|
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning usullari annotatsiya
|
bet | 1/2 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 18,21 Kb. | | #114227 |
Bog'liq Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning usullari tursunaliyev shohruh
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning usullari
annotatsiya:Ushbu tezisda Investitsiyafaoliyatinimoliyalashtirishusullarihaqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Investitsiyalarni moliyalashtirish,kredit,Mikrokreditbank,kreditlash,kredit liniyalar.
Moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati nuqtai nazaridan ikki usul: tashqi va ichki manbalarga asoslangan moliyalashtirish usullariga bo'linadi. Moliyalashtirishning tashqi manbalariga davlatning maxsus imtiyozli kreditlari (Davlat mulk qo‘mitasi, Bandlik jamg‘armasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari jamg‘armalari, Mikrokreditbankning maxsus resursI) tijorat banklari kreditlari (Imtiyozli kreditlash maxsus jamg‘armasi); qimmatli qog‘ozlar chiqarish va sotishdan tushgan mablag‘lar; xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari va boshqalar kiradi.Moliyalashtirishning ichki usulidan foydalanishda moliyaviy resurslar tashkil topish manbalari sifatida quyidagilar maydonga chiqadi: foyda, oborotdan tashqari aktivlarni sotish, mol etkazib beruvchilardan olingan kreditlar, debitorlik qarzlarining kamayishi, amortizatsiya ajratmalari, tadbirkorlarning jamg‘armalari va boshqalar. Ayrim holatlarda muhim moliyalashtirish manbai sifatida mol etkazib beruvchilardan olingan kreditlardan foydalanish mumkin, biroq, bunda mol etkazib beruvchilar bilan yaxshi munosabatlar saqlanishi va ta‘minotning barqarorligi buzilmasligi lozim.Tashqi moliyalashtirishning har qanday usulida korxona qarz olish hisobiga yoki aksiyalar chiqarish yo‘li bilan moliyalashtirishni tashkil etadi. Tashqi manbalardan jalb etilgan mablag‘lar quyidagi uch xil baholash mezoniga asoslanadi: mablag‘lardan imkon boricha foydalanish vaqti, xarajatlar miqdori (qarz kapitali qiymati), korxona ustidan nazoratning darajasi.Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari:Budjetdan moliyalashtirish;Lizing asosida moliyalashtirish;Qarz majburiyatlari hisobidan, bank kreditlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar majburiyatlari evaziga moliyalashtirish;Ipoteka asosida (ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish) moliyalashtirish;Loyihaviy moliyalashtirish;Sindikatli kreditlash;Aksiyadorlik kapitali evaziga moliyalashtirish;Sindikatli kreditlashga misollar:
London ostidagi Krossreyl tunneli .Londondagi Krossreyl tunnelining qurilish ishlari davom etmoqda. Loyihaning umumiy qiymati —23 mlrd dollar. Qurilishga 11 yil vaqt kerak bo‘ladi, loyihaning ishlari 2007 yilda boshlangan. Bu loyiha 18 yirik bank tomonidan moliyalashtirilmoqda.Jubail Industrial City .Saudiya Arabistoni hanuz kengaytirmagan dunyodagi eng yirik sanoat shahri. Uning kengaytirish loyihasining qiymati 10 mlrd dollar deb baholangan. Bu loyihani moliyalashtirish uchun 7 ta bank va 3 ta investitsiya kompaniyasi o’z mablag’larine ajratgan.investitsiya faoliyati o‘zining aniq tasniflash mezonlari va yo‘nalishlariga ega bo‘lgan faoliyat turi sifatida uni moliyalashtirish quyidagi:–qimmatli qog‘ozlar bozori orqali moliyalashtirish;–xorijiy investitsiyalar asosida moliyalashtirish;–tijorat banklari va xalqaro moliya institutlar mablag‘lari hisobidan ulush qo‘shish orqali moliyalashtirish mexanizmi yoki kredit liniyalari orqali moliyalashtirish;[1]–sinditsiyalashtirilgan kreditlar asosida moliyalashtirish mexanizmi–investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish mexanizmi;–venchurli moliyalashtirish;–korporativ moliyalashtirish;–lizing orqali moliyalashtirish kabi mexanizmlar majmui hisobiga amalga oshiriladi.Venchurli moliyalashtirishga misollar.Tyuo-sinkaseen, Yaponiya Temir yo’l —bu albatta po’lat g’ildiraklarning rels tutashgan joylariga urilishidan taralayotgan gumburlashi emas. 2014 yilda Yaponiya ilk bor magnitolevitatsion temiryo’lning qurilishini boshladi. Bu temir yo’l Tokio, Nagoya va Osakani 2027 yilda bir-biri bilan bog’lashi kerak. Dastlabki baholashlarga ko’ra qurilishning umumiy qimati 57 milliard AQSH dollarini tashkil etadi —bu fantastik summa. Temir yo’lining umumiy uzunligi 287 kilometrni tashkil qiladi va shu bilan birgapoezd soatiga 500 kilometrgacha tezlikka erisha oladi. Natijada Tokiodan Nagoyaga atigi 40 daqiqada yetib olsa bo’ladi. BU loyiha riski juda yuqori hisoblanadi va uni moliyalashtirishga bir qancha yirik banklar va investitsiya kompaniyalari o’z mablag’larini ajratmoqda.