|
Internet-provayderlarida axborotlarni himoya qilish va axborot xavfsizligi
|
bet | 1/8 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 98,09 Kb. | | #137824 |
Bog'liq Karamaliyev Abbos 1-topshiriq Qozoqova T Q
1 -Topshiriq
Mavzu: Internet-provayderlarida axborotlarni himoya qilish va axborot xavfsizligi
Bajardi; Karimaliyev Abbos
Tekshirdi: Qozoqova.T.Q
Toshkent 2023
Internet-provayderlarida axborotlarni himoya qilish va axborot xavfsizligi
KIRISH
INTERNET-PROVAYDERLARIDA AXBOROTLARNI HIMOYA QILISH VA AXBOROT XAVFSIZLIGI
Mundarija
Kirish ………………………………………………………………….2
1.1. Axborot- Provayder xavfsizligi .……………………………………4
1.2.Axborot xavsizligini ta’minlash yo’nalishlari…………………………7
1.3.Ma'lumotlarni muhofaza qilish va dasturiy turlari…………………….18
II. XIMOYALANGAN KANAL TEXNOLOGIYASI. ……………….28
2.1.Xavfsizlik siyosati…………………………………………………….28
2.2.Bulutli saqlash xususiyatlari………………………………………….34
2.3.Ruxsatsiz kirishdan himoya qilish…………………………………….42
XULOSA………………………………………………………………….44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………46
KIRISH
Hozirgi zamon jamiyat xayotini informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuterlar respublikamizdagi barcha korxonalarda, tashkilotlarda, muassasalarda, firmalarda, maktab o‘quvchilarida, kolledj, akademik litsey va O‘zbekistonimizdagi Oliy o‘quv yurtlaridagi talabalarda bemalol ishlatilmoqda. Hozirda kompyuter tizimlari va telekommunikatsiya tarmoqlari mamlakat mudofaa sistemasining ishonchliligini va havfsizligini aniqlaydi, har hil ma’lumotlarni saqlash, ishlash, iste’molchiga etkazish yo‘li bilan axborot texnologiyalarni amalga oshiradi.
Axborot juda qadriyatli yoki ota muhim bolganligi sababli bunday axborotni saqlaydigan, qayta ishlaydigan yoki uzatadigan kompyuter tizimlariga nisbatan turli – tuman yomon niyatli harakatlar mavjuddir. Masalan, buzgunchi ozini boshqa foydalanuvchi kabi korsatishga intilishi, aloqa kanalini bildirmasdan eshitib olishi yoki tizim foydalanuvchilari almashayotgan axborotni ushlab olishi va ozgartirishi mumkin. Zamonaviy kompyuter tizimlari va tarmoqlari (KT va T), Internetdan yomon niyatli odamlarga muhim maxfiy axborotni ogirlash, buzish yoki xalaqitlarga uchratish maqsadida korxona va tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun koplab imkoniyat yaratib beradilar. Shu sababli hozirda insonlarni va jamiyatni informatsion xavfsizlik va axborotni himoya qilishni taminlash muammosini kompleks echishni dolzarb ravishda kerakligi paydo bolmokda.
Axborot xavfsizligini taminlash muammosi Internetning ishlash sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Mutloq kopchilik kompaniya va tashkilotlar bugungi kunda ozlarining lokal tarmoqlarini Internetga, uning resurslari va afzalliklaridan foydalanish uchun ulamoqdalar. Ular Internetni turli maqsadlarda ishlatadilar, bunga elektron pochta bilan almashinish, qiziqib qolgan shaxs va tashkilotlar ortasida axborotlarni olish va tarqatish va boshqalar kiradi. Bosh tarmoqqa ulanish katta afzallikga ega, ammo bunda ulanayotgan lokal yoki korporativ tarmoqdagi axborot xavfsizligini taminlashda jiddiy muammolar paydo boladi. Ozining idealogiyasidagi ochiqchilik tufayli Internet yomon niyatli odamlarga, muhim va maxfiy axborotni ogirlash, xalaqitlarga uchratish va buzish maqsadida korxona va tashkilotlarning ichki tarmoqlariga kirish uchun ko`p imkoniyat yaratib beradi.
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalariga avtomatik boshqarishni qo’llash texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Ularda texnologik jarayon va texnologik obyekt holati zamonaviy EHMlardan foydalanilgan holda tahlil qilinadi. Shulardan ko’rinadiki, avtomatik boshqarish insonlar tomonidan amalga oshiriladi, boshqaruv tizimining texnik vositalari, shu jumladan, EHMlar boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish va qo’llashning murakkab jarayonida inson imkoniyatlarini ko’p marta oshiruvchi qudratli vosita sanaladi. EHMlar asosidagi zamonaviy avtomatik boshqaruv tizimi hozirgi davr ishlab chiqarish amaliyotida keng qo’llanilmoqda.
Kompyuter tizimi va tarmoqlarida axborotlar almashinuvi darajasi oshib borayotganligi, ma’lumotlarni hilma hilligi, ularni telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatilayotgan tezligi juda yuqori ekanligi, qabul qilayotgan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida, aniq va to‘liq etkazib berish jarayonida tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish vazifasi asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda
|
| |