit tarkibini, har bir modul boʻyicha
kreditlar sonini,
qolaversa, har bir kurs va umuman, oʻqish davrini
tamomlash uchun talaba
tomonidan to‘planishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy miqdorini mustaqil belgilaydi.
Amaldagi o‘qitish tartibidan farqli o‘laroq, kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari
tanlov fanlari ham talabaning individual dars jadvaliga kiritiladi. Talabalar o‘qishdan haydalmaydi
yoki kursdan-kursga qoldirilmaydi. qaysi fan (kurs)dan belgilangan kreditlarni to‘play olmasa,
faqat oʻsha fanning oʻzidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom
esa belgilangan kreditlar toʻplagandan soʻng beriladi.
ECTS tizimi bo‘yicha talabalarning bir-yilda to‘plashi lozim bo‘lgan kredit miqdori 60 ni
tashkil etadi. Bir o‘quv-yili ikki semestrdan iborat boʻladi deb olsak, talaba har semestrda 30 kredit
to‘plab borishi lozim. Bakalavriat dasturi 3-4-yillik bo‘lsa, talaba bakalavr darajasini qo‘lga
kiritishi uchun jami 180 — 240 kredit, 1-2-yillik magistratura dasturini tugallashi uchun esa, 60
— 120 kredit toʻplashi majburiyat hisoblanadi[4].
Har semestr va o‘quv-yili yakuni natijalariga koʻra talaba belgilangan kreditlar miqdorini
o‘zlashtirishi lozim. Lekin talaba maʼlum sabablarga koʻra kreditlarni oʻzlashtirmagan boʻlsa,
uning keyingi bosqichga oʻtkazilishi yoki ushbu bosqichni qayta o‘qishi aynan yig‘ilgan kreditlar
miqdoriga bogʻliq boʻladi. Bunda talaba talabalar safidan chetlashtirilmaydi
va faqat qarzdor
boʻlgan fanlarini qayta oʻzlashtirishi talab etiladi. Kredit tizimida bunday qayta oʻzlashtirish
tegishli kreditlar miqdoridan kelib chiqib tegishli toʻlovlarni amalga oshirishni talab etadi.
Oʻz navbatida talaba kursda qoldirilgan taqdirda ham faqat oʻzlashtira olmagan va kredit
berilmagan fanlarni qayta o‘qib oʻzlashtiradi, boshqa muvafaqqiyatli o‘tgan va kreditlarni
jamlagan fanlarni qayta oʻqib oʻtirmaydi.