17-mavzu: mavjud biznes loyihalarini taxlil qilish reja: 1




Download 352.92 Kb.
Sana03.04.2024
Hajmi352.92 Kb.
#186500
Bog'liq
Oraliq savollar. Analitik mexanikadan, 1 мустакил иш мавзулари, Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

17-MAVZU: MAVJUD BIZNES LOYIHALARINI TAXLIL QILISH
Reja: 1. Loyihani boshqarishni tashkil etish va uning biznes jihatlari
2. Biznes loyihalarini rejalashtirish to’g’risida umumiy tushunchalar.
Ma’lumki, korxona va muassasalar ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni amalga oshiradilar. Bu faoliyat qoidaga binoan bir xildagi mahsulot ishlab chiqarishni va bir xil operatsiyalarni yoki loyihalarni o’z ichiga oladi. ‘Loyiha’ tushunchasi qator umumiy xususiyatlari bilan tavsiflanadigan turli xildagi faoliyatlarni birlashtiradi. Ulardan asosiylari quyidagilar:
–aniq bir maqsadga, belgilangan natijalarga erishishga yo„naltirilganligi;
–o’zaro bog’liq juda ko’p harakatlarning muvofiqlashtirilgan tarzda bajarilishi;
–ma’lum bir chegaralangan muddatga egaligi.
Loyihaning ishlab chiqarish tizimidan asosiy farqi shundan iboratki, loyiha bir marotabalik faoliyatdir. Mahsulot ishlab chiqarish esa vaqt bo’yicha oldindan belgilangan muddatga ega emas va u talabning miqdoriga bog’liq. Mahsulotga talabning tugashi ishlab chiqarishni to’xtatishga olib keladi.
Operatsiya va loyiha ham o’xshash, ham bir-biridan farq qiluvchi qator tavsiflarga egadir. O’xshash bo’lgan tavsiflar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
–ular ma’lum maqsadga ega;
–kishilar tomonidan bajariladi;
–miqdoriy chegaralangan ma’lum bir resurslarni talab qiladi;
–boshqariladi, ya’ni rejalashtiriladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
Asosiy farqi shundan iboratki, operatsiyalar uzoq vaqt mobaynida doimiy ravishda takrorlanib turadi, loyiha esa operatsiyadan farqli o’laroq, muvaqqat, yakka tartibdagi tadbirdir. Bundan ko’rinadiki, loyiha o’ziga xos yangilikka va takrorlanmaslikka hamda qat’iy belgilangan boshlanish va tugallanish vaqtiga ega.
Loyiha va operatsiyalarning farq qiluvchi jihatlarini quyidagi misollarda ko’rib o’tish mumkin:
Operatsiyalar:
–go’sht mahsulotlarini, ya’ni kolbasa ishlab chiqarish texnologik liniyasining ishi;
–issiqlik elektrstantsiyasini ekspluatatsiya qilish;
–kartalarni ko’pnusxada nashr etish texnologik liniyasining ishi.
Loyihalar:
–sut mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarish bo’yicha texnologik liniyani ishlab chiqish va ishga tushirish;
–issiqlik elektr stantsiyasini qayta qurish;
–BIZNESdan foydalanish asosida ma’muriy tumanning mavzuli kartalarini yaratish.
Loyihaning bir qator qoidalari bo’lib, ularning har biri mutaxassisning oldiga qo’yilgan aniq vazifasiga ko’ra mavjud bo’lish huquqiga egadir. Umumiy ko’rinishda loyiha (inglizcha project) –o’ylab ko’rilgan yoki rejalashtirilgan nimadir, masalan, yirik korxona, tadbir (‘Webster’ izohli lug’ati) demakdir. Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan loyiha qator cheklanish va mexanizmlar ishtirokida boshlang’ich holatdan yakuniyga, ya’ni natijaga o’tish jarayoni sifatida qaralishi mumkin (1.1-chizma).

