Axborot izlash vositalari




Download 295,53 Kb.
bet5/12
Sana22.01.2024
Hajmi295,53 Kb.
#142867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-mavzu MT-2

Axborot izlash vositalari


Axborot izlash vositalarini tashkil qilish va foydalanish tamoyili bo‘yicha
quyidagi vositalarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • qidiruv mashinalari – axborot izlashning asosiy vositasi hisoblanadi, chunki Internet web-serverlarining aksariyati indekslarini qamrab oladi. Biroq aynan shu ustunlik uning kamchiligi ham bo‘lib chiqadi. Har qanday so‘rovga ular, odatda juda katta hajmda axborot beradilarki, bu ma’lumotlarning orasida foydalanuvchi uchun kerakli axborot juda kam bo‘ladi;

  • qidiruv metavositalari – qidiruv argumentlarini, ya’ni tayanch so‘zlarni bir vaqtning o‘zida bir nechta qidiruv tizimlariga berish yo‘li bilan so‘rovni bajarish jarayonini tezlashtirishga imkon beradi. Qidiruv qamrovi kengayib, jarayon tezlashgan sharoitda bu usul so‘rov bilan ishlash natijalari bir nechta tizimdan kelib tushganda ularni vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish zarurati bilan bog‘liq kamchiliklarga ham ega bo‘ladi;

  • ixtisoslashgan qidiruv vositalari – «o‘rgimchak-dasturlar» bo‘lib, avtomatik rejimda web-sahifalarni ko‘rib chiqadi va kerakli axborotni qidirib topadi. Ularning ishlash mexanizmi qidiruv tizimlari o‘z indeks jadvallarini yaratishda foydalanuvchi mexanizmga yaqin;

  • kataloglar – qidiruv mashinalari kabi Internetdan foydalanuvchilar tomonidan zarur axborotni topish uchun foydalaniladi. Katalog barcha ma’lumotlar foydalanuvchilar tashabbusi bilan kiritiluvchi iyerarxik tashkil qilingan tuzilmani ifodalaydi. Natijada ulardagi axborot hajmi qidiruv tizimlariga nisbatan biroz cheklangan, biroq shu bilan bir paytda ularning asosida yotuvchi iyerarxik mavzu tuzilmasi sababli ancha tartibga solingan bo‘ladi.

Axborot izlash usullari. Har qanday vazifaga jiddiy yondashuv uni hal qilish mumkin bo‘lgan usullarni tahlil qilishdan boshlanadi. Internetda axborot izlashni
ikkita asosiy usul yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lib, ular maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda birgalikda yoki bir-biridan alohida qo‘llanishi mumkin:

  1. Qidiruv tizimlaridan foydalanish - bugungi kunda ushbu usul ma’lumot izlashning eng asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Uning qo‘llanishi tizimga qidiruv argumenti sifatida beriluvchi tayanch so‘zlarga asoslanadi. Natijada detalli ko‘rib chiqish talab qilinuvchi Internet resurslari ro‘yxati olinadi. Eng to‘g‘ri keluvchi natijani olish tezaurus tuzish bo‘yicha oldindan ishlashni talab qiladi;

  2. Gipermatn ssilkalar bo‘yicha izlash – Internetdagi barcha saytlar bir-biri bilan giperssilkalar orqali bog‘liqligi sababli axborot izlash brauzer yordamida ssilkalar bilan bog‘langan web-sahifalarni ketma-ketlikda ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Qidiruvning bu turiga kataloglar, tasnifiy va tematik ro‘yxatlar va turli ma’lumotnomalardan foydalanishni kiritish mumkin. Bunday usul eng ko‘p mehnat talab qiladi, biroq web-

sahifalarni «qo‘lbola» ko‘rib chiqish chuqur tahlil talab qiluvchi axborot izlashning yakuniy bosqichlarida yagona to‘g‘ri usul bo‘lib chiqishi mumkin.

Download 295,53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 295,53 Kb.