|
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot fakulteti
|
bet | 1/8 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #257176 |
Bog'liq Kurs ishi new
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA RAQAMLI IQTISODIYOT FAKULTETI
“KOMPYUTER TIZIMLARI” KAFEDRASI
«AXBOROT BOSHQARISH TIZIMLARINI INSTRUMENTAL VOSITALARI» fanidan
Mavzu:_______________________________________________________
Bajardi:________ ___________ guruh talabasi __________________________
(imzo) (FISH)
Kurs ishini himoya qilgan sana “___” ____________ _______ yil
Baho “____” ______
Ilmiy rahbar: ___________ ____________________
(imz (FISH)
Komissiya a’zolari: ___________ ____________________
(imzo) (FISH)
___________ ____________________
(imzo) (FISH)
___________ ____________________
(imzo) (FISH)
Qarshi 2024 yil
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I. O’RNATILGAN TIZIMLARDA SIMSIZ ALOQA TEXNOLOGIYALARI TAHLILI.
1.1 O’rnatilgan tizimlar umumiy tushunchalar.………..…….………..……............5
1.2 O’rnatilgan tizimlarda Bluetooth texnologiyasi …………………………...…...8
1.3 O’rnatilgan tizimlarda Wifi texnologiyasi ……………………………..…..…11
II. O’RNATILGAN TIZIMLARDA WIFI VA BLUETOOTH TEXNOLOGIYALARINI TADQIQ ETISH.
2.1. Bluetooth orqali Arduino Uno platasini simsiz dasturlash………..………….20
2.2. O’rnatilgan tizimlarda ESP-32 simsiz Wi-Fi modulini joriy etish……….…..27
III.Xulosa………………………………………………………………………....35
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………………....……36
KIRISH
Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish va xalq xo’jaligining barcha sohalarini avtomatlashtirish, kommunikatsiyalashtirish va intellektual boshqarishga alohida e’tibor berilmoqda. Yigirma birinchi asrning ikkinchi o’n yilligiga kelib telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’langan va bevosita barcha yo’nalishlarga o’z ta’sirini o’tkaza olgan kontseptsiyalardan biri Internet of Things – narsalar interneti kontseptsiyasidir. Bu kontseptsiya mavjud ob’ektlarni inernet tarmog’i asosida o’rnatilgan boshqarish va nazorat qilishni ilgari suradi. Endi zamonaviy o’rnatilgan tizimlari bevosita internet asosida tashkillashtiriladi va internet atrofimizdagi ob’ektlar uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, dastlab boshqaruv tizimlarining bugungi holati va rivojalanish tendentsiyalarini ko’rib chiqamiz.
XXI asrning ikkinchi 10 yilligida telekommunikatsiya soxasida bir qator yangi texnologiyalar keng tarqalib va rivojlanib bormoqda. Ushbu texnologiyalardan biri IOT(Internet of Things) – narsalar interneti texnologiyasi hisoblanali. IOT(Internet of Things) – bu tabiatdagi mavjud ob’ektlarni, zaruriy narsalarni va aniq joylarni internetga ulash va boshqarish tamoyillarini tavsiflovchi telekommunikatsiya texnologiyasidir. IOT ning asosiy mavjud tizimlar, xizmatlar va qurilmalarning turli sanoat mashinalari o’rtasida o’zaro aloqani ta’minlash, xizmatlar ko’lamini takomillashtirish va o’z – o’zini boshqaruvchi intellektual tizimlar va tarmoqlarni shakllantirishdan iborat. 5 Narsalar interneti internet tarmog’idan foydalanishning yangi evolyutsion davrini ochib beradi. Bunda ob’ektlar bir biri bilan tarmoq orqali aloqa qiladi, bir birini intellektual tanish, tushunish va o’zaro to’plagan ma’lumotlarini almashish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bugungi kunda IOT ga ko’plab misollar keltirish mumkin: sensorli boshqariluvchi ob’ektlar, intellektual axborot tizimlari va boshqalar. Narsalar interneti tabiatda joylashgan ob’ektlar va joylarni real vaqt rejimida internet tarmog’i orqali identifikatsiyalash, nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Narsalar internetini tashkillashtirish uchun asosan bevosita tabiatdagi ob’ektlar bilan ishlay oladigan sensor qurilmalar, aktuatorlar, datchiklar va boshqa intellektual tizimlar qo’llaniladi. Shu sababli narsalar interneti kontsepsiyasi bevosita sensor tarmoqlar, intellektual tarmoqlar va keng qamrovli telekommunikatsiya tarmoqlari bilan o’zaro bog’langan.
|
| |