• Internetda tadqiqotchilik agentliklari
  • Internet foydalanuvchilari umumjahon tavsifnomasi
  • Internetda mijozlar hatti – harakatini o‘rganish




    Download 295,53 Kb.
    bet7/12
    Sana22.01.2024
    Hajmi295,53 Kb.
    #142867
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    11-mavzu MT-2

    Internetda mijozlar hatti – harakatini o‘rganish


    Internet paydo bo‘lgan kunidan boshlab axborot tarqatishning yaxlit bir muhitini yaratishi lozim bo‘lgan loyihadan kundan-kunga tijorat uni harakatlantiruvchi kuchga aylanib borayotgan markazlashmagan tarmoqqacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Foydalanuvchilarning o‘zi navigatsiya jarayonini boshqaruvchi Internet muhitida tijorat faoliyatining muvaffaqiyatga erishishi biznes va ularning manfaatlarini qanchalik hisobga olishi bilan belgilanishi mumkin, buning uchun esa ular kim, ularning ehtiyojlari, did-istaklari, xulq-atvor modellari qanday ekanligini bilish zarur.


    Internetda uning muloqot doirasi tavsifnomalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar bu savollarga javob topishi mo‘ljallangan. Uning asosiy tavsifnomalari qatoriga Tarmoq va uning ayrim saytlari muloqot doirasi hajmi, uning ijtimoiy- demografik sur’ati, iste’mol ko‘rsatkichlari va hokazolarni ko‘rsatish mumkin.

    Internetda tadqiqotchilik agentliklari


    Internetda eng ahamiyatli tadqiqotlar keng doirasini Nua Internet Surveys (www.nua.ie/surveys) serveridan topish mumkin. Bu yerda Internet muloqot doirasining nafaqat umumiy, balki ixtisoslashgan – mintaqaviy yoki tarmoq tadqiqotlari natijalari ham keltirilgan. Shu bilan birga Tarmoqning kelajakda rivojlanishiga doir bashoratlar ham ilgari surilmoqda. Yangi nashrlar haqida axborot olish uchun serverda jo‘natmalar ro‘yxati ishlab turibdi. Internet rivojlanishiga doir statistika axborotlari, yangiliklar va tahlillarning yaxshi manbalari sifatida Forrester Research (www.forrester.com), Cyber Atlas (cyberatlas.internet.com), AdKnowledge (www.adknowledge.com) va Internet Advertising Resource Guide (www.admedia.org)ni ko‘rsatish mumkin.

    Internet foydalanuvchilari umumjahon tavsifnomasi


    Eng asosiy va o‘ziga jalb etuvchi masalalardan biri Internetning jamiyatga ta’sirini ko‘rsatuvchi Internetdan foydalanuvchilar umumiy soni hisoblanadi. Bu masalaga e’tiborni Internetdan tijorat yo‘lida foydalanish an’anaviy OAV kabi ko‘p jihatdan u mo‘ljallangan muhitda keng tarqalganlik darajasi bilan izohlanadi.
    O‘tkazilayotgan tadqiqotlar Internetdan foydalanuvchilarning taxminiy sonini baholashga imkon beradi va shu tariqa Internetning o‘sishi va rivojlanishi mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Nua Internet Surveys (www.nua.ie/surveys/) tadqiqotlariga ko‘ra 2014 yilning may oyida Internetga 980 mln. kishi ulanish imkoniga ega bo‘lgan. Bu o‘sha paytda yer shari aholisining 30 %dan kamini tashkil qilgan bo‘lib, Internet bugungi kunda rivojlanishning faqat dastlabki bosqichlaridan birida turganligidan dalolat beradi.
    “Global Digital 2018” hisoboti bo‘yicha shu yilning yanvar oyiga Internetdan foydalanuvchilar soni 4.021 mlrd. yetdi.
    Bashoratlarga ko‘ra, 2019 yil yanvarga borib, Internetdan foydalanuvchilar soni sal kam 4.5 mlrd. kishidan ortib ketadi.
    Internetdan foydalanuvchilar sonining o‘sish dinamikasi turi tebranishlarga uchraydi. Bu ko‘rsatkichning maksimal o‘sishi yiliga qariyb 100 %ni tashkil etgan. Biroq AQSh va Kanada kabi rivojlangan mamlakatlarda aholining 80 %dan ortig‘i Internetga ulanish imkoniga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni geografik ko‘rsatkichlari bir xilda emas.
    11.2-jadvalda internetdan foydalanuvchilar soni dunyo mintaqalari bo‘yicha
    taqsimlangan holda keltirilgan.

    Download 295,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 295,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internetda mijozlar hatti – harakatini o‘rganish

    Download 295,53 Kb.