|
Internet-do’kon o’zi nima? Internet-do’kon
|
bet | 1/3 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 151,88 Kb. | | #255650 |
Bog'liq Raxmatov
Elektron do‘konlar. Mavjud elektron do‘konlar saytlari tahlili. Internet do‘konlar faoliyat mexanizmi. Internet-do‘konlar nazariy va tashkiliy xususiyatlari. Internet do‘konlarga xizmat qiluvchi asosiy dasturiy mahsulotlar
Reja;
1.Elektron do‘konlar
2. Mavjud elektron do‘konlar saytlari tahlili.(sim-sim sayti)
3. Internet do‘konlar faoliyat mexanizmi.
Internet-do’kon o’zi nima?
Internet-do’kon — elektron savdo-sotiq shakli, tovarlarni Internet orqali sotishga mo’ljallangan veb-sayt. Internet-do’kon xaridorlari onlayn tarzda (kompyuter yoki smartfonda) tovarlarni tanlashlari, xarid uchun buyurtmani rasmiylashtirishlari, to’lov va yetkazib berish usullarini tanlashlari (elektron to’lov tizimi orqali to’lashlari ham) mumkin.
Internet-do’konda savdo masofadan amalga oshiriladi. Bu holat ayrim tovarlar sotilishiga cheklovlar kiritilishiga sabab bo’ladi. Masalan, O’zbekistonda ham internet-do’konlarda alkogol mahsulotlar, zargarlik buyumlari va ayrim boshqa tovarlar internet orqali erkin sotilishi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki cheklangan.
Internet-do’kondagi tovarlar katalog tarzida taqdim etiladi (xuddi oddiy do’kondagi polkalardek), turli kategoriyalarga ajratiladi va tovar fotosurati, narxi, qisqacha ma’lumotlari va boshqa xususiyatlariga ega bo’ladi (xuddi oddiy do’kondagi bo’limlardek). Saytga tashrif buyurgan shaxs (xaridor) tovar xususiyatlari bilan tanishib chiqib, o’ziga keraklisini “Savatcha”ga solish imkoniyatiga ega (oddiy do’kondagi savatchadek). Keyin “Savatcha”ga o’tib, o’zi tanlagan tovarlarni, ularning summasini ko’rishi mumkin. “Savatcha”da tovarlar miqdorini o’zgartirishi, ortiqchasini chiqarib tashlashi, yetkazish usulini tanlashi mumkin. Shundan keyin “Buyurtmani rasmiylashtirish” sahifasida o’zining shaxsiy ma’lumotlarini qoldiradi va to’lov usulini tanlaydi (buyurtma beradi).
O’zbekistondagi Internet-do’konlarda to’lov turlicha bo’lishi mumkin: plastik kartadan elektron to’lov tizimlari orqali (masalan Click, PayMe kabi), bank to’lov terminali orqali yoki naqd pul ko’rinishida (yetkazilgan joyida).
Buyurtmani yetkazib berish kuryer (Internet-do’kon xodimi yoki boshqa shaxslar) yoki pochta xizmati tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
|
| |