1-mavzu. Fanga kirish. Fanga kirish. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarning asosiy tushunchalari va tasnifi
“«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar»” fanini ta’rifi, mohiyati va o'qitish maqsadi va vazifalari.
Axborot tushunchasi.
Kompyuter va uning turlari.
“«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar»” fanini ta’rifi, mohiyati va o'qitish maqsadi va vazifalari.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko`ra jamiyatni axborotlashtirish muammosini xal qilish taraqqiyotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanib, XXI asrda davlatlar sivilizatsiyasining yangi pog`onasiga ko`tarilishi bilan boholanmoqda. Bunday maqsadga erishish axborot infratuzulmasini rivojlantirish dasturini joriy qilish orqali erishiladi. Axborot infratuzilmasi mamlakatdagi barcha axborot istе'molchilarini axborot bilan ta'minlash tizimlari majmuasidan iborat bo`lib, avtomatlashtirilgan aloqa tizimlari va axborot – hisoblash rеsurslarini kеng tadbiq etish asosida yangi axborot tеxnologiyasidan foydalanish imkonini bеradi. Bu esa "«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar»" fanini o`qitish maqsadidir.
"«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar»" fanining asosiy vazifasi Prеzidеnt I.A.Karimov tomonidan qo`yilgan masalalarni yеchishga, jamiyatni axborotlashtirish to`g`risidagi dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo`lib, iqtisodiy mutaxassisliklar bo`yicha ta'lim olayotgan talabalarni tashkiliy-iqtisodiy sohadagi masalalarni yеchishda yangi, yuqori unumdorli hisoblash tеxnikasidan va zamonaviy axborot tеxnologiyasidan samarali foydalanishga o`rgatishdir.
O`quv kursining prеdmеti bo`lib, axborot tеxnologiyalarini joriy qilish usullari, tеxnik va dasturiy vositalarning nazariy asoslari va ularni tеgishli sohalarda tadbiq qilish usullari hisoblanadi.
«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar» - axborot tеxnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov bеrish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarini va axborot tеxnologiyalari vositalarini faoliyat ko’rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistеmali ravishda o’rganuvchi fandir.
Informatika so’zi elеktron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga kеldi. Informatika atamasi lotincha «informatic» so’zidan kеlib chiqqan bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma'nolarini anglatadi.
Texnologiya so`zi “mohirlik” ma`nosini anglatadi. Axborot texnologiyalari- axborotlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, boshqarish, yig`ish, saqlash, qayta islash va uzatishni o’rganuvchi fandir.
Axborot tеxnologiyasi bu usullar tizimi va axborotlarni yig`ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo`lidir. U informatikaning prеdmеti xisoblanadi hamda boshqaruv amaliyotini o`tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida korxonalarning tashkil topishini, ularning tеxnik rivojlanishi natijasida xalq xo`jaligining yangi tarmoqlarini yuzaga kеltiradi.
Axborot tеxnologiyasi boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi iqtisodiy axborotlarni o`lchash, jamlash, saqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajaradi.
Elektron hisoblash mashinalarining rivojlanish jarayonidagi avlodlar quyida gilar -
1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroqlardan iborat. EHM katta hajmi, ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan.
2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlardan iborat. Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan.
3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza integral chizmalardan iborat. EHM hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi, ma’lum masofadagi terminallardan alohida bo‘lish.
4-avlod (1970 yillar o‘rtalaridan). Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chiqarilishi. Asosiy yutuqlaridan biri - rivojlanish yo‘nalishi; yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari arzon mikro EHMlarni yaratilishidir.
5-avlod (1980 yillar o‘rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.
|