Birinchi sayt
Dunyodagi eng birinchi sayt 1991 yilning 6 avgustida paydo bo‘lgan,
u Tom
Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. Sayt axborot matnli veb-sahifa ko‘rinishida
bo‘lib, unda grafiklar bo‘lmagan.
Tom Berners-Li
Biroq bu veb-sahifa tufayli 90-yillar interfeysi bilan tanishish hamda saytlarning
ichki va tashqi mazmunida erishilgan o‘zgarishlarni sezish imkoni paydo bo‘ldi.
Internet rivojanishining dastlabki bosqichida uni, asosan,
AQSH mudofaa
departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch
taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu
jumladan mustaqillari ham). 80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal
koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet
vositasida uzatiladigan
informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi.
Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta
ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish
uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash
natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda
Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Internetdan
foydalanuvchilar
soni,
mas, AQSH da
55
mln., Xitoyda 55
mln., Yaponiyada 8
mln.dan
oshib
ketdi.
Keyingi
oʻrinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani
egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro Internet
tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining
xalqaro kanallari orqali
taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet-provayder roʻyxatga olingan.
Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida
Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda (2002).
[1]
1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa
ulash
ehtiyoji
tugʻildi.
Bu
ehtiyoj markazlashmagan
toʻr, navbat
nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga
olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi
voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy
Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil
internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim
Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi
va CERNda dastlabki
veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil
birinchi
internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga
ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana
boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
Shu bilan birga internet 10 yil
ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq
arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy