|
Kiritish –chiqarish asosiy tizimi
|
bet | 3/7 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 176,5 Kb. | | #153028 |
Bog'liq ProtsessorlarKiritish –chiqarish asosiy tizimi
Barcha tizimli platalarda BIOS va ROM BIOS deb ataluvchi dasturiy ta’minot yozilgan mikrosxemalar mavjud.Bu mikrosxema tizimni ishga tushirish va asosiy uskunali ta’minot ishi uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich dasturlar va drayverlarni o‘z ichiga oladi. Unda yana POST protsedurasi (ta’minot ulanishi bilan o‘z-o‘zini testlash) va tizimli tarkibiy tuzilma ma’lumotlari ham mavjud bo‘ladi. Bu parametrlarning hammasi, tizimli platada o‘rnatilgan, batareykadan ta’minlanuvchi CMOS-xotiraga yozilgan.Bu CMOS-xotira, ko‘p hollarda NVRAM (Non-Volatile RAM) deb ham ataladi.
Shunday qilib, BIOS bir yoki bir nechta mikrosxemalarda saqlanuvchi dasturlar to‘plamini ifodalaydi. Bu dasturlar kompyuterni ishga tushirishda operatsion tizim yuklanganga qadar bajariladi. Ko‘pchilik PC-moslashuvchi kompyuterlarda BIOS to‘rtta asosiy funksiyani bajaradi.
POST — ta’minotga ulanishda protsessor, xotira,tizimli mantiq mikrosxemalar majmui, videoadapter, disk nazoratchisi, disk yurituvchisi,klaviatura va boshqa tizimning ishlashi uchun muhim bo‘lgan tizim tarkibiy qismlarini o‘z-o‘zidan testlash.
BIOS (Setup BIOS ) parametrlarini o‘rnatish dasturi —tizim parametrlarini konfiguratsiyalash.Bu dastur POST protsedurasining bajarilishi jarayonida aniq bir klavishni bosish orqali yuklanadi (yoki klavishlar kombinatsiyasida). 286 va 386 protsessorlari bazasidagi eski kompyuterlarda bu dasturni yuklash uchun maxsus disketa zarur bo‘ladi.
Tizimning boshlang‘ich yuklovchisi — disk qurilmalardagi bosh yuklovchi sektorni qidiruvning bajarilishi.Agar bu sektorning ikki oxirgi baytlari 55Aah ga teng bo‘lsa, berilgan kod bajariladi.
BIOS — tizimni yuklashda operatsyo‘n tizim va apparat ta’minotining o‘zaro ta’sirlashuvi uchun mo‘ljallangan drayverlar to‘plami.DOS va WINDOWS ni himoya rejimida to‘xtab qolishdan saqlash uchun, faqat BIOS qurilmalarining drayverlaridan foydalaniladi.
|
| |