Kimberli Yang internetparastlikning beshta
asosiy shakllarini ajratib ko‘rsatadi:
1. Behayo saytlardan o‘zini tiya olmaslik;
2. Virtual do‘stlarga intilish —
doimiy ravishda
yangi tanishlar qidirish, tarmoqda virtual do‘stlar
sonining haddan ortib ketishi;
3. Turli internet forumlarda vaqt o‘tkazish va
muhokamalaridan chiqib keta olmaslik;
4. Web-syorfing. Tarmoq bo‘ylab to‘xtovsiz
sayohat;
5. Onlayn komputer o‘yinlariga mukkadan ketish.
-
Imkon qadar har 2 soatda ko‘z, bo‘yin
va bel mushaklarini
mashq qildirish zarur. Buning uchun boshni sekin aylantirish,
yelkani oldinga va orqaga aylantirish, bel mashqi uchun bir necha
marta egilib-turish kerak bo‘ladi. Bu mashqlar yig‘ilib
qolgan
zo‘rlanishni tarqatishga yordam beradi.
- Bir-ikki daqiqa "hech narsa"ga qarash lozim,
eng yaxshisi
deraza ortiga, uzoqlarga qarang. Diqqat bilan tikilish kerakmas,
shunchaki xotirjam boqing.
- Ko‘zlarni yumib, ko‘z
soqqasini chapga, tepaga, o‘ngga,
pastga aylantirish va mashqni teskari yo‘nalishda bajarish. 4
marta bir yo‘nalishda, 4 marta teskari yo‘nalishda. Mashqni
zo‘riqish bilan bajarmaslikka urining.
- Yana ko‘zni yumib,
avval tepaga, so‘ng pastga qaraysiz — 8
marta.
- To‘g‘ri yo‘nalishga qaraysiz va 30 soniya ko‘zni tez ochib-
umasiz. 3 marta takrorlaysiz.