|
Zamonaviy kiritish, chiqarish va tarmoq qurilmalari taxlili
|
bet | 3/99 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 345,85 Kb. | | #99940 |
Bog'liq Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya-fayllar.org4.Zamonaviy kiritish, chiqarish va tarmoq qurilmalari taxlili.
planshet, nurli qalam, sichqon, manipulyator, klaviatura, trekbol, kursorni boshqarish, klaviatura nazoratchisi, SCAN kodi, ASCII kodi, skaner, rastrli format, vectorli format, obrazlarni anglash, printer, plotter, digitayzer, axborotlarni uzatish tizimi, o’tkazish qobiliyati, aloka kanallari, analogli, sinileksli, dupleksli, kommutaciyalanadigan, eshilgan juftlik, koaksial kabel, optik tolali kabel, modem, ma’lumotlarni uzatish bayonnomasi, modulyaciya, demodulyaciya, faksimil aloqa bular hammasi zamonaviy kiritish va chiqarish qurilmalariga misollar bo’la oladi. Axborotni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to’plamini axborotlarni uzatish tizimi (UT) deb atayniz.
Axborotni manbai va iste’molchisi uzatish tizimining abonentlaridir. Abonentlar sifatida EHM, axborotni saqlash tizimlari, turli xil datchiklar va bajaruvchi qurilmalar hamda odamlar misol qilib keltirilishi mumkin.
UT strukturasi tarkibida quyidagilarni ajratish mumkin:
• uzatish kanali (aloqa kanali);
• axborotni uzatkich;
• axborotni qabul qilgich.
Uzatkich abonentdan kelayotgan axborotni aloqa kanali bo’yicha uzatiladigan signalga aylantirish uchun qabul qilgich abonentga kelayotgan signalni qaytadan xabarga aylantirish uchun xizmat qiladi.Ideal holatda uzatishda uzatilayotgan va olinayotgan xabarlar orasida bir qiymati moslik bo’lishi kerak. Lekin aloqa kanalida paydo bo’ladigan holaqitlar ta’sirida qabul qilgich va uzatkichda bu moslik buzulishi mumkin va unda ma’lumotlarni to’g’ri (haqqoniy) uzatilmaganligi to’g’risida so’z yuritiladi.
Axborotni uzatish tizimining asosiy sifat ko’rsatkichlari quyidagilardir:
• o’tkazish qobiliyati;
• haqqoniylik;
• ishonchlilik.
5.Xotira turlari va ularning tahlili.
Xotira. Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari kop: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bolib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter ochirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yoq bolib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disklarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan ochirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik olchovi sifatida bayt qabul qilingan bolib, 1 bayt 8 bit (ikkilik raqam)ga teng. Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bolib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning koproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bolgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam boladi. Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida kop joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bolsa, shuncha yaxshi albatta.
|
| |