Cheklanishlar:
–moliyaviy;
–me’yoriy
-huquqiy;
–axloqiy;
–atrof-muhit;
–logistik;
–faollashtirish metodlari;
–vaqt;
–sifat darajasi;
–ikkilamchi ta’sirlar;
–odatlar;
–bilim va tajriba;
–texnik vositalar;
–texnologiya.
«Loyihalarni boshqarish to’g’risidagi bilimlar kodeksi»da loyiha – hal qilish usullarini o’zida jamlagan ma‟lum bir burch, maqsadga va talab qilinadigan natijalarga ega bo’lgan qandaydir vazifadir. Loyiha fikrni (muammoni), uni amalga oshirish vositalarini hamda amalga oshirish jarayonida olinadigan natijalarni o’z ichiga oladi (1.2-chizma).

Shunday qilib, loyiha deganda o’z maqsadlari doirasida shakllantiriladigan, uni amalga oshirish uchun yaratiladigan yoki takomillashtiriladigan jismoniy ob’ektlar, texnologik jarayonlar, ular uchun texnik va tashkiliy hujjatlar, moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslar, shuningdek, boshqaruv echimlari va uni bajarish bo„yicha tadbirlar tizimi tushuniladi. Har qandayloyihani barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli olib o’tish, ya’ni oqilona amalga oshirish uchun uni boshqarish talab qilinadi.
Loyihani boshqarish (inglizcha project management) keng ma’noda – bu zamonaviy ilmiy bilimlarga, ko’nikmalarga, usullar, vositalar va texnologiyalarga asoslangan holda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ishchilarga ta’sir ko’rsatish yo’li bilan samarali natijalar olishga yo’naltirilgan kasbiy faoliyatdir.
«Boshqarish»(menejment) tushunchasiga quyidagi xususiyatlar kiradi:
–Alohida shaxs katta hajmdagi masalani hal qila olmaydi. Bu mutaxassislar birlashuvini va mehnat taqsimotini talab qiladi. Bundan ko’rinadiki boshqaruv tizimida ma’lum bir maqsadlarni ko’zlash zarur.
–Ma’lum maqsadga erishish uchun resurslar talab qilinadi, ularni ta‟minlash, muvofiqlashtirish, bir-biriga moslash va foydalanish zarur.
–Maqsadga erishishni ta’minlash bo’yicha harakat «menejment» (boshqarish) so’zi bilan belgilanadi. Bir tomondan, boshqarish tizimining tarkibi rejali tarzda rivojlanishi zarur, ikkinchi tomondan, uning ishlash jarayonini, kommunikatsiyalarini va tizimining ichida ham, tashqi muhitida ham qarorlar qabul qilishni ma’lum tartibda rasmiylashtirish zarur.
Ma‟lumki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan har qanday kompaniya, firma yoki korxonaning faoliyati u yoki bu jihatdan turli loyihalar bilan, ularni amalga oshirish bilan uzviy bog„liqdir. Shunday ekan, o„z vaqtida loyihalarni rejalashtirish hamda ushbu rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish muvaffaqiyatlarning asosiy garovi bo„ladi.
