Internet tarmog’I va uni tashkil etish
•
Fan o’qituvchisi : Xurramov Ruslan
Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli
(IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va
omma uchun ochiq toʻplamidir.
Internet paydo bo‘lishining rasmiy sanasi 1969 yilning 29 oktabri hisoblanadi.
Birinchi kompyuter tarmog‘i esa ishlab chiqaruvchilar sharafiga ARPANET
deya nomlangan.telefon yo’llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida
birinchi kompyuter tarmog’i bo’ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa
Vazirligining "žDARPA"œ agentligi qiziqib, ularga harbiy qo’shinlarni bir
tarmoqqa
birlashtirish
g’oyasi
yoqib
qoldi.
"žDarpa"œ
agentligi
mutaxassislari bu g’oya bo’yicha qattiq ishlar olib borib, 1969- "ž
ARPANET
"œ
tarmog’ini yaratishdi.
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash g’oyalari birinchi bo’lib, 1960-yillarning
boshlarida paydo bo’la boshladi.
•
Internet
– yer sharining turli burchaklaridagi
millionlab hisoblash qurilmalarini yagona butunlikka
bogʻlovchi, butun dunyo kompyuter tarmogʻi boʻlib,
quyidagi asosiy vositalardan tashkil topadi:
•
stol ustida turadigan shaxsiy kompyuterlar, serverlar,
PDA, televizorlar, mobil kompyuterlar – host tizimlar
yoki oxirgi tizimlar;
Web brauzer
•
Web brauzer
(browser) – (ingliz tilidan to browse – koʻrib
chiqish, sahifalash) Internet sahifalarini koʻrish va unda
ishlash uchun moʻljallangan dastur. Masalan, Opera, Google
Chrome, Mozilla Firefox, Internet Explorer va h.k.
•
Internetda Web-hujjatning har birida (va har bir obʻektda)
oʻzining murakkabmanzili mavjud — u resursni koʻrsatuvchi
URL
(Uniformed Resource Locator) deyiladi yoki, qisqacha,
URL- manzil deyiladi.
Host tizimlar
•
Host
tizimlar orasida bogʻlanish maxsus
kommutatsiyalovchi qurilmalar – marshrutizatorlar
ulaydigan ketma-ket liniyalar toʻplami yordamida amalga
oshiriladi. Marshrutizator oʻzining kirish aloqa kanalidan
birida uzatilayotgan maʻlumotlar porsiyasini qabul qiladi va
uni oʻzining chiqish aloqa kanallaridan biriga yoʻnaltiradi
.
Hub – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo‘lgan tarmoq
qurilmasidir. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi.
Agar tarmoqni OSI modeli bo‘yicha yetti pag‘onaga bo‘ladigan
bo‘lsak, Hub birinchi pag‘onaga to‘g‘ri keladi.
Hubni ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Hub 1 portga kelgan signalni
nusxasini bir vaqtning o‘zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda Hubga
ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatiladi. Bunda
shu portda signallarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Chunki Hub yarimdupleks
rejimda ishlaydi. Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga
ega emas. Hub asosan tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub
shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab
yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib
kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga
olib keladi. Signalning nusxasini olib yuborish Hub ish faoliyatini
sekinlashtiradi.
Yuklanish
ko‘payib
ketadi.
Natijada
ma’lumotlar
yo‘qolishiga olib keladi.
Switch
– bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq
kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag‘onasiga
mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan Switch – bu
kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi
10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir –
biri bilan bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar
xam mavjud bo‘lib, to‘liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni
nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul
qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. Kommutator
tarmoqdagi kompyuterlarning MAC adresini o‘zining xotirasidagi
jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni
uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi.
Internet haqida qizirqarli faktlar
•
- Dunyodagi birinchi “smaylik” 1982-yilda amerikalik informatik Skott
Falman tomonidan o‘ylab topilgan.
•
- Yer yuzidagi insonlar orasidan “Internet kalitini” saqlash uchun 7 kishi
tanlab olingan. “Internet kaliti” – bu internetni qayta ishga tushirish uchun
mo‘ljallangan, maxsus shifr kiritilgan elektron kartalar.
•
Internet to‘rining 5 million terabaytining real massa og‘irligi, qum
zarrasidan ham yengil hajmni tashkil etadi.
•
- Xakkerlar tomonidan, har kuni 85 000 saytga hujum uyushtiriladi.
•
- Ilk elektron xat 1971-yilda amerikalik dasturchi Rey Tomlinson
tomonidan yuborilgan.
•
Yer yuzida har kuni 247 milliarddan ortiq elektron xatlar yuboriladi. Biroq
ularning 90 foizini SPAM va virusli xatlar tashkil etadi.
•
- Birinchi grafik brauzer “Mosaic“ 1993-yilda Illinoys universiteti mutaxassislari
tomonidan chiqarilgan.
•
- Dunyodagi birinchi onlayn veb-sayt http://info.cern.ch 1991-yil 6-avgustda yaratilgan.
U 153 so‘zdan iborat bitta veb-sahifadan iborat bo‘lgan.
•
- Internetga ulangan qurilmalar soni sayyoradagi odamlar sonidan ko‘proq.
•
- Har soatda taxminan 4200 ta yangi domen nomlari indekslanadi.
•
- Internet birinchi 50 million foydalananuvchisini 5 yilda to‘plagan. Televideniyega esa
buning uchun 13 yil kerak bo‘lgan edi.
•
- Internetda har daqiqada 70 ta yangi blog paydo bo‘ladi.
•
-Dunyodagi eng katta internet-kafe Nyu-Yorkda joylashgan. Bu yerda bir vaqtning
o‘zida 800 kompyuter foydalanuvchilarga xizmat qiladi.
Amaliy ishlar:
•
1. Kompyuteringizning IP adresini aniqlang.
•
2. Kompyuteringizdagi internet tezligini aniqlang.
•
3. mobil internetdan foydalanish madaniyati haqida o’z
munosabatingizni bildiring.
Uyga vazifa:
1.Brauzerning turli variantlari bilan tanishish
2.IP adresslarni doimiy o’zgartirib boradigan brauzer haqida
o’rganib kelish.
3.Internetda bo’ladigan kiberhujumlar haqida o’rganib kelish
|