Excelda diagrammalar bilan ishlash




Download 345,85 Kb.
bet70/99
Sana16.11.2023
Hajmi345,85 Kb.
#99940
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya-fayllar.org

33.Excelda diagrammalar bilan ishlash.
Excel dasturida jadval ma`lumotlarga qarab har xil diagrammalar yaratish imkoniyati bor. Diagrammalar bizga ma`lumotlar bilan ishlashni osonlashtiradi. Diagramma — bu Excel hosil qiladigan ob`ektlardan biri hisoblanadi. Bu ob`ekt bitta yoki bir nechta ma`lumotlar to`plamining grafik tasviridan iboratdir (ma`lumotlarning qaysi ko`rinishda tasvirlanishi diagramma turiga bog’liq). Diagrammani yaratishdan oldin jadvalni tayyorlashimiz, belgilangan sohaga kerakli

qiymatlarni kiritishimiz kerak. Jadval tayyor bo`lgandan keyin, jadval ma`lumotlari sohasini sichqoncha bilan belgilab olamiz, aks holda diagramma yoki grafikni yasay olmaymiz. So`ngra “Вставка” lentasining “Диаграммы” guruhidan kerakli diogrammalardan birini tanlaymiz. Masalan, “Рекомендуемые диаграммы” ni tanladik. Natijada diagrammalar turlari tasvirlangan “Вставка диаграммы” oynasi ochiladi. Oynada gistogrammala, grafiklar hamda aylana, chiziqli, sohaviy, nuqtali, birja, yuzadagi, yaproqli diagrammalar singari guruhlari mavjud. Har bir guruhda diagrammalarning turli ko’rinishlari tavsiya qilinadi. Oynadan ma`lumotlarni qulay shaklda tasvirlovchi digrammani tanlaymiz. Hosil bo`lgan diagrammani tahrirlash uchun sichqoncha ko`rsatkichini diagramma ustiga olib kelib, uni kerakli joyga joylashtirishimiz, nomini o`zgartirishimiz mumkin. Diagrammani belgilab, bir joydan ikkinchi joyga surish, o`lchamini o`zgartirish yoki


asboblar panelidagi “Вырезить”, “Копировать”, “Вставить” tugmalari yordamida
diagrammalarni boshqa fayl va sahifalarga o`tkazish mumkin.Eng avvalo yaratgan diagrammamiz nomini qo’yishimiz lozim. Buning uchun “Название диaграммы” so’zi ustida sichqoncha tugmasi ikki marta bosilsa, so’zni tahrirlash rejimiga
o’tamiz. Kerakli so’z kiritilgach, uning shriftini, o’lchamini va rangini o’zgartirishimiz mumkin. Shuningdek, diagramma sohasi rangi, chiziqlari va diagramma ob’ektlari rangini ham o’zgartirish mumkin.Excel diagrammasi ishchi jadval sahifasining ma`lumotlari bilan bevosita bog’liq. Ishchi jadval sahifasidagi ma`lumotlar o`zgartirilsa, tezda ularga bog’liq bo`lgan diagramma chiziqlari o`zgaradi. Diagrammalarning bir necha xil turlari mavjud:
1. chiziqli;
2. doiraviy;
3. grafikli;
4.halqasimon;
5.dumaloq;va boshqalar.
Excelda diagrammalarning ixtiyoriy turini tuzish mumkin. Ayrim diagrammalar juda murakkab shakllarni aks ettiradi. Masalan, konusli, silindrli piramidali va h-zo.Diagrammalar hosil qilingandan keyin u o`zgarmas holatda bo`lmaydi, balki har doim uning shaklini o`zgartirib turish va maxsus bichimlash atributlarini qo`shish, yangi ma`lumotlar to`plami bilan to`ldirish, mavjud ma`lumotlar to`plamini boshqa soha kataklardan foydalaniladigan qilib ma`lumotlarni o`zgartirish mumkin. Alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi. Agar bir necha diagramma tuzmoqchi bo`lsangiz, unda har birini alohida sahifalarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning “ko`rinarlilik darajasi” saqlanadi. Buning uchun diogramma kontekst menyusi chaqiriladi.


Download 345,85 Kb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99




Download 345,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Excelda diagrammalar bilan ishlash

Download 345,85 Kb.