Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – (




Download 0.66 Mb.
bet2/4
Sana07.05.2021
Hajmi0.66 Mb.
#14373
1   2   3   4
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – (ingl: information and communication technologies (ICT) -rus: informatsionno-kommunikatsionnыe texnologii (IKT)) – bu :

1 Xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va yetkazish bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab o’tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi sohalar majmuasi. AKT tushunchasiga mikroelektronika, kompьyuter va dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab o’tilgan sohalar bilan bog’liq bo’lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari kabi norasmiylari ham) kiradi.

2 Axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan texnologiyalar.

3 Xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qo’llanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy atama, jumladan: radio, televidenie, mobil telefonlar, kompьyuterlar va tarmoq uskunalari va dasturiy ta’minot, yo’ldosh tizimlari va h.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, videoanjuman va masofaviy ta’lim. AKT, shuningdek, torroq ma’noda ham ishlatiladi, masalan, AKT ta’limda, tibbiyotda, kutubxonada va h.k. Yevropa Komissiyasi fikricha, AKT muhimligi texnologiyaning o’zida emas, balki AKTning aholi orasida ko’proq axborot va kommunikatsiyasidan foydalanish qobiliyatidadir. Dunyoning ko’p mamlakatlari AKT rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jihatidan kamroq rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yo’q hududlar o’rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jahon miqyosida BMT raqamli tabaqalanishga qarshi vosita sifatida “AKT rivojlanish uchun” dasturini aktiv ravishda olg’a surmoqda.


SHuningdek, axborot tizimi – bu teskari aloqa mexanizmini aniq maqsadga erishish faoliyatini ta’minlovchi ma’lumot va axborotlarni yig’uvchi, o’zgartiruvchi, harakatlantiruvchi va tarqatuvchi o’zaro bog’langan komponentlarni o’rnatishdir.1


Download 0.66 Mb.
1   2   3   4




Download 0.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – (

Download 0.66 Mb.