• YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQNING TO’LOVCHILARI TARKIBI. YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ: SOLIQ SOLISH OB’YEKTI VA SOLIQ BAZASI
  • Iqtisodiyot va turizm fakulteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi V kurs Sirtqi Moliya ta’lim yo’nalishi




    Download 16,67 Kb.
    Sana17.05.2024
    Hajmi16,67 Kb.
    #240895
    Bog'liq
    SOLIQ NABIYEV D.



    Termiz Davlat Universiteti
    Iqtisodiyot va turizm fakulteti
    Moliya va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi
    V kurs Sirtqi Moliya ta’lim yo’nalishi
    719- guruh talabasi
    Nabiyev Doniyorning
    Soliq va Soliqqa tortish” fanidan
    Mustaqil ishi
    MAVZU:
    YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQNING TO’LOVCHILARI TARKIBI.
    YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ: SOLIQ SOLISH OB’YEKTI VA SOLIQ BAZASI
    Soliq qonunchiligiga asosan mol-mulk solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda, mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha mol-mulki bilan javob bera oladigan hamda mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tushuniladi. Soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan ayrim toifadagi korxonalarga, jumladan, yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi mikrofirma va kichik korxonalar hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda notijorat tashkilotlar uchun ularning asosiy faoliyati bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lash tatbiq etilmaydi. Agar soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan yuridik shaxslar faoliyatning asosiy turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulk solig‘ini to‘lashlari zarur bo‘ladi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining obyekti bo‘lib, asosiy vositalar (shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olin ngan asosiy vositalar), nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish obyektlari hamda belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbobuskunalar qiymati hisoblanadi.
    Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliqqa tortish bazasi bo‘lib esa:
    a) asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing)shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar);
    b) nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati;
    d) belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektining o‘rtacha yillik qiymati;
    e) me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalarning o‘rtacha yillik qiymati hisoblanadi.
    Yuridik shaxslar mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati hisobot yili barcha oylarining oxirgi kunidagi molmulk qoldiq qiymati summasini 12 ga bo‘lish orqali quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
    Mol-mulkning (barcha oylarni
    o‘rtacha yillik = yanvar + fevral + mart +... dekabr oxirgi kun holatiga
    qoldiq qiymati 12

    Hisobot yilining I choragi uchun mol-mulkning o‘rtacha qoldiq qiymati quyidagicha aniqlanadi:



    1-chorak uchun
    soliqni hisoblab (barcha oylarni
    chiqarishga mol = yanvar+fevral+ mart oxitgi kun holatiga
    mulkning o‘rtacha
    qoldiq qiymati
    Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliqqa tortiladigan bazasini aniqlash uchun korxona balans aktivida aks ettiriladigan asosiy vositalarning eskirishini chegirgan holda, buxgalteriya hisobining quyidagi hisobvaraqlari bo‘yicha summalar qabul qilinadi:
    1. Asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0100);
    2. Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0300);
    3. Nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvaraqlari (0400);
    4. Tugallanmagan qurilishni (belgilangan muddatlarda qurilishi tugallanmagan obyekt qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0800);
    5. O‘rnatishga mo‘ljallangan uskunani (me’yoriy muddatlarida o‘rnatilmagan uskuna qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0700).
    Download 16,67 Kb.




    Download 16,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyot va turizm fakulteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi V kurs Sirtqi Moliya ta’lim yo’nalishi

    Download 16,67 Kb.