Bu yo„nalishda biznes loyihalarini to„g„ri, ilmiy asoslangan tarzda rejalashtirish alohida ahamiyat kasb etadi, chunkihar qanday loyihaning umumiy belgilari: aniq bir maqsadga yo„naltirilganlik,juda ko„p o„zaro bir-biri bilan bog„liq harakatlarni bajarishni muvofiqlashtirish, vaqt va moliyalash jihatlaridan chegaralanganlik hisoblanadi. E‟tirof etish joizki, bugungi kunda kompaniyalar, firmalar yoki korxonalar faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda, ular tomonidan turli ishlarni bajarishda loyihalarni kompyuter texnologiyalari asosida tuzish,ya‟ni biznes loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish muhim masalaga aylanmoqda, chunki bu ishlarning bajarilishini engillashtirmokda, moliyaviy va mehnat xarajatlarini kamaytirmoqda. Biznes real dunyodagi ob‟ektlarni kartalashtirish va tahlil qilish, shuningdek, sayyoramizda, kishilar hayoti va faoliyatida ro„y berayotgan voqeliklarni o„rganish uchun zarur bo„ladigan zamonaviy kompyuter texnologiyasi sifatida qaraladi va u turli xildagi axborotlarni to„plash, saqlash, qayta ishlash va yoritishni o„z ichiga oladi. Bugungi kunda biznes hayotimizning turli jabhalarida, xususan, sanoatda, transport xizmatlari ko„rsatishda, qishloq xo„jaligida, turli lik kommunikatsiyalarini joylashtirishda, er osti qazilma boyliklarini qazib olishda va boshqalarda muvaffaqiyat bilan qo„llanilmoqda. Shunday ekan, biznes loyihalarini to„g„ri rejalashtirish ularning samarali bajarilishini va boshqarilishini ta‟minlaydi. Har qanday biznes loyihasini rejalashtirishda, eng avvalo, loyihaning maqsadi aniqlanadi, loyiha uchun ma‟lumotlar bazasi hamda biznes funktsiyalari yordamida oldiga qo„yilgan vazifalarni bajarish uchun tahlil modeli yaratiladi va tahlil 38 natijalari rasmiylashtiriladi. Bu harakatlarni odatda bir qancha qadamlarga ajratish maqsadga muvofiqdir.
1-qadam. Asosiy maqsadni aniqlash. Jarayonning birinchi qadami – bu tahlilning maqsadini aniqlashdir. Vazifalarni aniqlash uchun quyidagi savollarga javob berish zarur: Qanday vazifani bajarish zarur? Bugungi kunda u qanday hal qilinadi? biznes yordamida uni hal qilishning qanday alternativ yo„llari mavjud? Loyihaning yakuniy mahsuloti qanday bo„lishi kerak? Hisobotlar, kartalar yoki taqdimotlar uchun yuqori sifatli kartalarmi? Ushbu mahsulotlardan foydalanuvchilar kimlar? Jamoat, texnik mutaxassislar, rejalashtirish organlari, rasmiy shaxslarmi?Ushbu ma‟lumotlar boshqa maqsadlarda ham qo„llaniladimi? Bunday maqsadlar uchun qanday talablar mavjud? Loyihani biznes asosida rejalashtirishda bu qadam muhimdir, chunki yuqoridagi savollarga javoblar loyihaning hajmini, shuningdek, tahlilning aynan qanday usullaridan foydalanishni aniqlaydi.
2-qadam. Loyihaning ma‟lumotlar bazasini yaratish. Loyihaning ma‟lumotlar bazasini yaratish odatda uchta qadamdan iborat. Bu– ma‟lumotlar bazasini yaratish, ma‟lumotlarni bazaga kiritish va yuklash hamda ma‟lumotlar bazasini boshqarishdir. Ma‟lumotlar bazasini loyihalash o„z ichiga tahlil talablari asosida biz uchun zarur bo„ladigan fazoviy ma‟lumotlarni aniqlash, ob‟ektlarning zaruriy atributlarini ko„rsatish, tadqiqqilinadigan chegaralarni o„rnatish hamda koordinatalar sistemasini aniqlash kabi masalalarni oladi. Ma‟lumotlarni kiritish ma‟lumotlarni raqamlash va ularni boshqa tizim hamda formatlardan foydalaniladigan formatga o„zgartirishni, shuningdek, ma‟lumotlarni tekshirish va xatolarni tuzatishni o„z ichiga oladi. Koordinatalar sistemasini tekshirish va qo„shni qatlamlarni birlashtirish deganda ma‟lumotlar bazasini boshqarish tushuniladi. Loyiha uchun ma‟lumotlar bazasini yaratishloyihaning eng murakkab hamda ko„p vaqtni egallaydigan kismidir. Tahlil natijalarining aniqligi tahlil davrida foydalaniladigan ma‟lumotlarning to„laligi va aniqligi bilan belgilanadi.
