|
Impuls va uning saqlanish qonuni Massasi o‘zgaruvchi jismning harakat tenglamasi
|
bet | 1/6 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 31,21 Kb. | | #103894 |
Bog'liq Nyutonning uchinchi qonuni
Nyutonning uchinchi qonuni.
Reja:
Nyutonning uchinchi qonuni nima
Impuls va uning saqlanish qonuni Massasi o‘zgaruvchi jismning harakat tenglamasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Nyutonning uchinchi qonuni nima.
Yer sizni pastga tortishidan xabaringiz boʻlsa kerak. Lekin siz ham yerni tepaga tortishingizni bilmasligingiz mumkin. Masalan, agar yer sizni 500 N gravitatsiya kuchi bilan pastga tortsa, siz ham yerni xuddi shunday 500 N gravitatsiya kuchi bilan tepaga tortasiz. Ushbu ajoyib haqiqat Nyutonning uchinchi qonuni natijasidir.
Nyutonning uchinchi qonuni: agar A jism B jismga kuch bilan taʼsir etsa, unda B jism ham A jismga qiymati teng, yoʻnalishi teskari kuch bilan taʼsir qiladi.
Bu qonuniyat tabiatdagi simmetriyani tasvirlaydi: kuchlar doim jufti bilan yuzaga keladi va bir jism ikkinchi jismga kuch bilan taʼsir qilganda oʻzi ham aks kuchni sezadi. Bu baʼzida aks taʼsir qonuni deb ham ataladi. Yaʼni berilayotgan kuch bu taʼsir, uning oqibatida yuzaga kelgan, miqdor jihatdan teng va yoʻnalash jihatdan qarama-qarashi boʻlgan kuch aks taʼsir deyiladi.
Nyutonning uchinchi qonunini odamlarning harakati misolida koʻrishimiz mumkin. Tasavvur qiling, suzuvchi quyida tasvirlanganidek basseyn devoridan oʻzini itaryapti.
Suzuvchi basseyn devorini oyoqlari bilan itaradi va itarish yoʻnalishiga qarama-qarshi yoʻnalishda tezlanishga erishadi. Devor qiymati teng, yoʻnalishi teskari boʻlgan kuch bilan suzuvchiga taʼsir qiladi. Siz ikkita teng va yoʻnalishi qarama-qarshi boʻlgan kuchlar bir-birini kompensatsiyalaydi deb oʻylashingiz mumkin. Lekin unday boʻlmaydi, chunki ular har xil sistemaga taʼsir qilyapti. Bizda kuzatishimiz mumkin boʻlgan ikkita sistema bor: suzuvchi va devor. Agar suzuvchining sistemasiga qarasak (rasmda koʻrsatilganidek), \[F_{\text{devor}}\] sistema uchun tashqi kuch va uning harakatiga taʼsir etadi. Suzuvchi \[F_{\text{devor}}\] kuch yoʻnalishi boʻylab harakatga keladi. Aksincha, \[F_{\text{oyoq}}\] kuchi devorga taʼsir etadi va u sistemamizdan tashqarida. Shunday qilib, \[F_{\text{oyoq}}\] kuchi toʻgʻridan toʻgʻri sistemaning harakatiga taʼsir qilmaydi va \[F_{\text{devor}}\] kuchini kompensatsiyalamaydi. Eʼtibor bering, suzuvchi harakatlanayotgan yoʻnalishiga qarama-qarshi yoʻnalishda kuch bilan taʼsir qilmoqda. Suzuvchining kuchiga qarshi taʼsir kuch esa harakat yoʻnalishida yuzaga kelmoqda.
|
| |