Ziyonet ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish.
ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005 yil 28 sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil topgan.
ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
ZiyoNET portali. ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, AT sohasida kerakli ma’lumotlarni berish, muloqat qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z zimmasiga oladi.
Foydalanuvchilar. ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ZiyoNet portali o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan,
ZiyoNet portalining kutubxonasiga axborot – ta’limiy ma’lumotlarni joylashtirish;
uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satelitlarni yaratish;
ZiyoNET portalining yopiq bo‘limlariga kirish va u erdan ma’lumot olish;
ZiyoNET axborot resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida qatnashish.
ZiyoNet tarmog‘iga ulanish. Hukumat qaroriga muvofiq barcha ta’lim muassasalari (ulanish ob’ektlari) ZiyoNET axborot ta’limiy tarmog‘i negizida birlashishlari kerak.
|