|
bir-biriga juda yaqin va o‘xshash usullardan foydalaniladi
|
bet | 2/2 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 284,16 Kb. | | #154407 |
Bog'liq 12-Mavzu bir-biriga juda yaqin va o‘xshash usullardan foydalaniladi.
Tahlilning shaklida esa har birida o‘ziga xos usullar majmuasi qoilanilishi mumkin. Iqtisodiy tahlilning turi uning belgilari bo‘yicha guruhlanadi.
Bu tahlilga qaysi nuqtai nazardan qarashga bog‘liq.
Tadqiqotlar natijasida iqtisodiy tahlilning turlarini tasniflashda quyidagi belgilardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatidan turli shakllarga, xillarga ega. Ammo ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda ular farqlanmasdan ishlatiladi. Vaholanki, ular mazmun jihatidan birbiridan farq qiladi.
Kompleks Tahli: Xo‘jalik subyekt faoliyatini makon va zamon nuqtai nazaridan
barcha tuzilmalari bilan birga batafsil tahlil qilishdir.
Solishtirish Tahlili: Xo ‘jalik subyektlar faoliyatini yaxlit holda alohida tuzilmalari yoki mavzularini bahe va vaqt jihatidan solishtiriladigan holatga keltirilib amalga oshiriladigan tahlilidir
IQTISODIY TAHLIL SHAKLLARI
Marjinal tahlil:Barcha xarajatlami doimiy va o ‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘lib ishlab chiqariladigan mahsulotlarning biznesda ko‘zda tutilgan foydaga erishish uchun zarur bo'lgan miqdorini aniqlash va samaradorligini oshirishga qaratilgan tahlildir .
Moliyaviy holat nafaqat tashqi foydalanuvchilar, balki korxonaning ichki ehtiyojlari uchun ham zarurdir. Mulkdorlar, boshqaruvchilar, menejerlar, xodimlar doimo korxonaning moliyaviy jihatdan ahvoli yaxshi bo‘lib borish ta’rafdorlaridir
Korxona muayyan mamlakat yoki mamlakatlar hududida joylashgan bo‘ladi. Demak, u mamlakat iqtisodiyoti uchun o‘z ahamiyatiga ega. Jamiyatdagi korxonalaming moliyaviy holatini takomillashib borishi tarmoqlami, umuman milliy iqtisodiyotni yaxshi holatda rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Moliyaviy tahlil - korxonaning aktivlari, majburiyatlari, kapitali, moliyaviy natijalari, asosiy vositalari, pul oqimlari va ulaming holati, tarkibi, o‘zgarishlarini ta’sir qiluvchi omillar hamda maxsus ko‘rsatkichlar tizimi asosida tadqiq etish va o‘rganishdir.
Mazkur tahlil turining maqsadi korxonaning moliyaviy holatining turli tomonlariga, barqarorligiga, moliyaviy salohiyat va raqobatdoshligiga baho berishdir.
Moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari korxonaning mulki va uning shakllanish manbalari, moliyaviy natijalar, asosiy vositalar, pul oqimlari, xususiy kapital va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlami o‘rganishdir.
Korxonaning moliyaviy barqarorligi, holati, mol-mulk tarkibi, manbalami joylashuvi, mablag‘lar harakatchanligi, to‘lov qobilyati, foyda va zararlami faoliyat turi hamda shakllanishi bo‘yicha, pul oqimlarini to‘g ‘ri tashkil etilgani va uning korxona amaliy faoliyatiga mos kelishi, xususiy kapitalni ko‘payishiga ta’sir etayotgan omillar shu kabilarga e ’tibor qaratiladi.
Moliyaviy tahlilning axborot manbalarini moliyaviy hisobot shakllari va unga ilova qilingan rasmiy hujjatlar tashkil etadi. Mazkur turdagi hisobot shakllari ommaviy-axborot vositalarida ochiq e’lon qilinadi.
0‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasi va 1-BHMS ga hamda moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish buyicha qoidalarga asosan moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlaming umumiy shakllaridan iborat bo‘ladi:
Buxgalteriya balansi - 1-shakl;
. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot - 2-shakl;
3. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot - 3-shakl;
4. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4-shakl;
5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot - 5-shakl;
6. Debitorlik va kreditorlik qarzi haqida ma’lumotnoma – 2ashakl;
7. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati;
8. Auditorlik xulosasi.
Moliyaviy tahlil korxona faoliyatida faqat moliyaviy holat, barqarorlik va shu kabi tomonlami o‘rganishi bilan cheklanganlik tafsifiga ega. Chunki, u korxona faoliyatini barcha tomonlarini qamrab ola olmaydi.
Tezkor tahlil deganda hisobot davri davomida, u tugamasdan o‘tkaziladigan tahlil tushuniladi. Masalan, hisobot davrini bir chorak deydigan bo’lsak, uning tamom bo‘lishim kutish uchun uch oy kerak.
|
| |