• Shennayev X.M ., Shirinov S.E.
  • Taqrizchilar
  • Iqtisod-moliya




    Download 3.09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/36
    Sana25.03.2023
    Hajmi3.09 Mb.
    #46602
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    ek 1543 moliya (24) (1)
    3x4-texnologiyasi, Graflarda eng qisqa yo‘lni aniqlash algoritmlari. Lug‘atlar va u-fayllar.org, Kompyuter arxitekturasi Boboraximov , Raqamli 2-lab, «avtomobil va traktorlarni loyihalash» fanidan test savollari Av, Ungalov Azizbek mavzu yuzasidan qilinadigan ishlar, 15-Amali ish, Tasviriy san\'atni o\'qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi. Oripov B.N, zp6Vzds4FdXKYeEqe9TPL1EXuvanELsf1Mh24SpG, Doc2, Elektronika va sxemalar 2 Muxammadiyev K, Kurs loyixasi uchun mavzular, 1.14-, 38 Khakimov


    O'ZBEKISTON RESPUBUKASIOLIY VA O'RTA MAXSUS 
    TA’LIM VAZIRLIGI
    Toshkent Moliya instituti
    X.M. SHENNAYEV, S.E. SHIRINOV
    QAYTA SUG‘URTA
    o'quv qo‘llanma
    TOSHKENT
    «IQTISOD-MOLIYA»,
    2009


    Shennayev X.M ., Shirinov S.E. Qayta sug'urta. O'quv 
    qo'llanma. - Т . : “IQTISOD-MOLIYA”, 2009, - 88 bet.
    Mazkur o'quv qo'llanm a qayta sug'urta operatsiyalarini 
    amalga oshirish, shartnomalarini tuzish, qayta sug'urta operatsiya­
    larini tartibga solishning nazariy va amaliy bilimlariga bag'ishlangan.
    O'quv qo'llanma o'zbek tilida dastlabki kitob hisoblanadi. 
    O'quv qo'llanmaning birinchi bobida sug'urta va qayta sug'urta 
    munosabatlariga umumiy sharh berilgan. Keyingi boblarda qayta 
    sug'urta shakllari va turlari, ularni amalga oshirish, qayta sug'urta 
    shartnomalarini tuzish, tartibga solish usullari yoritilgan.
    Ushbu kitobdan O'zbekiston Respublikasining oliy o'quv 
    yurtlarida, kollejlarida “Sug'urta ishi” yo'nalishlarida tahsil oluvchi 
    talabalar uchun o'quv qo'llanmasi sifatida foydalanish tavsiya etiladi.
    O'quv qo'llanma Toshkent Moliya institutining ilmiy-uslubiy 
    Kengashida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan (2009-yil 
    16-apreldagi 3- sonli Kengash qarori).
    Taqrizchilar: 
    M.Almardonov — “Soliq va sug'urta ishi”
    fakulteti dekani, i.f.d. professor; 
    R.Raimjonov 
    Kafolat” DASK 
    bosh menejeri i.f.n. dotsent
    IS B N 918-9943-13-125-5
    © «IQTISOD-MOLIYA», 2009 
    © X. Shennayev, S. Shirinov, 2009


    KIRISH
    Respublikamizda iqtisodning boshqa tarmoqlari bilan birga sug'urta 
    tizimi ham bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos holda qayta tashkil 
    qilinmoqda. Bunga asosiy sabab birinchidan, sug‘urta tizimi bozor 
    infratuzilmasiga xizmat qiluvchi asosiy institut hisoblansa, ikkinchidan, 
    sug'urta tizimi respublikamizda faoliyat yurituvchi barcha xo'jalik 
    yurituvchi subyektlami baxtsiz hodisalar natijasida yuzaga keluvchi 
    zararlardan himoya qilsa, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishidir.
    Erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishda respublikamizning asosiy ijtimoiy- 
    iqtisodiy siyosatlaridan biri — makroiqtisodiy barqarorlikka erishish va uni 
    ta’minlash, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish bo'ldi. Shu sababli 
    respublikamizda sug'urta bozorini shakllantirish va uni rivojlantirish dolzarb 
    masalalardan biri hisoblandi.
    Albatta, respublikamiz sug'urta tizimida sug'urta bozorini 
    rivojlantirish borasida ko'plab ishlar qilindi: sug'urta tizimida 
    institutsional o'zgarishlar amalga oshirildi, uning huquqiy va tashkiliy- 
    huquqiy asoslari shakllantirildi, 30 ga yaqin turli mulkchilik maqo- 
    midagi sug'urta tashkilotlari ro'yxatga olindi. Davlat sug'uita tashkilotlari 
    bo'lgan sug'urta kompaniyalari hissadorlik jamiyatlariga asoslangan 
    kompaniyalarga aylantirildi. Davlat sug'urta nazorati idorasi tashkil 
    qilindi va boshqa chora-tadbirlar amalga oshirildi.
    Sug'urta tizimida erishilgan yutuqlarimiz bilan bir qatorda ayrim muam- 
    molar ham mavjud. Shunday muammolardan biri — sug'urtaning barcha 
    tarmoqlari va kichik tarmoqlari talab darajasida rivojlanmaganligidir. Bunga 
    asosiy sabablaridan biri ushbu sohada o'quv adabiyotlarining yetarli 
    emasligidir.
    Qayta sug'urta sug'urta munosabatlarida muhim o'rin egallaydigan 
    murakkab tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sug'urtaning ushbu sohasi ham 
    respublikamizda talab darajasida rivojlanmagan. Masalan, respublikamizda 
    ixtisoslashgan qayta sug'urta tashkiloti hozircha faqat bitta, ixtisoslashmagan 
    holda qayta sug'urta operatsiyalari olib boruvchi sug'urta tashkilotlarining


    qayta sug‘urta operatsiyalarining ulushi ham kichik miqdomi tashkil qiladi. 
    Qayta sug'urta munosabatlarini rivojlantirish uchun qayta sug'urta nazariya- 
    sini respublikamizdagi sharoitini inobatga olib, rivojlantirishimiz va bu 
    borada darsliklar, o'quv qo'Uanmalar va boshqa ilmiy izlanishlar qilishni 
    talab qiladi.
    O'quv qo'llanmada qayta sug'urtaning iqtisodiy mohiyati, shakllari, 
    turlari, ulami amalga oshirish mexanizmi, huquqiy asoslari va boshqa 
    muhim tomonlari aks etgan.



    Download 3.09 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 3.09 Mb.
    Pdf ko'rish