|
Internet tarmog‘i resurslari Veb-sahifa tushunchasi va shakli
|
bet | 3/17 | Sana | 19.05.2021 | Hajmi | 383,92 Kb. | | #14553 |
Veb portal tushunchasi. Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so‘zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, yangiliklar, forumlar va x.k) ko‘rsatuvchi yirik veb-sayt. Portallar gorizontal (ko‘p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan, masalan avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan uznet yoki runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin.
Veb saytlarning toifalari va vazifalari. Veb saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va xodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:
Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz
Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do‘konlar, internet to‘lov tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com
Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, audio va kinonamoyishlarga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz
Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do‘stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: sinfdosh.uz, id.uz, muloqot.uz
Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.
|
| |