[4]Investitsiya loyihalarini venchurli moliyalashtirish –yuqori risk holatida moliyalashtirish hisoblanadi. Venchurli moliyalashtirish, asosan, zamonaviy texnika, texnologiya va yangi turdagi ishlab chiqarishlarga joylashtiriladi. Venchur operatsiyalari (riskli operatsiya) –kapital qo‘yilmalar shaklidagi pul operatsiyalari hamda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar –ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar yaratish va joriy qilish, yangi texnologiyalarni
joriy qilishni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday moliyalashtirishshakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Investitsion hamkorlik umumkjahon va milliy muammolarni hal qilishga yordam beradi. Yildan yilga butunjahon bo’yicha investitsiya hajmi oshib bormoqda. 1980 yillarda jahon bo’yicha investitsiya 450 ming $ni tashkil qilgan bolsa, bu ko’rsatgicha 1990 yilga kelib 2 trillion $ ga yetgan. O’zbekiston Respublikasida yangi bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida investitisiyalardan samarali foydalanib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi 1996- yildan beri har yili buyudjetdan va byudejtdan tashqari fondlardan tushadigan mablag’lar, chet el investitsiyalari, va hukumat kafolati bilan olingan kreditilar hisobiga aniq qurilish dasturlarini qabul qilib keladi. Respublika iqtisodiyotiga investitisiya kiritishda davlat byudjeti mablag’lari, chet el investitsiyalari, korxonalarning o’z mablag’lari, va aholi jamg’armalari qatnashmoqda. 2000-yilda moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 milliard soʻm, shu jumladan, 810 million AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3 % ni respublika byudjeti, 39,1 % ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5 % ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7 % ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4 % ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda „Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar „Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida“ (1998-yil 12-dekabr), „Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30- aprel), „Lizing toʻgʻrisida“ (1999-yil 14-aprel), „Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (2001-yil 30-avgust) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti bilan bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli investitsiyani, ayniqsa, chet el investitsiyalarini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni sog'lomlashtirish uchun jamg'armalarning ichki kapital qo 'yilmalar va xorijiy investitsiyalami jalb qilish sifatida real investitsiyalarga aylantirilishini hamda ulardan samarali foydalanishni ta'minlash muhim hisoblanadi. Xalqaro amaliyotni o'rganish shundan dalolat beradiki, investitsion loyihalarni moliyaviy tahlil qilish sohasida ularni realizatsiya qilishning maqsadga muvofiqligini asoslash, ekspertizalar o'tkazishning roli o'sib borayapti. Bu muammoni hal etish xalqaro andazalarining mujassamlashgan shakllari YuNIDO metodikasida o'z aksini topgan. Biroq har bir mamlakat iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatlari bu metodikada mavjud bo'lgan an'anaviy yondashuvlardan to'g'ridan to'g'ri nusxa olishga imkon bermaydi va shuning uchun ham ulami har bir mamlakatning xo'jalik sharoitlariga moslashtirish kerak. Bunda joylashtiriladigan mablag'larning qoplanishi va avanslashtirilgan kapitalga investor tomonidan talab qilinadigan daromad normasini olish bo'yicha investitsion takliflarni sifati jihatidan ekspertiza qilish muhimdir. Ana shu yo'nalishda investitsion loyihalami texnik-iqtisodiy jihatidan asoslash, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli va uning raqobatbardoshligi, shuningdek vakolatli bankning kafolatini xarakterlaydigan tegishli ekspert xulosalariga baho berishning ahamiyati ortadi. Xorijiy firmalar bilan hamkorlikdagi investitsion loyihalarni o'zlashtirish davrida birinchi bosqichda foiz va mamlakat banklari tomonidan operatsion xarajatlar bo'yicha to'lovlar amalga oshiriladi. Qaytarishda esa (to'liq o'zlashtirilganidan so’ng) qarzning asosiy summasi (xorijiy bankning grafigiga muvofiq ravishda) o'tkaziladi va foizlar bo'yicha to'lovlar to'lanadi. Taqdim etilgan