• 3.Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning roli.
  • Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati va vazifalari. Axborot texnologiyalari




    Download 345,85 Kb.
    bet2/99
    Sana16.11.2023
    Hajmi345,85 Kb.
    #99940
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
    Bog'liq
    Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya-fayllar.org

    Fanning tuzilmasi.

    Xozirgi kunga kelib axborot resurslarini yig’ish, qayta ishlash, uzatish va iste'molchilarning shaxsiy talablaridan kelib chiqqan holda ushbu resurslarni tayyorlash bilan shug’ullanadigan turli xildagi axborot kommunikatsiyalar biznesi vujudga kelgan bo’lib, ular ushbu bozor negizidir. 1990-yilning asosiy xususiyatlaridan biri - axborot kommunikatsiyalar biznesida turli va yangi ishtirokchilarining paydo bo’lishidir. Ularning qatorida ma'lumotlar bazasini ishlab chiquvchilar, turli interaktiv xizmatlar, axborot vositachilarini sanab o’tish mumkin.Axborot kommunikatsiyalar biznesi ishtirokchilari o’rtasida bozor munosabatlarining shakillanishi, raqobatchilikning o’ziga xos usullari ishlab chiqilishi hamda potensial istemolchilarning vujudga kelishi – bular barchasi xalqaro va milliy interaktiv xizmatlarning shakillanib borayotganligidan darak beradi. Quyidagi 1- rasmda ushbu bozor ishtirokchilarining o’zaro tashkiliy - funksional aloqalarining chizmasi berilgan. Undan ko’rinib turibdiki, axborot kommunikatsiyalar bozorining segmentlari, obyekt va subyektlari hamda ishtirokchilari bir butun tizimni tashkil qilmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, axborot kommunikatsiyalar bozorini respublikamizda shakillantirish va rivojlantirishda davlatni tutgan o’rni kattadir.Jahon axborot kommunikatsiyalar texnologiyalari yutuqlarining tahlili axborot kommunikatsiyalar biznesining funkional modelini ishlab chiqishga imkon berdi.Berilgan mazkur modeldan ko’rinib turibdiki, axborot kommunikatsiyalar biznesi uchta asosiy omil bilan tariflanadi: muhit, bozor va vazifalar. Bu omillarning majmuasi interaktiv xizmatlarni shakillantirish bo’yicha yagona moliyaviy-iqtisodiy siyosatni yuritishga yordam beradi.



    3.Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning roli.
    Elektron hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o‘rin olgan. Bu, birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich ravishda elektron shaklga o‘tkazish vazifalariga tegishlidir. Telekommunikatsiya infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklariRaqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.«Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion sektorning o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.Ayniqsa, bu – transport, savdo, logistika va shu singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularda elektron segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu ko‘rsatkichlar barqaror tarzda o‘sib boradi.Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi.



    Download 345,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




    Download 345,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati va vazifalari. Axborot texnologiyalari

    Download 345,85 Kb.