Tizimli mantiq mikrosxemalarining majmui




Download 176,5 Kb.
bet1/7
Sana08.02.2024
Hajmi176,5 Kb.
#153028
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Protsessorlar


Tizimli mantiq mikrosxemalarining majmui
Kompyuterni ishlashga majbur qilish uchun, birinchi IBM PC tizimli platalariga juda ko‘p mikrosxemalarni o‘rnatishga to‘g‘ri keldi.Tizimli plataga, protsessordan tashqari boshqa ko‘plab tarkibiy qismlar o‘rnatilgan edi: takt chastotasining generatori, shina nazoratchisi, tizim taymeri, uzilishlarning nazoratchilari va xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish, CMOS xotirasi, xotira, soat va klaviatura nazoratchisi. Nihoyat, o‘rnatilgan tarkibiy qismlarning ishini ta’minlash uchun yana bir talay mikrosxemalar, shuningdek protsessor, matematik soprotsessor (siljuvchi vergulli sonlar ustida amallarni bajarish uchun modullar) va xotira kerak bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik tizimli platalar Intel tomonidan ishlab chiqilgan tizimli mantiq mikrosxemalar majmuiga ega. Bugungi kunda, bu kompaniyaning tizimli mantiq mikrosxemalar majmui bozoridagi raqobatchilari ko‘p emas. Ularning orasida ALI (Acer Laboratories, Inc.), VIA Technomanies va SiS (Silicon integrated Systems) lar e’tiborga loyiqdir. Athlon/Duron protsessorlarining paydo bo‘lishi bilan, bu kompaniyalardan ko‘pchiligi ishlab chiqarish hajmini ko‘zga-ko‘rinarli oshirdi .
Intel firmasi (va uning raqobatchilari tomonidan) ishlab chiqilgan tizimli mantiq mikrosxemalar majmuyning aksariyati ikki bosqichdagi arxitekturaga ega va quyidagi ikki blokdan tashkil topgan: North Bridge va South Bridge. North Bridge- tizimli mantiqiy mikrosxemalar majmuyning asosiy bloki vazifasini bajaradi, unga protsessor va tizimli plataning qolgan qismi orasidagi interfeys kiritilgan. North Bridge kesh-xotira va operativ xotiralarning nazoratchilarini, protsessorning tezligi yuqori bo‘lgan shinasi (33, 50, 66 yoki 100 MGts), PCI (Peripheral Component Interconnect, 33 MGts) shinasi va AGP (Accelerated Graphics Port, 66 MGts) tezlashtirilgan holatdagi grafik portlar orasidagi interfeysni o‘z ichiga oladi.
North Bridgeni zamonaviy Intel tizimli mantiq mikrosxemalar majmuyda ko‘p hollarda PAC (PCI/AGP Nazoratchi) deb yuritiladi. Umuman olganda, North Bridge, tizimli plataning asosiy komponenti hisoblanadi; u odatda tizimli plataning to‘la takt chastotasida ishlaydigan (protsessordan tashqari) yagona sxemadir (protsessor shinasi chastotasida). Eng zamonaviy tizimli mantiqiy mikrosxemalar majmuilarida North Bridge sxemasi bitta kristalda amalga oshirilgan; oldin North Bridge sxemasini amalga oshirish uchun uchta mikrosxema talab qilinar edi. South Bridge — bu, tezligi ancha quyi bo‘lgan komponent; u doim alohida mikrosxemada joylashar edi. South Bridge mikrosxemaning o‘zi tizimli mantiq mikrosxemalarning turli majmuilarida foydalaniladi. (North Bridge sxemalarining turli tiplari, qoidaga binoan, bitta South Bridge komponenti foydalanish kerakligini e’tiborga olgan holda ishlab chiqiladi). Tizimli mantiq mikrosxemalar majmuining modulli tuzilmasiga binoan narxini kamaytirish va tizimli plata ishlab chiquvchilar uchun faoliyat sohasini kengaytirish imkoni yaratildi. South Bridge mikrosxema PCI (33 MGts) shinaga ulanadi va ISA (8 MGts) shinasini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari u, odatda, IDE qattiq disk nazoratchisi interfeysini va USB (Universal Serial Bus — universal ketma-ketlikdagi shina) interfeysini, shuningdek soatlar va CMOS xotiralarining funksiyalarini amalga oshiruvchi sxemalarni o‘z ichiga oladi. South Bridge mikrosxemasi ISA shinasi uchun zarur bo‘lgan xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish nazoratchisi va uzilishlar nazoratchisi bilan, barcha tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.

Download 176,5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 176,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tizimli mantiq mikrosxemalarining majmui

Download 176,5 Kb.