"Internetni
biz
do‘konga
o‘xshatishimiz mumkin,
u yerda
hamma narsani topa olamiz. U
yerdan har bir inson o‘ziga
kerakli narsalarni oladi.
Agar biz
ham
internetda
kerakli
narsalarni olishni o‘rgana olsak,
bizning
yuksak
ma’naviyatli
yoshlarimiz ongiga hech qanday
xurujlar ta’sir eta olmaydi“
I.A.Karimov
"Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch" asaridan
O’zbekiston rasmiy matbuoti xabarlariga ko’ra,
O’zbekiston Jinoyat kodeksining 130-moddasiga
kiritilgan
o’zgarishlar munosabati bilan 1-iyuldan
boshlab ijtimoiy tarmoqlarda
buzuq va axloqsiz
ma’lumotlarni qo’yish ta’qiqlanadi. Javobgarlarni
topish va jazolash ishlariga
esa Milliy Xavfsizlik
Xizmatining maxsus guruh jalb qilinishi mumkin.
Internetning salbiy ta'siri:
Yot, buzg'unchi g'oyalarning kirib kelishi (diniy
ekstremizm, millatchilik,
irqchilik, sadizm misolida);
G'arbona
yashash tarziga xos, lekin o'zbek mentalitetiga zid g'oyalar,
qarashlarning yoshlarga ta'siri (kiyinish, chekish, pirsing, tatuirovkalar va
hokazo);
Pornografik axborotlarning yoshlar tarbiyasiga ta'siri;
Tekshirilmagan axborotlar (bo'xtonlar).
Internetning ijobiy tomonlari:
Dunyoqarashning kengayishi;
Obyektiv va negativ axborotlarni qabul qilib, ularni tahlil qilish imkoniyati
(bunda foydalanuvchining axborotga "to'q bo'lishi" va ularni saralay olish
qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Agar unda axborotga bo'lgan "did"
bo'lmasa, u axborot oqimida "cho'kib" ketishi mumkin ya'ni, ta'siriga berilib
ketishi);
Masofaviy o'qishlarda ishtirok etish imkoniyati;
Axborotlarni tanlash imkoniyati borligi.
Amerika Qo'shma Shtatlarida "axborot quroli"ga qarshi maxsus davlat
dasturini amalga oshirish uchun yiliga 137 mln. dollar sarf qilinadi.