-jadval. YAMM ikki xil usulda - ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlari bo‘yicha aniqlash




Download 61.57 Kb.
bet5/10
Sana20.05.2023
Hajmi61.57 Kb.
#62426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqil ish
3-Amaliy mashgulot, 2-Amaliy mashgulot, Videokonferensiyani tashkil qilish va undan foydalanish Sobirov Murodjon, don va don mahsulotlari yormalar ser xiz, 6-dars, 300 tahlil test, eldor1, 2-sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida modellashtirishga o’rgatish, 01, Презентация Microsoft PowerPoint, Mazmunı, 15..15 var 71 iddintifikatsiya va modellashtrish, хусусияти 24, Surayyo obektivka
1-jadval.
YAMM ikki xil usulda - ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlari bo‘yicha aniqlash

Ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha

Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar bo‘yicha

1.Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari.
2. Biznesga investitsiya xarajatlari yoki yalpi xususiy ichki investitsiyalar.
3. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi.
4. Sof eksport.

1.Daromadlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajat va to‘lovlar (amortizatsiya va biznesga bilvosita soliqlar).
2. Ish haqi.
3. Renta to‘lovlari.
4. Foiz.
5. Individual mulkdan olingan daromad.
6. Korporatsiyalar foydasi.

To‘rtinchidan, YAMMni hisoblashda ikki tomonlama yondashiladi. Birinchi yondashuvda YAMM iste’molchilarning yangidan yaratilgan yakuniy mahsulotlarni sotib olishga ketgan barcha xarajatlari miqdori bo‘yicha aniqlanadi. Bu usul YAMMni hisoblashning xarajatlar usuli deyiladi. Ikkinchi yondashuvda esa YAMM tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan daromadlarning yig‘indisi miqdori asosida aniqlanadi. Bu usul YAMMni daromadlar yordamida aniqlash usuli deyiladi.
YAMMni ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha hisoblashda asosan pirovard mahsulot va xizmatlarni yaratishga ketgan barcha xarajatlar hisobga olinadi. Bularga:
Uy xo‘jaligining iste’moli xarajatlari (C):
a) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari;
b) kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari;
v) iste’mol xizmatlariga ketadigan xarajatlar.
YAlpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olish;
b) korxonalar, omborlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan xarajatlar;
v) tovar zahiralari o‘rtasidagi farqlar yoki zahiralarning o‘zgarishlaridan iborat bo‘ladi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G) bo‘yicha xarajatlarga, chunonchi, mahalliy va markaziy boshqaruv hoqimiyat idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlar va resurslar xaridi (qurol-yarog‘ sotib olish, avtomobil yo‘llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to‘lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin, bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to‘lovlari kiritilmaydi.
Sof eksport (Xn) yoki mamlakatning import va eksport operaцiyalari bo‘yicha xarajatlar o‘rtasidagi farq (4-jadval).
Shunday qilib, YAMMni xarajatlar orqali hisoblash, asosan Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 4 guruh xarajatlari orqali olib boriladi.
YAMM xarajatlar bo‘yicha quyidagi formula bilan aniqlanadi.
YAMM = S + I + G + Xn.
YAMMni ishlab chiqaruvchilarning barcha daromadlari yig‘indisi ko‘rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

Download 61.57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 61.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval. YAMM ikki xil usulda - ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlari bo‘yicha aniqlash

Download 61.57 Kb.