3-kadam. Ma‟lumotlarni tahlil qilish. Ma‟lumki, biznesda ma‟lumotlarni tahlil qilish oddiy kartalashtirishdan to murakkab fazoviy modellarni yaratishgacha farqlanadi. Model– bu jarayonlarni imitatsiyalash uchun foydalaniladigan real dunyoni aks ettirish, natijalarni prognoz qilish yoki muammoni tahlil qilishdir. Biznes funktsiyalarining bittadan to uchtagacha toifalarini bir qator fazoviy ma‟lumotlarga qo„llash fazoviy modellashtirish deb tushuniladi. Bu quyidagi funktsiyalardir: –geometrik modellashtirish funktsiyalari; –masofalarni o„lchash, buferlar yaratish hamda maydonlar va parametrlarni hisoblash; –qiymatlarni modellashtirish funktsiyalari; –qiymatlari bir-biriga mos keluvchi uchastkalarni qidirish uchun ma‟lumotlar to„plamini birlashtirish; –yaqinlikni modellashtirish funktsiyalari–hududlarga bo„lish, o„zgartirish yo„llarini qidirish, joylashtirish. Biznes yordamida ilgari bajarish mumkin bo„lmagan yoki qo„lda uzoq muddatlarda bajariladigan tahlilni tezda bajarish mumkin bo„ladi. Usullar va parametrlarni o„zgartirgan holda va tahlilni qaytadan bajarib, alternativ ko„rinishni vujudga keltirish mumkin.
4-qadam. Natijalarni taqdim qilish. Biznes tahlilining natijalarini asosan kartada aks ettirish odat tusiga kirgan. Natijalarni aks ettirishning yana ikkita usuli mavjud: tanlangan ma‟lumotlar bo„yicha grafiklar va hisobotlar. Hisobotlar va grafiklarni alohida yaratish, boshqa ilovalarda yaratilgan hujjatlarga qo„yish yoki ularni kartalarda joylashtirish mumkin. Shunday qilib, yuqorida biznes loyihalarini tuzish bosqichlarining ketmaketligi bilan tanishdik. Bunday tanishuv asosida endi aynan biznes loyihalarini rejalashtirish ishlariga kirishish mumkin. Loyihani rejalashtirishni yuqoridagi qadamlar asosida aniq misol keltirgan holda amalga oshirishga harakat qilamiz. Misol tariqasida Toshkent shahrining oqova suvlarini tozalash uchun yangi stantsiya qurish loyihasini keltirishni lozim topdik. Rejalashtirish har qanday biznes loyihasining muhim qadamidir, u ma‟lumotlar bazasini yaratish, tahlil qilish va kartalarni tuzishga mumkin qadar kam mehnat va vaqt sarflashga yordam beradi. Loyihalash qadamlari bo„yicha loyihaning asosiy vazifalari, tahlil qilish qirralari va tahlil qilish ishini bajarish uchun zarur bo„ladigan ma‟lumotlar to„plami aniqlanadi. Shu bilan birga ushbu vaqtda tahlilga yondashuvlar hamda yakuniy mahsulot turini ham tanlash mumkin. Ushbu ishlar bajarilganidan so„ng loyihaning ma‟lumotlar bazasini shakllantirish jarayonini boshlash, keyingi navbatda uncha katta bo„lmagan analitik biznes loyihalari ustida ishlash mumkin. Uni bajarish jarayonida qanday qilib biznes loyihalarini rejalashtirishni va ArcMap va ArcCatalog dasturlaridan foydalanishni bilib olish mumkin. Yangi qurilish uchun joyni topish, tahlil qilishning ma‟lum bir turlarini bajarishda amalga oshiriladigan qadamlar hamda foydalaniladigan vositalar ko„pchilik biznes loyihalari uchun tipik bo„ladi. Oqova suvlarni tozalash stantsiyasini