takliflarni realizatsiya qilish mexanizmi, bir tomondan, xorijiy investitsion kreditlarni oluvchilarning tarkibini optimallashtirishga xizmat qiladi va ikkinchi tomondan esa, ulardan maqsadli foydalanish ustidan ta'sirchan nazorat bo'lishihi ta'rninlaydi. Investitsiyalashtirishning natijaliligini oshirish uchun investitsion loyihalarni, shu jumladan xorijiy kredit liniyalariga qo'shish uchun ham, tanlab olish tartibi tartibga keltirilmog'i lozim. XYuS va tashkilotlarning arizalarini ulaming asoslanganligi bo'yicha xulosalar uchun tarmoq, korporativ va mintaqaviy darajalarda qayta ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Investitsion loyihani texnik-iqtisodiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy jihatdan asoslashda ob'ektiv moliyaviy tahlil muhim ahamiyatga ega. Loyihani ishlab jarayoni g'oyaning paydo bo'lgan vaqtidan XYuS ishga tushirilgunga va quvvatlar o'zlashtirilgunga qadar uch bosqichdan iborat bo'ladi: • tayyorgarlik ko'rish bosqichi; • investitsion bosqich; • operatsion bosqich. Yuqoridagi bosqichlarning har biri bir necha quyi bosqichlardan iborat bo'lib, ularda turli-tuman tadqiqot, konsultatsion, texnik va sanoat ishlari amalga oshiriladi, loyiha siklining har bir bosqichi esa o'zaro bir-biri bilan bog'langandir. Loyiha siklining bosqichlari bo'yicha kapital xarajatlarni taxminiy taqsimlanishi dastlabki (tayyorgarlik ko'rish) va investitsion bosqichlarni o'z ichiga oladi. Loyihalarni moliyalashtirishning ikki asosiy manbalari mavjud: • o'z kapitali; • kredit. O'z korporativ kapitalini shakllantirish aksiyalarga (imtiyozli va oddiy) ochiq yozilish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Qarziy mablag'Iar esa qisqa, o'rta va uzoq muddatli bank kreditlari shaklida, shuningdek turli qarziy majburiyatlarni emissiya qilish yo'li bilan jalb qilinadi. Moliyalashtirishning bunday tiplari o'rtasidagi prinsipial farq qarzdorning kreditorlar oldidagi birinchi darajali javobgarligidadir. O'z va qarz mablag'lar o'rtasida ma'lum bir balansga rioya etmoq zarur. Kreditor nuqtai nazaridan qarz kapitalning yuqori salmog'i qarz oluvchi (qarzdor)ning risklilik darajasini oshiradi, chunki unda xarajatlarning umumiy tarkibiy tuzilmasida foiz to'lovlarining salmog'i ortadi va demak, foyda pasayadi.Qarziy moliyalashtirishning ko'rinishlaridan biri lizingdir. Agar moliyalashtirish shartlari xorijda mahalliy shartlardan keskin farq qiladigan bo'lsa, tizing asbob-uskunalarni sotib olishning ustuvor metodi hisoblanadi Moliyalashtirish shakllarining turli-tumanligi o'zgarib turishi mumkin. Biroq ular tushumlar va asosiy xarajatlarning ta'minlanganligi uchun yetarli bo'lishi kerak. Ko'p hollarda loyihani ishlab chiquvchilar investorlar va kreditorlarga uningjozibadorligini ta'minlash maqsadida loyihaning qiymatini pasaytirishga harakat qiladilar. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish usullari: • O’z-o’zini moliyalashtirish • Aksionerlashtirish • Kreditlash • Byudjetdan Moliyalashtirish • Lizing orqali Moliyalashtirish • Venchurli Moliyalashtirish • Loyihaviy Moliyalashtirish • Qarz mablag’lari orqali • Jalb qilingan mablag’lar • Chet el investitsiyalari va kreditlari Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, investitsion loyihalarni moliyalashtirish o’z mablag’lari va qarz mablag’lari hisobidan amalga oshirilar ekan. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qancha e’tibor kuchaysa iqtisodiy erkinligimiz shuncha kuchayadi. Ayniqsa chet eldan investitsiyalarni jalb qilish mamlakatimizda ishlab chiqarish sohalari, bozor iqtisodiyoti va mexanizmini , qurilish va sanoatni rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.Loyihalarni moliyalashtirish bu zamonaviy texnika-texnologiyalarni modernizatsiya qilish va qayta yangilash, xalq iste’moli uchun yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek respublikaning eksport salohiyatini oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko‘rsatish maqsadida Respublikaga jalb qilinadigan texnologiyalarga yo’naltiriladigan yirik investitsiya loyihalari va dasturlarni moliyalashtirish hisoblanadi. Shuning uchun ham yosh avlodni Moliyaviy va iqtisodiy bilim va ko’nikmalari qanca yaxshi bo’lsa, kelajakda bu kabi investitsiyon loyihalarni moliyalashtirish shuncha ko’p bo’ladi. Buning uchun esa bu kabi ma’lumotlarni sifatli va ishonchli qilib ommaga taqdim qilishimiz va yoshlarni kerakli axborot manbalari bilan ta’minlashimiz darkor.
|
| |