qurish uchun yaroqli joyni tanlash loyihaning asosiy mazmuni bo„ladi. Toshkent shahri yildan-yilga o„sib, kengayib va obodonlashib bormoqda. Uning shunday darajada o„sishini ta‟minlash uchun oqova suvlarni tozalash yangi stantsiyasini qurish va takroriy suv ta‟minotini yo„lga qo„yish zarur. Shahar kengashi kutilayotgan suv iste‟molini qondirish uchun suv resurslarini muhofaza qilish va takroriy suv ta‟minotidan foydalanishni rejalashtirgan. Ushbu biznes tahlilining asosiy maqsadi – oqova suvlarini tozalash stantsiyasi uchun to„g„ri keladigan joyni aniqlashdir. Shahar kengashi bunday masalani hal qilish uchun hech qachon biznesdan foydalangan emas. Bugungi kunda mavjud bo„lgan stantsiyaning joyi ko„p yillar oldin qog„ozdagi karta yordamida uning ustiga shaffof sxemalarni qo„ygan holda va shahar kengashining shaharning bosh muhandisi bilan maslahatlashuvi asosida aniqlangan. Bu jarayon zaruriy natijani bergan, ammo ko„p vaqtni egallagan hamda qaror qabul qilishga keng jamoatchilikni jalb qilishga imkon bermagan. Bugungi kunga kelib shaharda qurilishlar ko„payganligi va atrof-muhitni hamda kishilar salomatligini muhofaza qilish talablari kuchaytirilganligi sababli masala ancha murakkablashdi. Shahar kengashi jarayonni tezlashtirish va barcha talablarningto„la bajarilishiga ishonchlilikni oshirish uchun biznesdan foydalanishga qaror qildi. Kengash yaxshi tushunadi–oqova suvlarni tozalash stantsiyasini joylashtirish keng muhokama qilinadigan masala, u barcha yaroqli bo„lgan er uchastkalarini,keyinchalik esa ancha qat‟iy mezonlar asosida eng yaroqli bo„lgan uchastkalarni aniqlashni xohlaydi. Barcha mumkin bo„lgan er uchastkalarini muhokama qilishga jamoatchilik jalb qilinadi. Shuning uchun qaysi er uchastkalari ushbu masalalar uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini yorqin aks ettiruvchi karta tayyorlanishi zarur. Kengash yaroqlilik mezonlarining ro„yxatini tavsiya qiladi. Ushbu mezonlar quyidagilar bo„lishi mumkin: –suv oqimi harakati qiyin bo„lmasligi uchun u dengiz satxidan 400 mdan yuqori bo„lmasligi kerak; –suvlar chiqib ketishi normal bo„lishi uchun suv mintaqasidan tashqarida bo„lishi zarur; –suv oqimining quvurdan oqib ketish qiymatini mumkin qadar kamaytirish uchun u daryodan 1000 m dan uzoqda bo„lmasligi kerak; –shahar aholisi uchun noqulaylikni kamaytirish uchun u yashash joylari va istirohat bog„laridan kamida 150 m uzoqlikda bo„lishi zarur; –er va qurilishlarni sotib olish qiymatini kamaytirish uchun u qurilishlar ruxsat beriladigan bo„sh erda bo„lishi zarur. Bulardan tashqari, keyingi muddatlardagi qiymatlarni kamaytirish uchun er uchastkasining o„rni quyidagilarga javob berishi kerak: –oqova suvlarini tashlash tarmoqlaridan 1000mgacha uzoqlikda (eng kami 500 m gacha ); –mavjud yo„l tarmoqlaridan 50 m gacha masofada
Download 352.92 Kb.




Download 352.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



17-mavzu: mavjud biznes loyihalarini taxlil qilish reja: 1

Download 352.92 Kb.